Suv: qayta tiklanadigan va zahira qilinadigan manbalar


-rasm. Sanoatda ishlatilgan oqova suvlarning daryo suvlarini


Download 0.59 Mb.
bet7/10
Sana25.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1722334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Suv resurslaridan foydalanish

11-rasm. Sanoatda ishlatilgan oqova suvlarning daryo suvlarini


ifloslantirishi.
Agrokimyoviy moddalarni qo‘llash bevosita tashlash yoki grunt suvlariga ta’sir qilish yo‘li bilan qishloq xo‘jaligi yerlari, suv resurslarini ifloslantirish ehtimolini belgilaydi.

Tanlab o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatishicha, tashlanadigan toksik moddalar umumiy miqdori bo‘yicha suvning ifloslanishiga Qashqadaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi xo‘jaliklar eng katta hissa qo‘shmoqda.


Qishloq xo‘jaligi faoliyati natijasidagi ifloslantirish o‘simliklar, tuproq, suv va havo namunalarini pestitsid, azot va fosfatlarga tahlil qilish yo‘li bilan aniqlanadi. Asosiy sanoat ifloslantiruvchilari quyidagilar hisoblanadi:

  • kon-qazib olish va metallurgiya sanoati, metallarni kalvanik qayta ishlash va shu kabi tashlanmalardagi og‘ir metallar (toksinlar);

  • ixtisoslashgan sanoat tarmoqlaridan (toksinlar va notoksinlar) tushadigan azot, sianid va shu kabi boshqa organik moddalar;

  • notoksik organik moddalar, masalan, oziq-ovqat va yengil sanoat tashlanmalari;

  • har xil sanoat korxonalari turlari, jumladan, kimyo sanoati tashlanmalarining toksik organik qismlari, masalan, neft komponentlari, qorishmalar va hokazo.

Maishiy ifloslantiruvchilar (kanalizatsiyalanmagan aholi qismi) fekal va maishiy oqovalarni, ariq va kollektor-drenaj tarmoqlari yoki qoldiqlar o‘ralariga tashlashadi, bu esa grunt suvlari sifatiga ta’sir qiladi.
Kanalizatsiyalangan aholi qismi kommunal tozalash qurilmalari orqali tozalangan oqova suvlarini suv obyektlari va qumlarga to‘kadi. Tozalash qurilmalarining samarasiz ishlashi, ularning ish bilan haddan ziyod ta’minlangani oqovalar yetarlicha tozalanmasligi va atrof-muhit ifloslanishiga olib keladi.
Tog‘lardagi shakllanish hududlaridan keladigan daryo suvlarining sifati (O‘zbekiston Respublikasi doirasida) juda yuqori

  • bu suvlar deyarli hech narsa bilan ifloslanmagan va ularning minerallashuvi juda kam. Biroq pastga yo‘nalgani sari suvning sifati keskin yomonlashadi. Mintaqaning aksariyat daryolariga suvning o‘rtacha oqimda 1-1,5 g/l, pastki oqimda 2 g/l va undan yuqori minerallashuvi xosdir.

Respublikaning aksariyat suv oqimlari o‘rtacha yoki qabul qilingan tasnifga xos ifloslangan hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona vodiysining kollektor-drenaj suvlari hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyatining muayyan suv oqimlari kuchli ifloslangan.





Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling