13-tajriba «Ba`zi moddalar suvda eriydi, ba`zilari esa
erimaydi»
Maqsad.
Bolalarga suvda eriydigan va erimaydigan moddalar haqida tushuncha
berish.
Tajribaning mazmuni.
Ikki stakanda suv oling. Bolalr biriga oddiy qum
solib, qoshiqda aralashtirib ko`rsinlar. Nima hosil bo`ldi? Qum erib etdimi,
yo`qmi? Boshqa stakandagi suvga qoshiqda shakar solib, aralashtirishsin. Endi
nima bo`ldi? Qaysi stakandagi modda eridi? Bolalarga choyga shakar solganda
doim aralashtirib turishlarini eslating. Agar u suvda erimaganda edi, shirin choy
icha olmasdik.
Akvarium ostiga qum olamiz. U suvda eriydimi. Agar akvariumga qum emas, shakar
solsak nima bo`lardi? (bolalar u holda akvariumdagi suv shirin bo`lib qolishini
aytardilar)
@defektolog_kundaligi
Do'stlaringiz bilan baham: |