Suv resurslari va ulardan foydalanish. Tuproqdagi suvning shakllari Dexqonchilik yerlarini sugorish


Sideratlar ta’sirida sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlarda namlikning o’zgarishi. mutloq quruq tuproqqa nisbatan % da.[N.T.Xalmanov ma’lumoti, 2001-2004 yy]


Download 80.23 Kb.
bet6/6
Sana05.01.2022
Hajmi80.23 Kb.
#216631
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
20-Мавзу

Sideratlar ta’sirida sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlarda namlikning o’zgarishi. mutloq quruq tuproqqa nisbatan % da.[N.T.Xalmanov ma’lumoti, 2001-2004 yy]

Variantlar

Yashil massani tuproqqa haydashdan avval.(10. IV)

Co’ngi sug’orishdan oldin.

(10.VIII)



0-20

20-40

0-20

20-40

Nazorat [shudgor]

15,1

17,4

11,4

14,0

Ko’k no’xat

14,8

17,2

14,0

16,8

Javdar

15,0

17,0

13,7

16,4

Tifon

14,7

17,4

13,6

16,5

Ko’k no’xat+Javdar

14,6

17,3

14,5

17,3

Tifon+Javdar

14,9

17,5

14,2

17,1

Tifon+Ko’k no’xat+

Javdar


14,8

17,7

14,8

17,7

Demak bo’z tuproqlarda 2,1-4,1% yuqori namlik saqlagan bo’lib, eng yuqori namlik barcha tuproq tiplarida, tifon+ko’k no’xat+javdar variantlarida qayd etildi. Siderasiyaning tuproq namligiga bog’liqligining statistik tahlil natijalari 3.1 va 3.2-rasmlarda keltirilgan hamda ular urtasida korrelyasion bog’liqlik mavjud.




-rasm. Tuproq namligining o’rganilgan omillarga bog’liqligi, 0-20 sm

3.3-rasm. Tuproq namligining o’rganilgan omillarga bog’liqligi, 20-40 sm
Demak siderat o’g’itlardan agrosenoz dalalarida foydalanish namlikni boshqarishda muhim agrotexnik tadbir hisoblanar ekan.

Yer shari axolisining tez usishi chuchuk suvga bo’lgan talabni kun sayin ortib borishiga sababchi bo’lmokda. Yer sharida jon boshiga maishiy xujalik extiyojlari uchun (ichish, ovkat pishirish, yuvinish, kir yuvish va boshk.) shaxarlarda B.Kitanovich (1985) ma’lumotiga kura, sutkada, 150 l. yoki bir yilda 55 m3, qishloqlarda sutkada 50 l. yoki 1 yilda 18 m3 chuchuk suv sarflanadi. Binobarin, 1987 yil ma’lumotiga kura, yer kurrasida 5,0 mlrd. kishi yashab, fakat maishiy extiyoji uchun 1 yilda 159 km3 suv iste’mol kilgan. 2019 yilda sayyoramizda 7,5 mlrd. dan kuproq insonlar yashashini hisobga olsak ularning kunlik ehtiyoji uchun sarflanadigan toza ichimlik suvi miqdorini hisoblash qiyin bo’lmaydi.

M.I. Lvovichning ma’lumotlariga kura, dunyodagi daryo suvlaridan tejab, tugri foydalanilsa va u toza saklansa, 60-100 mlrd. kishini chuchuk suvga bo’lgan talabini bemalol kondirish mumkin.

Xozir O’zbekistonda xalq xo’jaligining turli soxalari uchun yiliga 71,69 km3 suv sarflanadi. Shuning 60,30 km3 sugorishga, kolgan kismi esa 11,30 km3 sanoat, maishiy-kommunal v aboshka soxalarga ishlatiladi.

Istemoldagi suvlar o’zining istemolga yaroqliligi bilangigiyenik me’yorlarga tshliq javob berishi kerak, shu jihatdan davlat standartlari qabul qilinadi. Qo’yidagi jadvallarda suv sifatining gigiyenik me’yorlari berilgan.
Suv sifatining gigiyenik me’yorlari.

Xozirgi vaktda yangi davlat standarti ichimlik suv kimyoviy tarkibining me’yorlari qabul qilingan.

Davlat standarti 28-74-82. «Ichimlik suv»iga qo’yiladigan talablar

jadval


Kimyoviy moddalar

Me’yorlar. Mg/litr.

Koldik alyuminiy

0,5 gacha

Berilliy

0,0002 gacha

Molibden

0,25 gacha

Margimush

0,05 gacha

Nitratlar

45 gacha

Koldik poliokrilamid

2 gacha

Kurgoshin

0,03 gacha

Selen

0,001 gacha

Stransiy

7,0 gacha

Ftor




1 va P iklimiy rayon uchun

1,5 gacha

Sh

1,2 gacha

1U

0,7 gacha.

Ichimlik suvining bakterial tozaligi. 28-74-82



Kursatgichlar

Me’yorlar

1 m/l tarkibidagi mikroblar soni

100 dan oshmasligi kerak.

1 litr suvdagi ichak tayokchalari bakteriyalar guruxi

3 dan oshmasligi kerak.

Dunyo buyicha sugorma dexqonchilikda eng kup suv iste’mol kilinadi. Xozir dunyoda 200 mln.ga yerni sugorish uchun yiliga daryolardan va yer ostidan 2800 km3 suv olinadi. Bu dunyodagidaryolarning yalpi okimining 7 % ga teng. Usha olingan 2800 km3 suvning 17 % yoki 470 km3 kaytarma suvi kurinishida daryolarga va yer osti suviga kushiladi, kolgan 83 % i (2330 km3 esa butunlay sarflanib ketadi.

Suv resurslarini toza saklab, ularni muxofaza kilishda chikindi iflos suvdan sugorishda foydalanishga utish muxim axamiyatga ega. Bunda shaxar chikindi iflos suvlaridan sugorishda uning tarkibiga karab, joyning tabiiy geografik sharoitini xisobga olib foydalanish kerak. Shaxar chikindi okova suvlaridan sugorishda foydalanish juda katta foyda keltirishidan tashkari, iflos chikindi suvlarini daryo, kul, kanal, va suv omborlariga tashlashga butunlay chek kuydi: kimmatga tushuvchi suv tozalovchi inshoatlar kurilmaydi. Shu sababli shaxar okava suvlaridan sugorishda foydalanish tajribalari AKSh, Polsha va Germaniyada utkazilmokda bu tajribalar yaxshi natija bermokda.

O’zbekistonda iflos chikindi suvlarning sutkalik mikdori «O’zminvodxoz» ma’lumotiga kura, 4 mln.m3 bulib, undan sugorishda deyarli foydalanilmayotir. Yakin kelajakda iflos chikindi suvlar mikdori respublikada yiliga 6,0 km3 ga yetadi, agar undan sugorishda foydalanilsa 600 ming gektar yerni sugorsa buladi.

Tajriba shuni kursatadiki, chikindi suvlar bilan sugoriladigan dexqonchilik yerlari, sabzavot, rezavor, poliz ekinlari xosili patogen mikroorganizmlari va gelment tuxumlari bilan kuchli zararlanadi. Bu maydonlarni sugorish tavsiya kilinmaydi. Yoki chikindi suvlari oldindan tozalanishi kerak.

Chikindi suvlari oddiy tindirgichlarda tindirishning uzi bakteriyalarni, gelment tuxumlarini 50-60 foizga kamaytiradi, yotik tindirgichlarda suv tezligi sekundiga 1 mm bulsa, zararli omillar 95 % ga kamayar ekan.

Umuman dexqonchilikni sugorish yerlari va filtrlash maydonlaridan foydalanish uchun kuyidagi sanitariya koidalari tavsiya etiladi:


  1. Biologik yul bilan tulik tozalash, dexqonchilikka muljallangan sugorish yerlarida chikindi suvlarni oxirigacha tozalash.

  2. Ochik suv xavzalari, shuningdek yer osti suvlari ifloslanishining oldini olish.

  3. Axoli va shu soxadagi xizmatchilar chikindi suvlar yoki ekinlar xosili orkali yukumli kasalliklar va gelmint tuxumlari bilan zararlanish oldini olishni ta’minlash.

Dunyoda axolining tez usishi va urbanizasiya jarayoni, sanoatning rivojlanishi, qishloq xujalik ekinlari maydonining, asosan sugoriladigan yerlarning kengayishi chuchuk suvga bulgan talabni kuchaytiradi, okibatda iflos chikindi suvlar mikdori ortib, ichki suv xafzalari tobora ifloslanib boraveradi. Natijada chuchuk suv resruslarining sifatini yomonlashishidan tashkari suvning tabiatda aylanib yurish jarayoniga xam salbiy ta’siretadi. Shu sababli zudlik bilan suv resurslaridan foydalanishning yangidan-yangi yullarini izlab topish, suv resurslaridan foydalanishning muxofaza kilishga aloxida e’tibor berish zarur.

Suv resurslarini ifloslanishdan saklashda va uni kayta tiklashda kuyidagi tadbir choralarni amalga oshirish kerak.



  1. Dunyodagi barcha mamlakatlar chuchuk suvning sifat normativini, ya’ni suvlarda zararli moddalarning normadagi maksimum konsentrasiyasi ishlab chikarishlari va joriy kat’iy rioya kilishi zarur. Ichimlik suvida 420 dan ortik zararli moddalarning maksimal konsentrasiyasi berilgan.

  2. Suv resurslarining sifatining pasayib ketishdan saklash uchun sanoat korxonalarida ilgor texnologiyani kullab, iflos okova suvlar mikdorini kamaytirishga yerishish kerak. Buning uchun sanoat korxonalarida suvdan foydalanishnin berk (aylanma) siklli sistemasiga utish zarur.

  3. Suv resurslarini ifloslanishdan saklash va kayta tiklashning yana bir chora tadbirlari, bu bir necha bir-biriga yakin korxonalarning suvidan kooperativlashtirilgan xolda foydalanishga utishdir. Ya’ni bir korxona ishlayotgan suvni kuvurlar orkali tozalab, sovitib, ikkinchisiga, sungra uchinchisiga utkazish mumkin.

  4. Iflos chikimli suvlar mikdorini kamaytirib, suv resurslarining toza saklashda planli ravishda xar bir korxona yeoshida chikindi suvlarni tozalovchi inshootlarni kurish va tozalash usullarini takomillashtirib borish muxim axamiyatga ega. Bu soxada O’zbekistonda ma’lum ishlar kilinayotgan bo’lsada, lekin suvni ko’p ifloslovchi ximiya, neft ximiyasi, mikrobiologiya, rangdor metallurgiya kabi sanoat korxonalari koshidagi tozalovchi inshoatlarning iflos chikindi suvdagi moddalarni zararsizlantirish samarasi juda past.

  5. Suv resurslarini toza saklashda sanoat korxonalarida sovitish ishlarini suv yordamida emas, balki xavo yordamida amalga oshirish usullarini kullash zarur.

  6. Suv iste’mol kilishning ilmiy asoslangan normalarini ishlab chikish orkali chikindi iflos suvlar mikdorini kiskartirish. Chunki xozir ma’lum bir mikdordagi sanoat maxsulotini ishlab chikarish uchun juda kup suv iste’mol kilinmokda. Masalan, 1 t.viskoza shoyi ishlab chikarish uchun 1010 m3 toza suv, 1 t.sintetik tola uchun 5000 m3 suv sarflanadi. O’zbekistonning Muruntov oltin konida ilg’or texnologiyani ko’llash tufayli suv sarfi 1-3 martaga kiskartirildi.

O’simliklardan yuqori hosil olish ularni yashash sharoitlarining yetarli va maqbul bo’lishini taqozo qiladi. O’zbekiston Respublikasining aksariyat ko’p qismi adir mintaqasida joylashgan bo’lib, yetishtirilayotgan madaniy O’simliklarning rivojlanishi mazkur hududning suv bilan ta’minlanganlik darajasiga bog’liq. O’simlik suvni asosan tuproqdan oladi. Respublikaning tekislik va tog’ oldi hududlarida tuproqdagi namlik sun’iy sug’orish yordamida yaratiladi. Sun’iy sug’orish hudud iqlim-sharoitiga bog’liq bo’ladi. O’zbekistonning cho’l qismida yil davomida 100—150 mm yog’ingarchilik yog’adi. Yil davomida umumiy bug’lanishga 1300—1700 mm suv sarflanadi. Tuproqning suv bilan ta’minlash va u bilan bog’liq bo’lgan ozuqa va tuz rejimi dalada yetishtirilayotgan o’simlik uchun zarur bo’lgan miqdorda suv berish orqali boshqariladi.

O’simliklarning suvga bo’lgan talabi uning turiga, ildizning rivojlanganlik darajasiga, o’sish davriga va boshqalarga bog’liq. Shu sababli o’simlikning o’sish davrida suvga bo’lgan ehtiyoji – tuproq tarkibidagi suvning miqdori o’zgarib turadi. O’simlik tuproqdan suvni ildizi orqali olib barg sathidan muntazam ravishda bug’latib turadi. Bu jarayon transpirasiya deb ataladi. G’o’za o’sish davrida (1 tup o’simlik) 100—150 kg suv bug’latadi. Barglar orqali suv bug’lanishi maxsus biologik moslama — ustisa orqali sodir bo’ladi. Bug’lanish issiqlikka, yorug’likka, havoning namligiga, shamolning yo’nalishi va tezligiga, tuproqning kapillyar xossalariga bog’liq bo’ladi. Suvning tuproq-o’simlik-havo (atmosfera) tizimidagi harakati tuproq, o’simlik tanasi va atmosferada hosil bo’ladigan molekulyar, kapillyar va gravitasion kuchlar ta’sirida vujudga keladi. Bu kuchlar tuproq, o’simlik hujayrasidagi yeritmada bosim hosil qiladi. Bosim yuqori joydan bosim past joyga harakat boshlanadi. Natijada juda mayda naysimon bo’shliqlar orqali suv tuproqdan o’simlik tanasiga o’tadi, barglari orqali bug’lanadi. Suvning tuproqdan o’simlikka o’tishi osmotik kuchlar orqali boshqariladi.

Barg orqali suvning bug’lanishi suv molekulalarining barg sathidan ajralishi va kengayishi bo’lib, bug’latadigan issiqlikka bog’liq bo’ladi. Natijada ma’lum og’irlikdagi suv gazsimon shaklga – bug’ga aylanadi. Issiqlik pasaygach bug’ qayta suvga aylanadi (kondensasiya). Bug’lanish – suv sathidan ma’lum vaqtda ajralayotgan, gazsimon shaklga aylangan suvdir. O’lchov birligi mm (qalinlik) yoki m3 (hajm). O’zbekistonning tekislik qismida yil davomida suv sathidan bug’lanishga sarflanayotgan suv miqdori 1800—2000 mm ni tashkil etadi. O’simliklarning suv iste’moli asosan ildizlar yordamida tuproqdan olayotgan namlik bilan barglar orqali bug’lanayotgan suvdan iborat.

Mavsumiy sug’orish me’yori g’o’zaning rivojlanish davr-lariga qarab gullashgacha 15—20%, gullash-ko’sak hosil bo’lish davrida 60—70% va yetilish davrida 15—20% miqdorda taqsimlanadi. Ekinlarni maqbul sug’orish me’yorini belgilash uchun: a)tuproq qatlamining namiqish chuqurligini; b) tuproq qatlamining eng ko’p nam sig’imini; v)tuproq qatlamining sug’orishdan oldingi namligini; g) sug’orish usullarini (bostirib, taxtalarga bo’lib, jo’yak olib, egat olib, yomg’irlatib va h.k.) bilish zarur.

Ekinlarni sug’orish tartibini belgilashda tuproq qatlamidagi namlikning sug’orish oldi maqbul miqdorini aniqlash muhim ahamiyatga ega. G’o’za uchun bu namlik miqdori 3 davrda: gullashgacha, gullash-ko’sak hosil bo’lish va yetilishda aniqlanadi. Ko’p yillik tajribalar asosida O’zbekistonning sug’oriladigan dehqonchilik mintaqasida g’o’za majmuasiga kiruvchi O’simliklar uchun sug’orish oldi maqbul namlik dala nam sig’imining o’rtacha 70% ini tashkil etadi. M.P.Mednis ma’lumotlariga qaraganda g’o’zaning tezpishar navlarining suvga talabi nisbatan yuqori. Tezpishar navlar dalada tuproqdagi namlik dala nam sig’imining 75% ini tashkil etganda sug’orilgani ma’qul. Kechpishar navlar ekilgan dalada bu ko’rsatkich tuproq dala nam sig’imining 65% ini tashkil etganda suv berilsa bo’ladi. Sho’rlanishga moyil bo’lgan tuproqlarda sug’orishdan oldingi namlik dala nam sig’imining 75% ini (ayrim hollarda 80% ini) tashkil etishi kerak. Mavsumiy va har gal sug’orish me’yori va vaqtini belgilash namiqishi zarur bo’lgan tuproq qatlamining qalinligi bilan bog’liq. g’o’za misolida O’simlikning rivojlanish davrida har galgi sug’orish me’yorini aniqlashda tuproq qatlamining qalinligi: shonalashga- cha – 0,5 m, shonalash davrida – 0,7 m, gullash va ko’sak hosil bo’lish davrida – 1 m va yetilish davrida 0,7 m bo’lgani ma’qul. Sho’rlangan va yer osti suvlari chuqur bo’lmagan dalalarda sug’orishga berilayotgan suv miqdori O’simlik talabiga nisbatan 10—30% ortiq bo’lishi kerak. Ortiqcha suv tuproqning ildiz tarqalgan qatlamida yig’ilgan tuzlarni yuvadi, yer osti suvlarining ustki qismida chuchuk suv yig’ilib, tuzlarning kapillyar bo’shliqlar orqali pastdan yuqoriga harakati keskin kamayadi.

O’simliklarni sug’orish vaqtini bargning so’rish kuchi asosida ham belgilash mumkin. S.A. Gildiyev ma’lumotlariga qaraganda bargning so’rish kuchi g’o’zaning gullash davrigacha — 12 atm, gullash-ko’sak bo’lish davrida – 14 atm va yetilish davrida –16 atm bo’lganda sug’orish zarur. Mavjud suv zaxiralaridan oqilona foydalanish asosida ekinlarni sug’orish uchun dalaga beriladigan suv miqdori — me’yorini to’g’ri aniqlash yotadi. Buning uchun tuproqning dala nam sig’imi, mazkur O’simlik uchun tuproqda namlikning kam miqdori va namiqishi zarur bo’lgan tuproq qatlamining qalinligini bilish zarur. Shu ko’rsatkichlarning miqdorini quyidagi tenglamaga qo’yib O’simlikni sug’orish me’yori aniqlanadi:

W = (A — B) x h + K,

bunda: W – sug’orish me’yori, m3/ga; A – qatlamdagi o’rtacha dala nam sig’imi, %; B – sug’orishdan oldin qatlamdagi o’rtacha namlik (A — qatlamdagiga nisbatan %); h — qatlam qalinligi, sm; K – sug’orish davrida bug’lanishga sarflanadigan suv miqdori (W ning 5—10% ini tashkil etadi), m3/ga.

Suv resurslaridan oqilona foydalanmaslik O’zbekistonda sug’oriladigan dehqonchilikning barqaror rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan bosh sabablardan biridir. Muammoni hal etish usullaridan biri tomchilatib sug’orish tizimini (TST) qo’llash bo’lishi mumkin. Tomchilatib sug’orish ilk marta 60-yillarning boshida Isroilda ishlab chiqilgan va sanoat miqyosida mustaqil sug’orish turi sifatida joriy qilingan edi. Qisqa vaqt mobaynida olingan ijobiy natijalar tomchilatib sug’orish dunyoning ko’plab mamlakatlarida tez tarqalishiga yordam berdi.

Tomchilatib sug’orish natijasida (40-50%) gacha suv tejaladi, suvni filtrasiyasi va bug’lanishi kamayadi, daladan oqava suvi chiqmaydi, tuproq zichlashib ketmaydi. Eng muhimi sug’orish eroziyasining oldi olinadi, o’g’itlarni tuproqqa suv bilan berish orqali o’g’itlarning samaradorligi 25-30% ga oshadi, har qanday notekis joylarda ham qo’llab, hosildorlikni 50% gacha oshirish imkoniyatlari paydo bo’ladi. Tomchilatib sug’orish bog’dorchilikda, sabzavotchilikda, paxtachilikda muvafaqiyatli amalga oshirilmoqda. 2018 yilda Ishtixon tumanidagi "Ishtixon nurli davr" fermer xo’jaligi tomonidan tomchilatib sug’orish texnologiyasi asosida paxta yetishtirishganda hosildorlik gektariga 29 sentnerdan 45 sentnerga oshgan. Oddiy usulda sug’orilgandagiga nisbatan tomchilatib sug’orilganda har gektaridan 5 mln. so’mdan ziyod sof daromad olingan. 2019 yilda Samarqand viloyatida paxtachilikda 3400 gektar maydonda tomchilatib sug’orishni joriy qilish rejalashtirilgan. Ushbu yangi agrotexnologiyaning qo’llanilishning o’zi ham tuproqni sog’lomlashtiradigan asosiy tadbirlardan biri hisoblanadi. Tomchilatib sug’orish suvning kam miqdorda o’cimliklarning tomir zonasiga yetib borishiga asoslangan. Ayni paytda suv miqdori va uni uzatish davriyligi o’simliklarning ehtiyojiga qarab tartibga solinadi. Suv barcha o’simliklarga bir tekis va bir xil miqdorda, O’simlikka qancha kerak bo’lsa, aynan shuncha, tuproqni suv bosmaydigan va uni isrof qilmaydigan tarzda kelib turadi. Bundan tashqari, suvning o’simlikka yetkazib berilguncha bug’lanib ketishi sababli yuz beradigan ulkan yo’qotishlar oldi olinadi.

Tomchilatib sug’orishning zamonaviy tizimi ko’plab qishloq xo’jalik va bog’dorchilik ekinlariga ishlov berishda qo’llanadi va bir qancha afzalliklarga ega, masalan: - Suvning ko’p miqdorda tejalishi – chunki o’simlikning faqat ildiz qismi ho’llanadi, bug’lanib isrof bo’ladigan suv miqdori anchamuncha qisqaradi, suvning chetdan oqib o’tishi oqibatida ro’y beradigan nobudgarchilikka yo’l qo’yilmaydi. Tomchilatib sug’orish vaqtida “ariq” deb ataladigan qatorlar orasi, odatda suv ariqqa quyiladigan an’anaviy sug’orish bilan solishtirganda, boshidan oxirigacha quruqligicha qoladi. Suvning umumiy tejalishi 1 gektar g’o’za uchun 11,7 ming m3, 1 gektar bug’doy uchun 6,6 ming m3 va 1 gektar bog’ uchun 11,4 ming m3 dan iborat bo’ladi. - Elektr quvvati, mehnat sarfi, yonilg’i-moylash (YoMM) va boshqa materiallarning ko’p miqdorda tejalishi – odatda suv kanallardan sug’orish uchun nasoslar bilan uzatiladi. Tomchilatib sug’orishda kam suv hajmi talab etiladi, binobarin, nasoslarning ishi kamayadi, nasos ishlashi uchun kamroq elektr quvvati yoki energiyaning boshqa turlari (masalan, dizel yonilg’isi) sarflanadi. Shuningdek, sug’orish uchun ancha kam mehnat sarfiga (1,3-3 marta) yerishiladi. Respublikamizning istiqbolli rejalarida 2030 yilga borib tomchilatib sug’oriladigan maydonlarni 1,0 mln gektarga yetkazish rejalashtirilgan.

Mavsum davomida 1 gektar g’o’zaga 60 litrga yaqin YoMM tejaladi. - Mineral o’g’itlar 30-40 foiz tejaladi - oddiy sug’orishda u 1 gektar g’o’za maydoniga 850 kg azot o’g’iti, 150 kg fosfor, 100 kg xlorli kaliy ishlatiladi. Tomchilatib sug’orishda 1 gektar yerga 250 kg azot, 150 kg fosfor, 50 kg kaliy sarflanadi. Ayni paytda mineral o’g’itlarning o’zlashtirilishi 90-95 foiz, an’anaviy sug’orishda esa 30-38 foiz bo’ladi. Sug’orish vaqtida yeritilgan o’g’itlar bevosita ildiz zonasiga kiritiladi. Ozuqa moddalar tez va jadal so’rilib ketadi. Bu quruq iqlim sharoitida o’g’it berishning eng samarali usulidir. - Mahsulot hosildorligi va sifati yuqoriligi – tomchilatib sug’orishda hosilning yerta pishishi kuzatiladi. Namning O’simliklar ildiz tizimiga aniq tushishi va o’g’itlar o’zlashtirilishining yuksak samaradorligi hisobiga an’anaviy sug’orish bilan solishtirganda hosildorlikning 30-70 foiz oshishi kafolatlanadi. - Ikkilamchi sho’rlanish yo’qligi – tomchilatib sug’orish drenaj qurilishini talab qilmaydi, yer osti suvlari va tuzlar yuqoriga ko’tarilmaydi, tuproq tuzilmasi saqlanib qoladi. Bunday sug’orish O’simliklarni mo’tadil sho’rlangan tuproqda o’stirish, sug’orish uchun kam sho’rlangan suvdan foydalanish imkonini beradi.

Tomchilatib sug’orishda tomizg’ichlar yaqinidagi tuzlar jadal ajralib chiqadi. Tuzlarning chekkada yig’ilishi O’simliklarning rivojlanishiga unchalik katta ta’sir ko’rsatmaydi. Suv bilan ozuqa moddalarni tuproqning tuz ajralib chiqqan qismidan ildiz tizimi singdirib oladi. - Tuproqqa suv singishi turlicha va yuzasi o’ta notekis bo’lgan yer maydonlarini sug’orish imkoniyati – tomchilatib sug’orish tizimi – quvur yoki tasmalar tizimi O’simliklar tubi, ya’ni jo’yaklarda joylashadi. Tomchilatib sug’orish nishab yoki topografiya jihatidan murakkab bo’lgan joylarda maxsus o’yiq joylar yoki tuproqni ko’chirmay turib sug’orish imkonini beradi. Nishab joylarda tomchilatib sug’orishni qo’llash tuproqning qandaydir yemirilishiga sabab bo’lmaydi. Bundan tashqari, oddiy usul bilan sug’orish paytida tuproq cho’kishi, bo’shliq hosil bo’lishi, suv ekinlarni sug’orishga emas, tuproq ostiga chuqur singib ketishi mumkin bo’lgan adir yerlari uchun juda foydali. Qator oralarida bajariladigan ishlar qulayligi – an’anaviy sug’orishda qator oralari suv bilan to’lib qoladi va bu hol texnika va odamlar harakatlanishi uchun qiyinchilik tug’diradi. Tomchilatib sug’orishda ariqlar ho’l bo’lmaydi va bu hol tuproqqa ishlov berish, suv purkash va hosilni istalgan paytda, ekin qachon sug’orilganiga qaramay, yig’ib olish imkonini beradi, chunki qatorlar orasidagi tuproq butun mavsum mobaynida quruqligicha qoladi. - Begona o’tlar miqdori kamligi – suv O’simlikning ildiz tizimiga yetkazib berilayotgani sababli sug’orishning boshqa usullari bilan solishtirganda atrofdagi yerlar sug’orilmaydi. Ildiz tizimi boshqa har qanday sug’orish usuliga qaraganda yaxshiroq rivojlanadi. Ildizlarning asosiy qismi tomizg’ichlar zonasida yig’iladi, ildiz tizimi ko’proq iviydi va ko’plab faol ildiz tukchalari hosil bo’ladi. Suv bilan ozuqa moddalarni iste’mol qilish jadalligi oshadi.

TST o’rnatish bo’yicha sarmoyalar bahosi Namangan viloyatidagi tomchilatib sug’orish tizimi ishlab chiqaruvchisi – «Jamoliddin Sardor Hamkor» fermer xo’jaligi qoshidagi ishlab chiqarish korxonasining tegishli narxlari asosida hisoblab chiqildi. 10 gektar bug’doy maydoniga TST o’rnatish eng qimmat – 91,6 million so’m, o’shancha g’o’za maydoniga o’rnatish esa 88,4 million so’m bo’ladi. Eng arzon va foydalisi 10 gektar bog’ uchun TST hisoblanadi – 50,4 million so’m. Foyda hisob-kitoblari quyidagilar (1 gektar yerga): - Sug’orish vaqti va suv chiqarib beradigan nasos ishi sezilarli darajada qisqarishi natijasida barcha ekinlar bo’yicha elektr quvvati sarfi anchamuncha kamayadi. Natijada tomchilatib sug’orish elektr quvvati xarajatlarini bir mavsumda 1 gektar g’o’za uchun 499 ming so’m, 1 gektar bug’doy uchun 317 ming so’m va 1 gektar bug’doy uchun 320 ming so’m qisqartiradi. - Dizel yonilg’isi va agrotexnika tadbirlari xarajati, ayniqsa, g’o’za uchun kamayadi, chunki g’o’zani o’stirish bug’doy va bog’dorchilik bilan qiyoslaganda ko’p miqdordagi agrotexnika tadbirlaridan iborat bo’ladi. Tomchilatib sug’orish har gektar g’o’za maydoni uchun har yili 100 ming so’mlik dizel yonilg’isi va 85 ming so’mlik agrotexnika tadbirlari xarajatlarini tejash imkonini beradi. –

Ekinlarni sug’orishni tashkil qilishda odatda sug’orishning turli usullaridan foydalaniladi. Odatda bizning sharoitda juyaklab va bostirib sug’orish usullaridan foydalaniladi, juyaklab sug’orilganda suv sarfi bir oz yuqori miqdorni tashkil etadi. Qiyalik joylarda esa juyaklarning yuvilib ketish ehtimoli yuqori bo’ladi. Ijobiy tamoni esa juyaklarda suvlarni boshqarish oson kechadi.

Sug’orishda shuningdek yomg’irlatib, yer ostidan sug’orish usullari ham mavjud bo’lib bu usullarda sug’orilganda suv kuproq tejaladi. Mehnat sarfi kamayadi.

Demak agrosenozlarda sug’orishni to’g’ri tashkil etish tuproqning ekologik jihatdan muhofaza qilishning muhim elementlaridan ekan.


Mustakil ishlash uchun savollar.


  1. Yer yuzida suv miqdorining qancha qismini chuchuk suvlar tashkil etadi?

  2. Xalq xo’jaligining turli sohalarida insoniyat uchun zarur bo’lgan chuchuk suvning miqdori kancha?

  3. Suv resurslarini toza saqlashda qanday tadbirlar ishlab chiqish kerak?

  4. O’zbekistonda yetishtiriladigan ekinlar nima uchun sug’oriladi?

  5. Tuproqdan o’simlikka ildiz orqali suv o’tish mexanizmi nimadan iborat?

  6. O’simliklarning sug’orish me’yori qanday aniqlanadi?

  7. O’simliklarni sug’orish tartibi deganda nima tushuniladi?

  8. Suvni tejashda qanday usullardan foydalangan ma’qul?



Download 80.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling