Suv, havo va tuproq muhitlari va ularning ifloslanishi
Download 80 Kb.
|
3 Suv, havo va tuproq muhitlari va ularning ifloslanishi.
Metallar.
Bizga ma‘lumki hamma suv havzalarida suvning tarkibida ko’pgina metallar uchraydi. Tabiiy suv sistemalarining komponentlari o’zining konservativ va konservativ bo’lmagan xossalari bilan xarakterlanadi. Konservativ xossaga ega bo’lgan suv tarkibidagi moddalar kontsentratsiyasi o’zgarmas bo’lib, ularga natriy, kaliy va kaltsiylar kiradi. Konservativ bo’lmagan moddalar guruhiga temir, mis va rux kiradi. Ularning kontsentratsiyasi geografik holatlarga, vaqt, mavsum, harorat, suvning sho’rligi va boshqalarga bog’liq ravishda o’zgarib turadi. Mis, rux, kadmiy va nikel ko’pgina tirik organizmlarning hayot faoliyatida asosiy rol o’ynab, kerakli mikroelement sifatida qabul qilinadi. Shuningdek, bu metallarning kontsentratsiyasi oshib ketsa reaktsiyalarda ingibitor vazifasini o’tab toksik (zaharli) ta‘sir ham ko’rsatishi mumkin. Suvdagi metallarning biologik aktivligi va kimyoviy reaktsiyaga kirishish xususiyatlari ko’pincha uning valentligiga bog’liq bo’ladi. Gazlar. Atmosferadagi barcha mavjud gazlar ko’pincha erigan holatda gidrosferada bo’ladi. Atmosfera bilan suvning sirtida plyonka orqali gaz almashinish jarayoni sodair bo’ladi. Diffuziya hodisasi tufayli gazlar suvning hamma joyiga bir xil tarqaladi. Suvdagi fotosintez organizmlarning nafas olishida shu yutilgan gazlar (O2, SO2) muhim rol o’ynaydi. Atmosferadagi gazlarning suvdagi miqdori oddiy sharoitda ko’pincha ruxsat etilgan miqdordan ko’proq bo’lib ketadi. Bu kattalik miqdori Genri qonuni bilan belgilanadi: М=К*Р
Bu yerda, М – birlik hajmdagi gazning massasi. Р - atmosferadagi gazning partsial bosimi. К - konstanta. Suvning yuqori qismida kislorod bilan to’yinish 97-105% ni tashkil etadi. Chuqurlik oshgan sari bu daraja kamayib boradi. Bu yerda temperatura va boshqa shart-sharoitlar muhim rol o’ynaydi. Masalan, suvning temperaturasi oshgan sari kislorodning eruvchanligi kamayib, suvning sho’rligi oshadi. SHuning uchun ham sovuq suvda erigan O2 ko’p bo’ladi. Okeanning 1 km chuqurligida erigan O2 miqdori minimal darajada bo’ladi. SO2 gidrosferada muhim va murakkab rollardan birini o’ynaydi. U suvning yuqori qismida havo bilan almashinish protsessida qatnashib, suvning kimyosiga ta‘sir qiladi. RN ning o’zgarishi ham shunga bog’liq bo’ladi. Kimyoviy muvozanat, ion almashinishi va komplekslar hosil bo’lishi kabi. Bular organizmlarning biologik tsikliga, yani ko’payish, halok bo’lishi va parchalanish jarayonlaridagi uglerodning ishtiroki bilan boradigan jarayonlardir. СО2 suv bilan reaktsiyaga kirishib karbon kislotasi hosil bo’ladi: СО2 + Н2О = Н2СО3 Bu kislota RN miqdoriga qarab dissotsiyalanadi 2 bosqichda: Н2СО3 = Н+ + СО3-2 Lekin bu jarayonlar sekin kechadi. RN sistemaning bufer xossalariga ham tasir qilishi mumkin. Tabiiy havzalarda normal sharoitda RN 7,0 - 8,5 atrofida bo’lib, RN eritmada asosan bikarbonat - ion shaklida bo’ladi. Bundan tashqari gidrosferada tirik organizmlarni yashashi va o’sishi uchun oziqlantiruvchi moddalar ham mavjud bo’ladi. Bularga mis, temir, kobalt va marganets kiradi. Bular mikroaralashma tarzida qabul qilinadi. Oziqlantiruvchi moddalarning boshqa turi, yani azot, fosfor, kislorod va oltingugurt ishtirokida hosil bo’ladi, kimyoviy reaktsiya ma‘lumotlari ham muhim rol o’ynaydi. Download 80 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling