- Belgilangan limitlar doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari bir kub metr uchun mutlaq miqdorda belgilanadi. Soliq stavkalarining miqdori O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuni bilan belgilanadi.
- Suvdan foydalanish uchun belgilangan limitlardan ortiqcha suv olinganda, bunday ortiqcha qism bo‘yicha soliq stavkalari belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi.
- Suv resurslaridan ruxsat beruvchi hujjatlarsiz foydalanilganda, shuningdek avtotransport vositalarini yuvishni amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan yer usti manbalaridan olingan suvdan foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari Soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi - Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
- Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagicha aniqlanadi:
- SRFs=VsxSs Bunda: SRFs – suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi;Vs – foydalanilgan suv hajmi;
- Ss – suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi.
- Dehqon xo‘jaliklari uchun soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda soliq organlari tomonidan aniqlanadi.
- Soliq hisoboti suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyidagi soliq organlariga quyidagilar tomonidan yilda bir marta taqdim etiladi:
- O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan, bundan qishloq xo‘jaligi korxonalari mustasno — yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
- qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan — joriy soliq davrining 15 dekabrigacha;
- O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — soliq davridan keyingi yilning 20 yanvarigacha.
- Soliq organlari soliq to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasini dehqon xo‘jaliklariga soliq davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay topshiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |