Suv bug‘i Reja


Download 433 Kb.
bet7/16
Sana08.01.2022
Hajmi433 Kb.
#237023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Suv bug‘i

7. Suv bug‘ining jadvali

O‘ta qizigan bug‘ va ayniqsa to‘yingan bug‘ o‘zining xossalari bo‘yicha ideal gazlardan keskin farq qiladi. Bug‘larning holat tenglamalari nihoyatda murakkab va deyarli amaliyotda qo‘llanilmaydi.

Ilgari aytib o‘tilganidek, jismga berilgan yoki undan olingan issiqlik miqdori entropiya aniqlanadigan Ts–diagrammada jarayon egri chizig‘ining ostidagi yuza bilan tasvirlanadi. Shu sababli keltirilgan yoki olib ketilgan issiqlik miqdorini aniqlash uchun har gal bu kattaliklarni tegishli yuzalarini hisoblab chiqib topishga to‘g‘ri keladi, bu esa amalda tez va aniq hisoblashni qiyinlashtiradi. Agar entropiya diagrammasining ordinatalari o‘qiga temperatura o‘rniga h qiymatlari qo‘yilsa, u holda s=const bo‘lgandagi ish va p=const bo‘lgandagi issiqlik miqdori shu diagrammada yuzalar bilan emas, balki chiziq kesmalari bilan tasvirlanadi.

20 at gacha bosimda suv bug‘i uchun birinchi hs –diagrammani 1904 yilda Mole taklif etgan edi. hs –diagrammaning paydo bo‘lishi bug‘ jarayonlari va sikllarini termodinamikaviy tekshirish va hisoblash uslublarini ancha soddalashtirdi.

Hozirgi vaqtda Moskva Energetika instituti tomonidan professor M.P. Vukalovich rahbarligida ishlab chiqilgan suv bug‘i jadvallari va diagrammalaridan foydalaniladi. Bu jadvallar o‘ta qizigan va to‘yingan bug‘lar uchun 1000S temperaturagacha va 980 bar bosimgacha yuqori aniqlikda tuzilgan.

To‘yingan bug‘ jadvallarida to‘yinish temperaturasi, bosim, solishtirma hajm, suyuqlik va quruq bug‘ning entalpiya va entropiyasi, bug‘ hosil bo‘lish issiqligi keltirilgan. O‘ta qizigan bug‘ jadvallarida turli bosim va temperatura uchun asosiy parametrlar: solishtirma hajm, entalpiya, va entropiyaning qiymatlari keltirilgan.



Download 433 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling