“Suv resurslari” mavzusida keys-stady


Download 96 Kb.
Sana03.11.2020
Hajmi96 Kb.
#140042
Bog'liq
2HL1q34oZzmlWpBQ1Y0ERKDddyoYlMkZ



1-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usllari

Suv resurslari” mavzusida keys-stady



Suv resurslari - foydalanish uchun yaroqli bo’lgan yer usti, yer osti suvlari va tuprokdagi nam zaxiralari. Sr. asriy (yer usti katlamlari, Qutb va baland tog’ muzliklari, yirik ko’llar va shu kabida to’plangan chuchuk suvlar) va qayta tiklanadigan (dare oqimlari, yer osti suvlarining o’zgaruvchan va dinamik zaxiralari, ko’llar hajmining bir qismi va b.) turlarga bo’linadi. S.r. denganda suv ob’yektlari — dare, kul, dengizlar ham tushuniladi, chunki ulardan kema qatnovi, gidroenergetika, baliq xo’jaligi, dam olish, turizm va b. maqsadlarda foydalaniladi. Gidrosferadagi turg’un suv zaxiralarning faqat 2,5% gina chuchuk suv (uning fakat salkam 1% dan kishilar foydalana oladilar), 70% muzliklar, qolgani tuproq nami shaklida. Daryolar, oqar ko’llar va ko’pchilik yer osti suvlari ham chuchuk. Yerning Dunyo okeani, yer osti suvlari, muzliklar, tuprokdagi nam, dare (o’zan) suvlari, atmosfera bug’lari— gidrosferada, ayrim hisobkitoblarga ko’ra, 1454 327,2 ming km3 turgun S.r. bor. Nazariy jihatdan S.r. bitmastuganmas, chunki bu resurslardan oqilona foydalanilganda S.r. aylanibyangilanib turadi. Pekin ko’pgina mamlakatlarda S.r. dan qishloq xo’jaligi., sanoat, kommunal xujaligi va b. maqsadlarda foydalanishning ortishi hamda turli omillar ta’sirida, birinchi navbatda ishlatiladigan iflos suvlarni tozalamay dare va ko’llarga oqizilishidan suv manbalarining ifloslanishi natijasida 20-a. oxiriga kelib insoniyat oldida suv takchilligi muammosi paydo bo’ldi. BMT tomonidan kelajakda insoniyatni chuchuk suv bilan ta’minlash muammolariga bag’ishlangan S.r. boyicha 3jahon forumi o’tkazildi (2003, Yaponiya, Kioto), 2003 y. Xalqaro chuchuk suv yili deb e’lon qilindi. Orta Osiyoda Sr., asosan, dare oqimlari va yer osti suvlarining dinamik zaxiralari (tiklanadigan resurslar), shuningdek, toglardagi muzliklar va ko’llarning asriy suv zaxiralaridan tashkil topadi. Dare oqimlari toglarda mavsumiy qor qatlamlari, muzliklar va krrliklarning erishi, shuningdek, yog’inlar natijasida hosil bo’ladi. Tog’lardagi yer osti suvlari yukrridagi sanab o’tilgan suv olish manbalari g’isobiga vujudga keladi. Tog’ oldi va sug’orma mintaqalarda yer osti suvlari, asosan, yer usti suvlari hisobiga to’yinadi. Dare va yer osti suvlarining S.r. o’zaro bir-biriga bog’liq. Yer osti suvlaridan juda katta mikdorda foydalanish dare oqimini kamaytirib yuboradi. O’rta Osiyoning sug’orma dehqonchilik mintaqalarida daryo suvlarining yillik resurslari 114 km3 ni, jumladan, Amudaryoda (Zarafshon va Qashqadaryo bilan birga) — 74,7 km3, Sirdaryoda — 39 km3, Tajan va Murg’obda — 2,4 km3 ni tashkil etadi. S.r. hududiy jihatdan notekis joylashgan bo’lib, tog’larda hosil bo’lsada, keng tarmoqli sug’orish kanallari yordamida, asosan, tekisliklarda foydalaniladi.

S.r.ning hududiy jihatdan notekisligi suv iste’molidagi tanqislikni vujudga keltiradi. Uni bartaraf etish uchun oqimning bir qismi mintaqadan boshqasiga qayta taqsimlanadi. Oqimni qayta taqsimlash Amudaryo (Qoraqum, AmuBuxoro, Katta Hisor, Qarshi kanallari va b.) va Sirdaryo (Katta Farg’ona, Katta Andijon, Katta Namangan, Jan. Mirzacho’l kanallari va b.) havzalarida juda katta hajmda amalga oshirilgan.



2-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari

“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga 64 ta foydalanilmayotgan davlat mulki obyekti sotiladi” mavzusida keys-stadi






Joriy yilning 7 avgust kuni O’zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 3 iyuldagi "Davlat mulki obyektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi va Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi "Zarar ko'rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli korxonalarning foydalanilmayotgan ortiqcha yer va ishlab chiqarish maydonlarini yanada optimallashtirish choralari to'grisida"gi qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag’ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotida xususiy mulkchilik roli va ulushini oshirish, xorijiy investitsiyalarni, shu jumladan, to'gridan-to'gri xorijiy sarmoyalarni kengroq jalb qilish, aholi bandligi darajasi va daromadini o'stirish islohotlarning muhim tarkibiy qismi hsoblanadi.

“Davlat mulki obyektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'grisida”gi qaror bu yo'nalishdagi ishlarni tizimli ravishda davom ettirish imkonini beruvchi yana bir muhim hujjatdir.

Unga ko'ra, yalpi xatlov natijasida aniqlangan obyektlar va bo'shab qolgan yer maydonlarini samarali ishlatish yuzasidan bir necha yo'nalishda chora-tadbirlar amalga oshirilishi mo'ljallangan.

Xususan, qarorga muvofiq, 64 ta foydalanilmayotgan davlat mulki obyektini kim oshdi savdosi orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotilishi mo'ljallangan. Shundan 24 tasi baholandi va ommaviy savdolarga chiqarildi, 40 tasi bo'yicha baholash ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, tadbirkorlik bilan shug'ullanmoqchi bo'lganlar uchun bino va inshootlarni investitsiya majburiyati evaziga "nol" qiymatda berish jarayoni bugungi kungacha o'z samarasini berayotganidan kelib chiqqan xolda, 164,1 mlrd. so'm investitsiya kiritish va 4256 ta yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan ushbu qiymatda beriladigan 121 ta obyekt bo'yicha tanlov shartlari tasdiqlandi.

Davlat raqobat qo’mitasi Boshqarma boshlig’i “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

– Mazkur qaror bilan yaratilayotgan yana bir qulaylik bu tadbirkorlik subyektlariga ishlab chiqarish, servis va xizmat ko'rsatishni tashkil etish, kelgusida bu yerlarda kichik sanoat zonalarini barpo qilish uchun o'rtacha hajmi 0,2-0,3 gektarlik 57 ta yer maydonlarini ajratilishidir. Bundan tashqari, qarorga muvofiq, davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartiblarini soddalashtirildi, ya'ni davlat aktivlarini "nol" qiymatda ommaviy savdolar orqali sotishni amalga oshirish haqidagi e'lonlar ushbu tadbir o'tkazilishidan 2 oy oddin emas balki 1 oy oldin respublika va mahalliy nashrlarda chop etiladi. Shuningdek, qarorda davlat mulki obyektlarini tanlov savdolari orqali "nol" qiymatda amalga oshirishning shartlari etib investitsiya majburiyatidan tashqari, yangi ish o'rinlarini yaratish va bajarilgan investitsiya majburiyati qabul qilingan sanadan e'tiboran bir yil mobaynida ushbu ish joylarini saqlab qolish shartligi belgilandi.

Ommaviy savdolarga boshlang'ich qiymati bosqichma-bosqich tushirilgan davlat mulki obyekti 3 oy davomida sotilmagan holatda, ushbu obyekt investitsiya majburiyati evaziga hamda yangi ish o'rni yaratish sharti bilan nol qiymatda sotilishi belgilandi.

Bundan tashqari, qarorda respublikamizning barcha hududlarida joylashgan jami 299 ta bo'sh turgan va qurilishi tugallanmagan davlat mulki obyektini vakolatli organlar xulosasi bilan tegishli shaxar, tuman hokimliklari qarorlariga muvofiq buzilishi nazarda tutilgan.



Shuningdek, zarar ko'rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli korxonalarning foydalanilmayotgan ortiqcha yer va ishlab chiqarish maydonlarini yanada optimallashtirish choralari to'grisidagi qarorga asosan, 35 ta davlat obyektlarini, shu jumladan 4 ta ijtimoiy infratuzilma obyektlarini xususiylashtirilishi belgilangan. Shuningdek, 211 ta davlat ulushi bo'lgan jamiyatlardagi ortiqcha bino va inshootlarini sotilishi, 43 ta davlat obyektlarini mahalliy xokimliklarga opsratin (tezkor) boshqaruvga berish yoki tegishli tashkilotlarning ustav fondlariga berish nazarda tugildi.

Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling