Suv o’tlari, zamburuglar, lishayniklar va ularning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati Reja


Download 28.33 Kb.
bet4/9
Sana11.05.2023
Hajmi28.33 Kb.
#1449862
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
zamburuglar

Yashil suvo‘tlar - (Chlorophyta). Yashil suvo‘tlar sinfiga 5500
dan ortiq tur kiradi. Bular bir hujayrali, koloniya holdagi va ko‘p
hujayrali organizmlardir. Yashil suvoilaming xromatoforlarida faqat
xlorofill boiib, boshqa pigmentlar bilan niqoblanmagani uchun
yashil rangda ko‘rinadi. Yashil suvo‘tlaming eng sodda vakillari,
ya’ni bir hujayralilarning ko‘pincha ikkita xivchini boiib, ular
mustaqil harakatlana oladi. Bu hoi yashil suvo‘tlar eng sodda
hayvonlardan xivchinlilarga yaqin ekanligini ko‘rsatadi. Yashil
suvo‘tlar vegetativ, spora hosil qilish va jinsiy yo’li bilan ko'payadi.
Yashil suvo‘tlar asosan chuchuk suv havzalarida tarqalgan boiib, suv
ostida «balchiq» (tana) hosil qiladi. Ba’zi vakillari'dengizlarda, juda
kam vakillari quruqlikda yashaydi. Bir hujayrali vakillari plankton
organizmlar hisoblanadi. Ular ko‘pincha tez ko'payib, oqmas
suvlami ko‘kartirib yuboradi. Ko‘p hujayrali vakillari suv havzalari
tubiga o‘mashib olib o‘sadi. Bular suv hayvonlari uchun oziq boiadi,
«dengiz salatini» odamlar iste’mol qiladi. Yashil suvo‘tlar sinfi,
odatda, uchta kenja sinfga: teng xivchinlilar yoki asl yashil suvo‘tlar,
matashuvchilar yoki kon’yugatlar va xaralar yoki nurlilarga
boiinadi. Ba’zi olimlar xaralarni mustaqil sinf deb hisoblaydilar.
Qo'ng'ir suvo‘tlar - (Phaeophyta) qo‘n g ir suvoilar vakillari
sovuq va m oiadil iqlimdagi hamda tropik dengizlarda yashaydi.
Xromatoforida xlorofilldan tashqari, qo‘n g ir rangli alohida pigment
fikoksantin boiib, ulami o‘ziga xos rangga kiritadi. Qo‘ng‘ir
suvo‘tlar koloniya boiib yashaydigan ko‘p hujayrali organizmlardir.
Bu sinf ba’zi vakillarining hujayrasida qismlarga ajralish kuzatiladi.
Bu hujayralar har xil to‘qimalar hosil qiladi hamda tallomni
morfologik jihatdan barg va poyasimon organlarga ajratadi.
Hujayralarning po‘sti sellulozadan iborat, ba’zan pektin modda
shimilgan bo‘lib, shilimshiqlanish xususiyatiga ega. Bular sporalar va
jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Ayrim vakillari iste’mol qilinadi,
ba’zilaridan kaliyli tuzlar, yod, atseton, spirt, sirka kislota va
hokazolar olinadi.

Download 28.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling