Suv: qayta tiklanadigan va zahira qilinadigan manbalar


-rasm. Transchegaraviy daryolarning hosil bo‘lishi


Download 0.59 Mb.
bet6/10
Sana25.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1722334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Suv resurslaridan foydalanish

9-rasm. Transchegaraviy daryolarning hosil bo‘lishi


Hozirgi paytda respublikada, asosan, irrigatsiya maqsadida 51 ta suv omboridan foydalaniladi. Ularning to‘liq loyihaviy hajmi 18,8 km3, foydali hajmi 14,8 km3 ni tashkil etadi. Eng yiriklari Tuyamuyun, Chorvoq, To‘dako‘l, Kattaqo‘rg‘on suv omborlaridir. O‘zbekistonning eng yirik suv omborlari kompleks ishlatiladi va asosan, irrigatsiya, energetika va sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan. Suv omborlaridan uzoq muddat foydalanish va ular tarkibida ro‘y bergan o‘zgarishlar keskin loyqalanishga olib keldi. Hozirgi paytda 11 ta milliy suv ombori loyqalanishdan
tozalanishga muhtoj, 5 ta suv omborida loyqa darajasi chiqish chegarasiga yetib qoldi.
Gidrosfera shartli ravishda yerusti va yerosti suvlariga bo‘linadi. Yerusti suvlariga okean, dengiz, daryo suvlari kirsa, yerosti suvlariga buloq suvlari, termal suvlar, minerallashgan yerosti suvlari kiradi. Bunday chuchuk yerosti suvlarining 1 litri tarkibida 1 grammdan kam bo‘lgan turli erigan moddalar bo‘lishi mumkin. Bu suvlar yer sathidan o‘rtacha 10-50 metr, ba’zan 200-
500 metrgacha, juda kam hollarda ichimlik suvi sifatida ham sug‘orish ishlari uchun foydalaniladi.
Termal yerosti suvlarining harorati 40-60 OC gacha bo‘ladi. Ba’zan 60-100 OC gacha bo‘lishi ham mumkin. Bunday suvlardan inshootlar, issiqxonalar, uylarni isitishda foydalaniladi. Bunday suvlar, odatda, 1000 metrdan chuqurda, chuchuk suvli qatlamlar orasida joylashgan bo‘ladi. Masalan, Kuril orollari va Kamchatka yarimorolidagi suvlar gidrotermal suvlar hisoblanadi.




10-rasm. Grunt suvlari yerostida harakatlanishi


Yerosti minerallashgan suvlari sanoat suvlari deb ham yuritiladi. Ularning tarkibida ba’zi bir foydali kimyoviy elementlar yoki ularning birikmalari mavjud bo‘ladi. Minerallashgan suvlar turli chuqurliklarda joylashgan bo‘lishi mumkin. Ba’zan ular turli


gazlar bilan to‘yingan hamda yuqori haroratga ega bo‘lishi ham mumkin. Bunday suvlarning aksariyati 200-300 metrdan 1500- 2000 metrgacha chuqurlikda joylashgan. Odatda minerallashgan yerosti suvlari topilgan hududlarda sog‘lomlashtirish maskanlari qurilgan. Chunki bunday suvlar shifobaxsh suvlar hisoblanadi. Bizning respublikamiz hududida ham bunday suvlar keng tarqalgan.
Siz suvni atrofingizda har kuni ko‘l, daryo, muz, qor yoki yomg‘ir shaklida ko‘rasiz. Shu bilan bir vaqtda suvning juda katta hajmi borki, u ko‘zga ko‘rinmaydi, bu yerostida mavjud bo‘lgan va yerda harakatlanayotgan suv. Odamlar ming yillar mobaynida yerosti suvlaridan, asosan, ichimlik maqsadida hamda sug‘orish uchun foydalanib kelganlar va hozir ham foydalanishmoqda. Yerdagi hayot uchun yerusti suvi qanchalik muhim bo‘lsa, yerosti suvi ham shunchalik muhim.
Yerustiga tushuvchi yog‘inning bir qismi tuproqqa infiltratsiyalanib, yerosti suviga aylanadi. Tuproq ichidagi bu suvning bir qismi yer sirtiga yaqinlashib, tezda o‘zanlardagi suvga qo‘shilsa, asosiy qismi gravitatsiya hisobiga pastga chuqurroq singib borishda davom etadi.
Diagrammaning ko‘rsatishicha, yerosti suvi harakatining yo‘nalishi va tezligi suvli qatlamning turli ko‘rsatkichlariga va qatlamlar joylashishiga bog‘liq (qattiq qatlam orqali suvning sizib o‘tishi qiyin kechadi).
Suvning yer sathidan pastda harakatlanishi jinslarning o‘tkazuvchanligi (suvning harakatlanishi qanchalik oson yoki qiyinligi) va g‘ovakliligiga (jinsda mavjud bo‘lgan ochiq hajmning kattaligiga) bog‘liq. Agar jinslar o‘z ichidan suvning nisbatan oson oqib o‘tishiga imkon bersa, u holda suv bir necha kun mobaynida uzoq masofalarga yetib borishi mumkin. Shu bilan birga, suv shunchalik chuqur qatlamlarga singib ketishi mumkinki, uning yana tabiatga qaytib chiqishi uchun ming yillar zarur bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi suv omborlari. Ro‘y berayotgan loyqalanish jarayoni tezkor qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘rishni va kompensatsion suv havzalari qurishni talab etadi. O‘zbekiston
hududidagi tabiiy ko‘llar kamsonli, juda notekis taqsimlangan va katta o‘lchamlarga ega emas. Tog‘li viloyatlarda eng ko‘p ko‘llar soni 2000-3000 m balandlikda joylashgan. Genezisi bo‘yicha O‘zbekiston ko‘llari tektonik, moren va zaval holatda kelib chiqqan. 1000-2000 m balandlik oralig‘ida ko‘llar soni ancha kamayadi.
Mahalliy daryolar irmog‘ida tabiiy qayir va delta ko‘llari joylashgan. Tog‘li ko‘llar, odatda, qor uyumi yoki muzliklardan hosil bo‘ladi, suv zahirasi taxminan 50 km3. O‘zbekistonda 500 dan sal ko‘proq ko‘l bo‘lib, asosan, 1 km2 dan kam maydonli kichik suv havzalari va 10 km2 dan ortiq maydonli 32 ta ko‘l mavjud.
XX asr ikkinchi yarmida mintaqa daryolaridan suv olinishining oshishi suv oqimlarida suv sathining pasayishi, toshqinlar davrida suv toshishi maydonlarining kamayishi, daryolar bilan gidravlik bog‘liq bo‘lgan ko‘llar maydonlari qisqarishi, mavjud suv va suvoldi ekotizimlari maydonlarining umumiy qisqarishi va tanazzulga uchrashiga olib keldi. Daryo o‘zani va deltalarining katta hududlarida gumid landshaftlarning arid landshaftlariga o‘zgarishi ro‘y berdi.
O‘zbekiston hududidagi botqoqliklar, asosan, yalanglik hududlarda uchraydi. Ular yirik daryolar qayirlari, suv chiqishi konusi atrofi, relyef pastlagan yerlarda joylashgan. Ko‘pincha botqoqlikni ko‘ldan ajratish mushkul, chunki yilning quruq davrida ba’zi ko‘llar botqoq uchastkalariga aylanadi. Botqoqliklar o‘lchami turlicha bo‘lib, bir necha yuz kvadrat kilometrgacha boradi. Tog‘li hududlarda botqoqliklar kam uchraydi, ularning maydoni ham katta emas. Ular aksariyat hollarda yerosti suvlari olinadigan hududlarda bo‘lib, sozlar deb nomlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida (Surxondaryo, Qashqadaryo, Pskom kabi) qator daryolarning yuqori qismida 525 metr balandlikda tog‘li muzliklar mavjud, ularning umumiy muzlanish maydoni – 54,2 km2, ya’ni muzliklar, asosan, kichik shaklga ega, bitta muzlikning o‘rtacha maydoni atigi – 0,293 km2.
Qaytish suvlari kollektor-drenaj oqimi va tashlanma suvlar hisobiga shakllanadi. Ular suv resurslarining nisbatan katta ulushini tashkil qiladi va shu bilan bir vaqtda jiddiy ifloslanish manbayi hisoblanadi. 1988-2007-yillar davrida o‘rtacha respublika doirasida qaytish suvlari umumiy hajmi 16 km3 dan (suv kam bo‘lgan 2002-yilda) 1992-yilda 35,5 km3 gacha oraliqda o‘zgardi. Qaytish oqimi ushbu hajmidan taxminan 10-19 km3 Sirdaryo havzasida va taxminan 9-16 km3 Amudaryo havzasida shakllanadi. Qaytish suvlarining katta hajmlari (50-51 %) daryolarga, qolgan qismining taxminan 33 %i pastliklarga tashlanadi va atigi
16 % qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun takroran ishlatiladi. Qaytish suvlarining pastliklarga tashlanishi natijasida ko‘p sonli irrigatsiya – tashlash ko‘llari tashkil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi sug‘oriladigan yerlari hududida qaytish suvlarini ularning shakllanish xususiyati, miqdori va sifati bo‘yicha shartli ravishda 3 zonaga ajratish mumkin:

  1. Yuqori zona – sug‘oriladigan dehqonchilik rivojlanishi tog‘oldi va pasttog‘li tumanlari (Farg‘ona vodiysi, Surxondaryo va h.k.).

