Suv: qayta tiklanadigan va zahira qilinadigan manbalar


Sug‘orma dehqonchilikda bir kompleks gektar uchun suv


Download 0.59 Mb.
bet10/10
Sana25.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1722334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Suv resurslaridan foydalanish

Sug‘orma dehqonchilikda bir kompleks gektar uchun suv


sarfi miqdori12



Davlatlar nomlari

Suv sarfi miqdori, m3/ga

1.

Isroil

6 000

2.

Pokiston

18 000

3.

Rossiya

20 000

4.

Turkiya

14 000

5.

Turkmaniston

15 000

6.

Xitoy

15 000

7.

O‘zbekiston



brutto (sho‘r yuvish
uchun)

12 000

netto (sug‘orish uchun)

7 000

8.

Qozog‘iston

25 000

9.

Hindiston

19 000

Agarda O‘zbekiston sharoitida qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan ekin maydonlarining 50 foizi atrofidagi yerlarda sho‘r yuvish tadbirlari uchun ishlatiladigan suv miqdori (dunyoning biror bir davlatida bunday tajribani uchratish qiyin) hisobdan chiqarib tashlansa, unda bir kompleks gektarga 8-9 ming kubometr suv sarflanayotganini ko‘rish mumkin.


Bu esa O‘zbekistonda suvdan foydalanish darajasi yuqoriligini va suv sarfi borasidagi ko‘rsatkichlar Isroil davlatida amalda qo‘llanayotgan tomchilatib sug‘orish texnologiyasi doirasidagi suv sarfiga yaqin ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Yaponiya, Turkiya, Xitoy, Isroildan boshqa yana bir qator davlatlar, jumladan: Fransiya, Gollandiya, Suriya, Hindiston, Pokiston, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, Italiya, Indoneziya, Ispaniya, Marokash, Misr, Nigeriya kabi mamlakatlarda ham suv xo‘jaligi islohoti natijasida suvdan tejab- tergab foydalanish va suv uchun to‘lovlar mexanizmi yaxshi





12 Manba: Statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
yo‘lga qo‘yilgan. Bu davlatlarning aksariyatida suv resurslaridan foydalanish xarajatlari ma’lum darajada davlat tomonidan o‘zlariga xos shakllarda boshqariladi, ayrimlarida davlat subsi- diyalari orqali, ba’zilarida ma’muriy-boshqaruv asosida amalga oshirilmoqda.
Bu resurslarni boshqarish ularning ba’zilarida ijtimoiy qo‘mitalar ixtiyorida bo‘lsa, boshqalarida turli vertikal pog‘onalardagi tashkilotlar zimmasidadir. Ko‘rsatilgan davlatlardan birortasida ham suv resurslari to‘liq bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkin resurs darajasiga keltirilmagan, jismoniy shaxslar ixtiyoriga va xususiy tashkilotlarga tovar sifatida foydalanish uchun berib ham qo‘yilmagan.
Ko‘pchilik Yevropa mamlakatlarida suv resurslaridan foydalanish va ularni samarali boshqarish masalasi eng dolzarb masalalar qatoriga kiradi. Masalan, Ispaniyada keyingi yillarda qurg‘oqchilik sababli kelib chiqayotgan qator muammolar natijasida avvalroq vujudga kelgan og‘ir ekologik vaziyatni yaxshilash dasturlari, daryolarni bir-biriga oqizish tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lsa, yaqin yillardagi yog‘ingarchiliklar va suv toshqinlari tufayli uzoq kelajakka mo‘ljallangan kuchli davlat tadbirlari ustida ish olib borilmoqda.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardan biri bo‘lgan Fransiyada esa keyingi yillarda mamlakat hududidan oqib o‘tadigan ko‘pgina daryolarning suv resurslarini nazorat qiluvchi politsiya tashkil etilgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish muammolari bilan AQSh Melioratsiya byurosi shug‘ullanadi. Bu yerda suv resurslarini taqsimlash va foydalanish, bu yo‘nalishda olib boriladigan barcha ish turlarini markazlashtirish va qat’iy nazorat ostida kerakli natijalarga erishish, bu orqali davlat boshqaruvi darajasida suv yetkazib beruvchi va suvni iste’mol qiluvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish muammolari ko‘rilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, barcha davlatlar hududida suv xo‘jaligini rivojlantirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, yangi suv
inshootlarini qurish, asosiy vositalarni ko‘paytirish va yangilik- larni yaratish ishlari to‘liq davlat tomonidan amalga oshirilmoqda. Masalan, Arab davlatlarida suv va suvga bog‘liq barcha sarf- xarajatlar markazlashgan holda davlat tomonidan qoplanadi.
Jahondagi ayrim davlatlarda esa ushbu maqsadlar uchun davlat tomonidan 30-50 yil va undan ortiq muddatga mo‘ljallangan imtiyozli kreditlar ajratilmoqda.
Bunday kreditlar ko‘pgina davlatlarda to‘liq o‘z mablag‘lari zahirasi hisobidan, ayrim hollarda, ularning bir qismi dunyodagi turli moliyaviy fondlar va tashkilotlar yordamida amalga oshiriladi. Lekin biron-bir davlat hududida suv resurslariga qo‘yilgan talab va ishlab chiqilgan qonunlar suvdan foydalanishning tijorat maqsadlariga qaratilmagan bo‘lib, balki, avvalo, insonlar manfaati uchun suvga bo‘lgan munosabatni zamon talabiga moslash, suvni asrab va tejamkorlik bilan foydalanish tamoyillari asosida qurilgan. Bu xalq xo‘jaligining suv resurslariga bo‘lgan ehtiyoji bilan sarflanayotgan suv miqdorlari o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish, ularni to‘g‘ri yo‘naltirish masalalari yechimini hal etish, kelajak avlod uchun suv resurslari to‘g‘risida qayg‘urishdir.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, bu barcha davlatlarda XXI asr boshidan boshlab insoniyat uchun global muammoga aylanib borayotgan suv resurslari taqchilligi masalasini hal qilish, ulardan oqilona foydalanishga e’tibor berilib, o‘z iqtisodiy ko‘rsatkichlari, ichki va tashqi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda dasturlar tayyorlamoqda va dasturlarni ma’lum darajada amalga oshirmoqda.
Suvdan foydalanish jarayoni tahlil qilinganda yana bir masalaga e’tibor qaratish lozim, ya’ni dunyodagi davlatlardan birontasining qishloq xo‘jaligida O‘zbekiston kabi deyarli 100 foiz sug‘oriladigan yer maydonlaridan foydalanilmaydi.
O‘rta Osiyo hududida, xususan, O‘zbekiston hududida yozda o‘simliklarning vegetatsiya davrida yog‘ingarchilik umuman kuzatilmasligi tufayli tuproq namini ushlab turish faqatgina
sug‘orish tadbirlari orqali amalga oshiriladi. Bu holat nafaqat mas’uliyatni, shuningdek, katta mablag‘ni sarflashni taqozo etadi.
O‘zbekistonda sug‘oriladigan yer maydonlari, bu maydonlarga ishlov berish va yuqori hosil yetishtirish jarayonlarida suv xo‘jaligi tizimining ahamiyati kattaligi bo‘yicha ham, bu sohaga davlat tomonidan ajratilayotgan mablag‘ miqdoriga ko‘ra ham boshqa davlatlardan keskin farq qiladi.
Ma’lumki, rivojlangan davlatlarda sug‘orish texnologiyasini takomillashtirishga katta ahamiyat beriladi. Sug‘orish texnologiyasining progressiv usullari dastlabki kapital qo‘yilmalarni ko‘proq talab qilsa ham suv sarfini va mehnat sarfini tejash imkoniyatini beradi. Bu, ayniqsa, ishchi kuchi qimmat bo‘lgan davlatlarda juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling