15-tajriba «Suv hayot bag`ishlaydi»
Maqsad. Bolalarga suv hayot manbai ekanini tushuntirish.
Tajriba mazmuni. Oldindan tez kurtak otuvchi daraxt
shoxlaridan kesib qo`ying. Bir idishni olib, ustiga «Tirik suv»
degan yorliq yopishtirib qo`ying. Bolalar bilan shoxchalarni
tomosha qiling. Shundan so`ng shoxlarni idishga solib, suvning
muhim xususiyatlaridan biri – barcha tirik organizmlarga hayot
bag`ishlash ekanini tushuntiring. Shoxchalarni ko`rinadigan
joyga qo`yib, kunda kuzating. Vaqti kelib, shoxchalar jonlanadi.
@defektolog_kundaligi
16 - tajriba «SUV ASOSIY HAYOT MANBAI»
Maqsad. 1. Bolalrga suv barcha tirik organizmlar uchun asosiy
hayot manbai ekanini tushuntirish va isbotlash.
2. Suv haqidagi bilimlarini umumlashtirish va yuzaga chiqarish .
Tajribaning maqsadi. Istalgan shakldagi chuqurroq idish
(tuvak) olinadi. Bolalarni stol atrofiga yig`ib tuproq
tqyyorlanadi: qum, tuproq, chirigan barglar. Imkon bo`lsa,
yomg`ir chuvalchangini ham joylashtirsa yaxshi bo`ladi. So`ng
tuproqqa tez unadigan biron urug`ni ekiladi (gul, sabzavot yoki
dukkakli o`simliklar urug`i) suv quyib, iliq joyga qo`yiladi.
Bolalr bilan ekinni parvarish qilib, sug`oriib boriladi va bir
muddatdan so`ng ko`chat ungani kuzatiladi.
@defektolog_kundaligi