Suv resurslari va ulardan foydalanish. Tuproqdagi suvning shakllari Dexqonchilik yerlarini sugorish


Download 80.23 Kb.
bet1/6
Sana05.01.2022
Hajmi80.23 Kb.
#216631
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
20-Мавзу


Mavzu: Sug’orish va suv resurslarini muhofaza qilish
Reja:

  1. Suv resurslari va ulardan foydalanish.

  2. Tuproqdagi suvning shakllari

  3. Dexqonchilik yerlarini sugorish.

  4. Sug’orish usullari

  5. Suv resurslarni muhofaza kilish.

Yer kurrasidagi suvlardan iborat bo’lgan qobiq gidrosfera deb ataladi va unga sayyoramizdagi hamma suvlar - okean, dengiz, ko’l, jar, muz, botqoqlik va 5 km chukurlikkacha bo’lgan yer osti suvlari kiradi.

Yer yuzidagi suv miqdorining 93,96 % sho’r okean va dengiz suvlari, 4,12 % ini yer osti suvlari, 1,65 % ini muzliklardagi suvlar, 0,026 % ni ko’l suvlari, 0,0001 % ni chuchuk daryo suvlari tashkil etadi xolos.

Xalq xo’jaligining turli sohalari, o’simliklar, qishloq xo’jalik ekinlari va umuman insoniyat uchun zarur bulgan chuchuk suvning miqdori cheklangan bo’lib, 84 million 927,2 ming km3 ni tashkil qiladi. Bu butun gidrosferadagi umumiy suv mikdorining 6 % i demakdir. Usha chuchuk suvning 60,0 mln.km3 yer osti suvlariga, 24,0 mln.km3 muz va korlarga, 750 ming km3 ko’llarga, 75 ming km 3 tuproqdagi suvlarga, faqat 1,2 ming km3 esa chuchuk daryo suvlariga to’g’ri keladi. Dunyodagi barcha daryolar bir yilda okeanlarga 45 ming km3 suv olib keladi.

Gidrosferadagi suv doimo harakat qilib, bir holatdan ikkinchi holatga o’tib aylanib yuradi. Quyosh nurining ta’sirida yer yuzasidan har yili 520 ming km3 suv bug’lari atmosferaga ko’tariladi va to’yinib, konlensasiyalashib, 520 ming km3 suv yog’in tariqasida yana yer yuzasiga qaytib tushadi.

Yer yuzasiga qaytib tushgan suvni (520 ming km3) bir qismi, yana bug’ga aylanadi, bir qismi yerga shimilib, grunt suvini hosil qiladi, bir qismi esa daryolar orqali dengiz, okeanlarga quyiladi. Yerga shimilgan suv ma’lum vaqtdan so’ng yana bug’ga aylanadi.

Suv – yer kurrasida organizmning yashashi uchun zarur bo’lgan eng muhim mineral hisoblanib, organizmdagi butun jarayonlar suv muxitida sodir bo’ladi. O’simlik va hayvonlar organizmida suvning miqdori 50-98 % gacha bo’ladi. Go’sht tarkibida suv 50 % bulsa, sutda 87-89 %, sabzavotda esa 80-95 % ga yetadi. suv inson organizmi uchun zarur. Chunki inson vaznining 70 % suvdan iborat.

Suv ayniqsa qishloq xo’jaligi uchun zarur. Chunki 1 t. bugdoy yetishtirish uchun 3 mln.l., 1 t sholi yetishtirish uchun 20 mln.l. 1 gektar paxta uchun esa 12-20 ming.m3 suv sarflanadi.

Hayotning eng muhim shartlaridan biri bo’lgan suv o’simliklar uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tuproqda va o’bo’ladigan kimyoviy va bioqimeviy jarayonlar suvli muhitda kechadi. O’simlik suv bilan yetarli taminlangandagina uning o’sishi, rivojlanishi va barcha fiziologik jarayonlar normal o’tadi. Urug’ bo’rtishidan boshlab, to hosil pishguncha o’simliklarga suv kerak bo’ladi.

1-jadval


Urug’larning unib chiqishi uchun zarur bo’lgan suv miqdori

(urug’ massasiga nisbatan % hisobida, Ergashov 2000 )



Yekinlar urug’i

Talab etiladigan suv miqdori

Yekinlar urug’i

Talab etiladigan suv miqdori

Tariq

Makkajo’xori

Bug’doy

Arpa


Beda

Javdar


25,0

44,0


45,0

48,2


56,3

57,5


Suli

Chigit


Zig’ir

Ko’k nuxat

Qizil sebarga

Qand lavlagi



58,9

60,0


100,0

106,8


117,3

120,3


o’simliklar tarkibida 80-90% gacha suv bo’ladi. O’suv davrida o’simliklar bu suvning asosiy qismini bug’lantirib yuboradi. Kuzatishlarga qaraganda, o’simliklar o’zlashtirib olgan suvni 0,01-0,03 % ni o’z organizmining shakllanishi uchun sarflaydi.

Suv, o’simliklarni o’suv davrida ularning rivojlanishi va hosil to’plashini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Barcha qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori hosilni, ular yetarli miqdorda suv bilan taminlangandagina olish mumkin. O’simliklarning suvga bo’lgan talabi ularning rivojlanish davrlariga qarab turlicha bo’ladi. Masalan, kuzgi bug’doy nay chiqarish va boshoqlash davrida, makkajo’xori gullash va donini sut pishish davrida, kartoshka gullash va hosil tugish davrida, kungaboqar gullash va savatcha hosil qilish fazasida, g’o’za gullash va meva tugish davrida suvni ko’p talab qiladi. Ko’p yillik ekinlar esa suvga yanada talabchan bo’ladi.

O’simliklar ildizi yordamida tuproqdagi namni o’zlashtirib, uni organizmi orqali atmosferaga bug’latib turishi esa transpirasiya, 1gr quruq moddalar hosil qilishi uchun sarflangan suv miqdoriga transpirasiya koyeffisiyenti deyiladi. ( -jadval)

2-jadval

O’simliklar turiga qarab transpirasiya koyeffisiyenti

(prof. A.A.Cherkasov ma’lumoti)


Yekinlar

Transpirasiya koyeffisiyenti

Yekinlar

Transpirasiya koyeffisiyenti

Bug’doy

Javdar


Arpa

Suli


Tariq

Makkajo’xori

Jo’xori

Sholi


Ko’k nuxat

G’o’za


271-639

431-634


404-664

423-876


177-367

239-495


239-393

395-811


563-747

368-650


Kungaboqar

Kartoshka

Karam

Tarvuz


Qovun

Qovoq


Bodring

Pomidor


Sebarga

Beda


490-577

285-575


250-600

577-600


597-621

685-831


713

500-650


300-731

568-1068


G’o’za o’suv davrida juda ko’p suv sarflaydi. Chunonchi, chinbarg chiqargan davrida bir gektar yerdagi g’o’za sutkasiga 10-12 m3 , shonalash davrida 30-50 m3 , gullash va meva tugish davrida eng ko’p 80-120 m3 , ko’saklar ochilishi davrida esa 30-40 m3 suv sarflaydi. Bir gektar paxta maydonidan o’suv davrida 5000-8000 m3 suv sarflanadi.

O’simliklar suvga bo’lgan munosabatiga qarab kserofit, mezofit, gigrofit va gidrofit guruhlarga bo’linadi.




Download 80.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling