Suv: qayta tiklanadigan va zahira qilinadigan manbalar suv tanqisligini oldini oluvchi potensial imkoniyatlar. Suvni taqsimlash tizimlari


Suv resurslarini boshqarish sohasidagi xalqaro tajribalar


Download 1.22 Mb.
bet7/8
Sana19.11.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1786994
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Maruza 6.A

4. Suv resurslarini boshqarish sohasidagi xalqaro tajribalar Isroil davlatida suv yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar yil boshida tuziladi va may oyida mavjud vaziyatdan kelib chiqib suv hajmi limiti aniq belgilanadi. Masalan, yog‘ingarchilik miqdorlari va gidrometeorologiya xizmatining umumiy ishlatiladigan suv resurslari suvning paydo bo‘lish holatiga qarab ajratiladi va vakolatli tashkilotlar tomonidan aholi va tarmoqlar uchun suv bahosi belgilanadi.
Xo‘jalik ehtiyojlariga ishlatiladigan suvning 1 m3 uchun 1 AQSh dollari, qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishga mo‘ljallangan 1 m3 suv uchun 0,15 AQSh dollari atrofida o‘zgarishi mumkin. Suv xo‘jaligi tashkilotlariga (Mexorat) suvning tannarxi o‘rta hisobida 0,35-0,40 AQSh dollarini tashkil etsa-da, suv uchun qilingan xarajatlarni qoplash uchun davlat tomonidan qishloq xo‘jaligiga yetkazib beriladigan har kubometr suvga 0,30 AQSh dollaridan, sanoat korxonalariga yetkazib berilgan suvga 0,80 AQSh dollari miqdorida yordam tariqasidagi mablag‘ ajratiladi.
Bu mamlakatda suv sarfi nazorati juda qattiq o‘rnatilgan bo‘lib, agarda iste’molchilar suvni limitda ko‘rsatilganidan ortiq ishlatsa, ulardan ortiqcha ishlatilgan har kubometr uchun suvning tannarxiga nisbatan 10 barobar ko‘p haq olinadi.
Bundan tashqari iste’molchilar suv resurslarini tashlab yuborganliklari uchun har kubometr tashlangan suv miqdoriga 0,50 AQSh dollari miqdorida jarima to‘laydilar, shuningdek, yerosti va yerusti suvlari ifloslanishiga sababchi bo‘lgan ist’emolchilardan belgilangan miqdorida jarima olinadi. Buning evaziga va tashlama suvlar hisobiga yig‘ilgan mablag‘ suv xo‘jaligi rivoji uchun sarflanadi. Bu kabi chora-tadbirlar suvdan tejamli foydalanishni, uning sarfi kamayishini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi.
Shuni eslatib o‘tish o‘rinliki, suv resurslarini qayta ishlatish bilan bog‘liq tadbirlar mamlakatda ekin maydonlari, suv omborlari, yerosti qatlamlarida tuzlar konsentratsiyasi ko‘payishiga, sho‘rlangan yerlar salmog‘i ortishiga olib kelmoqda va bu esa yana qo‘shimcha mablag‘ va xarajatlarni talab etadi. Suv tanqisligi tufayli Isroil davlatida dunyoda suvni eng kam sarf qiladigan texnologiyalar joriy qilingan.
Jahondagi ayrim davlatlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun bir gektar maydonga sarflanayotgan suv miqdori tahlillari ko‘rsatishicha, Isroilning uslubi ustunligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Jumladan, AQShning Kaliforniya shtatida 12-14 ming m3 , Hindistonda 19-22 ming m3 , Pokistonda 18-20 ming m3 , Turkiyada 14-20 ming m3 , Xitoyda 15-17 ming m3 , Turkmanistonda 15-19 ming m3 , Qozog‘istonda 25-35 ming m3 , Rossiyaning sug‘oriladigan Krasnodar o‘lkasida 20-25 ming m3 , Isroilda (tomchilatib sug‘orish bilan) 6 ming m3 atrofida, O‘zbekistonda esa 11-12 ming m3 ni (brutto) tashkil qiladi, netto suv sarfi esa ancha kam.
12-jadval

Agarda O‘zbekiston sharoitida qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan ekin maydonlarining 50 foizi atrofidagi yerlarda sho‘r yuvish tadbirlari uchun ishlatiladigan suv miqdori (dunyoning biror bir davlatida bunday tajribani uchratish qiyin) hisobdan chiqarib tashlansa, unda bir kompleks gektarga 8-9 ming kubometr suv sarflanayotganini ko‘rish mumkin. Bu esa O‘zbekistonda suvdan foydalanish darajasi yuqoriligini va suv sarfi borasidagi ko‘rsatkichlar Isroil davlatida amalda qo‘llanayotgan tomchilatib sug‘orish texnologiyasi doirasidagi suv sarfiga yaqin ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Yaponiya, Turkiya, Xitoy, Isroildan boshqa yana bir qator davlatlar, jumladan: Fransiya, Gollandiya, Suriya, Hindiston, Pokiston, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, Italiya, Indoneziya, Ispaniya, Marokash, Misr, Nigeriya kabi mamlakatlarda ham suv xo‘jaligi islohoti natijasida suvdan tejabtergab foydalanish va suv uchun to‘lovlar mexanizmi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bu davlatlarning aksariyatida suv resurslaridan foydalanish xarajatlari ma’lum darajada davlat tomonidan o‘zlariga xos shakllarda boshqariladi, ayrimlarida davlat subsidiyalari orqali, ba’zilarida ma’muriy-boshqaruv asosida amalga oshirilmoqda.


Bu resurslarni boshqarish ularning ba’zilarida ijtimoiy qo‘mitalar ixtiyorida bo‘lsa, boshqalarida turli vertikal pog‘onalardagi tashkilotlar zimmasidadir. Ko‘rsatilgan davlatlardan birortasida ham suv resurslari to‘liq bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkin resurs darajasiga keltirilmagan, jismoniy shaxslar ixtiyoriga va xususiy tashkilotlarga tovar sifatida foydalanish uchun berib ham qo‘yilmagan.
Ko‘pchilik Yevropa mamlakatlarida suv resurslaridan foydalanish va ularni samarali boshqarish masalasi eng dolzarb masalalar qatoriga kiradi. Masalan, Ispaniyada keyingi yillarda qurg‘oqchilik sababli kelib chiqayotgan qator muammolar natijasida avvalroq vujudga kelgan og‘ir ekologik vaziyatni yaxshilash dasturlari, daryolarni bir-biriga oqizish tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lsa, yaqin yillardagi yog‘ingarchiliklar va suv toshqinlari tufayli uzoq kelajakka mo‘ljallangan kuchli davlat tadbirlari ustida ish olib borilmoqda. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardan biri bo‘lgan Fransiyada esa keyingi yillarda mamlakat hududidan oqib o‘tadigan ko‘pgina daryolarning suv resurslarini nazorat qiluvchi politsiya tashkil etilgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish muammolari bilan AQSh Melioratsiya byurosi shug‘ullanadi. Bu yerda suv resurslarini taqsimlash va foydalanish, bu yo‘nalishda olib boriladigan barcha ish turlarini markazlashtirish va qat’iy nazorat ostida kerakli natijalarga erishish, bu orqali davlat boshqaruvi darajasida suv yetkazib beruvchi va suvni iste’mol qiluvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish muammolari ko‘rilmoqda. Ta’kidlash lozimki, barcha davlatlar hududida suv xo‘jaligini rivojlantirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, yangi suv inshootlarini qurish, asosiy vositalarni ko‘paytirish va yangiliklarni yaratish ishlari to‘liq davlat tomonidan amalga oshirilmoqda. Masalan, Arab davlatlarida suv va suvga bog‘liq barcha sarfxarajatlar markazlashgan holda davlat tomonidan qoplanadi.
Jahondagi ayrim davlatlarda esa ushbu maqsadlar uchun davlat tomonidan 30-50 yil va undan ortiq muddatga mo‘ljallangan imtiyozli kreditlar ajratilmoqda.
Bunday kreditlar ko‘pgina davlatlarda to‘liq o‘z mablag‘lari zahirasi hisobidan, ayrim hollarda, ularning bir qismi dunyodagi turli moliyaviy fondlar va tashkilotlar yordamida amalga oshiriladi. Lekin biron-bir davlat hududida suv resurslariga qo‘yilgan talab va ishlab chiqilgan qonunlar suvdan foydalanishning tijorat maqsadlariga qaratilmagan bo‘lib, balki, avvalo, insonlar manfaati uchun suvga bo‘lgan munosabatni zamon talabiga moslash, suvni asrab va tejamkorlik bilan foydalanish tamoyillari asosida qurilgan. Bu xalq xo‘jaligining suv resurslariga bo‘lgan ehtiyoji bilan sarflanayotgan suv miqdorlari o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish, ularni to‘g‘ri yo‘naltirish masalalari yechimini hal etish, kelajak avlod uchun suv resurslari to‘g‘risida qayg‘urishdir.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, bu barcha davlatlarda XXI asr boshidan boshlab insoniyat uchun global muammoga aylanib borayotgan suv resurslari taqchilligi masalasini hal qilish, ulardan oqilona foydalanishga e’tibor berilib, o‘z iqtisodiy ko‘rsatkichlari, ichki va tashqi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda dasturlar tayyorlamoqda va dasturlarni ma’lum darajada amalga oshirmoqda.
Suvdan foydalanish jarayoni tahlil qilinganda yana bir masalaga e’tibor qaratish lozim, ya’ni dunyodagi davlatlardan birontasining qishloq xo‘jaligida O‘zbekiston kabi deyarli 100 foiz sug‘oriladigan yer maydonlaridan foydalanilmaydi.
O‘rta Osiyo hududida, xususan, O‘zbekiston hududida yozda o‘simliklarning vegetatsiya davrida yog‘ingarchilik umuman kuzatilmasligi tufayli tuproq namini ushlab turish faqatgina sug‘orish tadbirlari orqali amalga oshiriladi. Bu holat nafaqat mas’uliyatni, shuningdek, katta mablag‘ni sarflashni taqozo etadi. O‘zbekistonda sug‘oriladigan yer maydonlari, bu maydonlarga ishlov berish va yuqori hosil yetishtirish jarayonlarida suv xo‘jaligi tizimining ahamiyati kattaligi bo‘yicha ham, bu sohaga davlat tomonidan ajratilayotgan mablag‘ miqdoriga ko‘ra ham boshqa davlatlardan keskin farq qiladi.
Ma’lumki, rivojlangan davlatlarda sug‘orish texnologiyasini takomillashtirishga katta ahamiyat beriladi. Sug‘orish texnologiyasining progressiv usullari dastlabki kapital qo‘yilmalarni ko‘proq talab qilsa ham suv sarfini va mehnat sarfini tejash imkoniyatini beradi. Bu, ayniqsa, ishchi kuchi qimmat bo‘lgan davlatlarda juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling