Nam bug‘ bosim p yoki temperatura tT va quruqlik darajasi x bilan aniqlanadi.
Nam bug‘ning temperaturasi mazkur bosimdagi suyuqlikning qaynash temperaturasiga teng. Nam bug‘ning solishtirma hajmi vx quruq bug‘ va suvdan iborat aralashmaning hajmi kabi aniqlanadi:
vx=vIIx+(1-x)vI (6)
Qozon agregatlarida bug‘ning quruqlik darajasi 0,90-0,96 ga teng bo‘ladi. Shu sababli suv hajmini aniqlovchi had (1-x) vI 0 ga teng bo‘ladi. U holda
vxvIIx (7)
Nam bug‘ning entalpiyasi quyidagi formuladan aniqlanadi:
hx=hI+rx (8)
bu yerda hI – suyuqlik entalpiyasi;
rx – suvni bug‘latish uchun sarflangan issiqlik miqdori.
Nam bug‘ning ichki energiyasi:
ux=hx – Pvx (9)
Do'stlaringiz bilan baham: |