Suv o’tkazuvchi oraliqlardagi segmentli zatvorlar. Ularning konstruksiyalari va turlari. Umumiy ma’lumotlar. Portallar tayanch sharnirlari. Tayanch sharniri ustida uning joylashgan segmentli zatvorlar, juft va klapanlik segmentli zatvorlar


Portallar tayanch sharnirlari. Tayanch sharniri ustida uning joylashgan segmentli zatvorlar, juft va klapanlik segmentli zatvorlar


Download 0.99 Mb.
bet3/5
Sana08.05.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1444107
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-ma\'ruza

2.Portallar tayanch sharnirlari. Tayanch sharniri ustida uning joylashgan segmentli zatvorlar, juft va klapanlik segmentli zatvorlar.


Portallar - rigel va oyoqlardan tashkil topgan ramadan iborat (3-rasm). Ular fazoviy yoki oyoqlar rigelga yassi, bikr yoki sharnirlar yordamida birlashtirilgan bo’lishi mumkin. Katta oraliqlar uchun fazoviy ramalarni qo’llash afzaldir. Rigellar oyoqlarga bikr birlashtirilgan bo’lsa, rigel egilishi oyoqlar egilishga olib keladi. Tayanch sharnirlarida vertikal yo’nalishdagi kuchning gorizontal yo’nalishda tarqaladigan bosimi paydo bo’ladi.
Rigellar va oyoqlarni bikr birlashtirilishi zatvorni yasashga ketadigan metall sarfini kamaytiradi, lekin oraliq devorni qo’shimcha armaturalash kerak. Normal va qiya oyoqli konsolli portallarni qo’llash o’z o’rnini topmoqda (3-rasm,e,f). qiya oyoqli konsolli portallar maksimal eguvchi momentni kamaytirib, rigel materialini tejashga olib keladi. Lekin tayanch sharnirlarida vertikal yo’nalishdagi kuchning gorizontal yo’nalishda tarqaladigan bosimi oshadi. Fazoviy portallar qiya oyoqlari ustidan suv quyilib tushadigan zatvorlarda qo’llanilmaydi. Bunday hollarda normal oyoqlarni tekis rama 1 ko’rinishda tayyorlanadi. Uning tirqishga qaratilgan tomoni konstrukstiyasida suvda oqib keluvchi shox-shabbalar, suzgichlar tutilib qolishidan himoyalash uchun tekis qoplama 2 bilan qoplanadi, konstrukstiyani shox-shabbalar, oquvchi jismlarning tiqilib qolishdan saqlaydi (4-rasm).



3-rasm. Segmentli zatvorlar portallari.




4-rasm. Ustidan suv quyiladigan yassi oyoqli zatvor.

Rigellar va fazoviy oyoqlar bilan bikr birlashtirilgan portallar fazoviy ramani hosil qiladi va hisoblashda rigellar soniga mos keluvchi yassi ramalarga bo’linadi.


Tayanch sharnirlari. Zatvorga ta’sir etuvchi barcha kuchlarni va zatvor og’irligini o’ziga qabul qiladi. Tayanch sharnirlari oyoqlar uchiga ulangan harakatlanuvchi va betonga mahkamlangan harakatlanmaydigan qismlardan tashkil topgan. Tayanch sharnirlari stilindrik, konusli va sharsimon bo’lishi mumkin (4-rasm).





Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling