12-tajriba «Tomchilar»
Maqsad.
Bolalrga havoning harorati bilan suvning holati o`rtasidagi
bog`liqlikni tushuntirish
Tajriba mazmuni.
Bolalrga sayr davomida o`zlariga yoqqan sumalakni
tanlab olishni taklif qiling. Sumalaklarni xonaga olib kirib, alohida idishlarga
soling, har bir bola o`z sumalagini kuzata olsin. Sumalaklar o`rniga qor
to`pchalarini olib kirish mumkin. Bolalr sumalak yoki qor to`pchalarini iliq
haroratli xonada kuzatishlari lozim. Ularning e`tiborini sumalak yoki qor
to`pining asta-sekin kichrayib borayotganiga qaratish kerak. Ular bilan qanday
hodisa ro`y beryapti? Oldingi mavzulardagi tajribani eslang..
@defektolog_kundaligi
Do'stlaringiz bilan baham: |