  2. O‘rtacha oqim (Buxoro, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari).

  3. Pastki oqim, oqim sayozlanishi zonasi (Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati).

Odatda yuqori zona suv bilan ancha yuqori ta’minlangan, yerlar yaxshi tabiiy drenajlangani holda sug‘orish va grunt suvlarining minerallashuvi past bo‘lgan hududlardir. Qaytish suvlari nisbatan kam minerallashgan, sifati bo‘yicha ham boshqa mintaqalardan yuqoridir (suv olinishida SOK ulushi 80 foizga yetadi). Suv minerallashuvi zich qoldig‘i bo‘yicha – 1,1-3,7 g/l oralig‘ida. Bu suvlar (tuproq-gruntlar holatini nazorat qilganda) tuzga bardoshli qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun yaroqli.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng atrof tabiiy muhit muhofazasi bo‘yicha bir qancha qonun hujjatlari kuchga kiritildi. O‘zbekiston Butun jahon tabiat inqirozini oldini olish hamjamiyatiga qo‘shilib, O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil
dekabr oyida “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, 1993-yil may oyida “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi, 2001- yil 401-sonli “Zarafshon daryosining sanitar holatini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda 2010-yil fevral oyida “Kommunal xo‘jaligi tizimida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qonunlar mamlakatimizda suv va suv resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan dolzarb muammolarni hal qilishga yo‘naltirildi.
Suv resurslarining tanqisligi va ifloslanishi atrof-muhit muammolari orasida eng muhimlari qatoriga kiradi. Respublikamiz har yili o‘rtacha 60 kub km suv sarflaydi, bu suvga bo‘lgan ehtiyojning 80 %ini tashkil etadi.
Sug‘orishda suvdan tejab foydalanmaslik oqibatida suvning 40
%i sug‘orish tarmoqlarida va 20 %i sug‘orish jarayonida yo‘qotiladi. Hozirda 60 %dan ortiq irrigatsiya tizimi qayta tiklanishi talab etiladi. Sug‘oriladigan maydonlar mamlakat hududining 10 foizini (4,3 mln. ga) tashkil etadi.
Suvlar turli xil moddalar va mikroorganizmlar bilan ifloslanishi mumkin. Natijada uning sifati yomonlashadi, ichish va foydalanish uchun yaroqsiz holga kelishi mumkin. Ochiq suv havzalari, kommunal xo‘jaliklari, sanoat korxonalari va qishloq xo‘jaligida ishlatilgan suvlar hisobiga ifloslanadi. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatmoqdaki, shaharlarda bir kecha-kunduzda 600 ming metr kub toza suv ishlatilsa, uning 500 ming metr kubi oqova suv holatiga kelar ekan.
Mineral va mahalliy o‘g‘itlarning qoldig‘i, zaharli ximikatlar, sanoat korxonalarining texnologik jarayonlarida ishlatilib ifloslangan suvlar, kommunal xo‘jaliklarining chiqindi suvlari oqova suvlar deb ataladi. Oqova suvlar suvning tarkibiga ko‘ra mineralli, organik, bakterial va boshqa turlarga bo‘linadi. Mineralli oqova suvlar tarkibida qum, tuproq, shlak, mineral tuzlar, kislota va ishqorlar mavjud bo‘ladi. Organik oqova suvlar tarkibida o‘simlik qoldiqlari (meva, poliz mahsulotlari, o‘simlik yog‘lari va h.k.) hamda hayvon chiqindilari mavjud bo‘ladi.
Bakterial oqova suvlar tarkibida kasallik tarqatuvchi bakteriyalar ko‘p uchraydi. Bunday oqova suvlar ko‘mir va metallni qayta ishlash zavodlarida, go‘shtni qayta ishlash korxonalarida va boshqa shu kabi tarmoqlarda sarf bo‘lishi mumkin.
Suv resurslarining antropogen ifloslanishini quyidagi tarzda ajratish mumkin:

  • qishloq xo‘jaligi faoliyati natijasidagi ifloslanish;

  • sanoat faoliyati natijasidagi ifloslanish;

  • shahar va qishloq tumanlaridagi maishiy ifloslanish manbalari.

Atrof-muhitni muhofaza qilish nuqtayi nazaridan qishloq xo‘jaligi dalalaridan mineral o‘g‘itlarning va o‘simliklarni kimyoviy himoyalash vositalarining sug‘oriladigan suvlar bilan chiqishi, shuningdek, chorvachilik komplekslaridan ifloslangan oqovalarning yerusti va grunt suvlariga tushishi alohida xatar uyg‘otadi. Kichik daryolar va Amudaryo pastki qismlarida kollektor-drenaj suvlari bilan eng ko‘p ifloslanganlik kuzatiladi.







Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling