Сув сарфини мослаштирувчи ва сакловчи иншоотлар


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana06.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1693622
1   2   3   4
Bog'liq
ZmbgK52biVhmyBvmiqTfBsdVwpODJPIkD2vgXsRI

Ftorning bo„lishi
Muxit sifatiga bog‘liq bo‘lib 0.7-1.5 mg\l bo‘lishi kerak Temir birikmasining 
bo‘lishi 0.3 mg\l bo‘lishi kerak 1mg\l ga SES ruxsat bergan dog‘ bo‘lishi 
bilan ko‘rnadi (engil sanoatda materialni sifatini buzadi)
Azot birikmalarining bo„lishi 
Nitral NO5 116 Nitral NO5 Amoniy tuzi NH larning birikmalari Gost 2874-
82 bo‘ycha nitrallar 45 mg\l dan oshmasligi kerak. 


• Gazlarning bo’lishi
Kislorod O 2 nordon uglerodli gazlar bva oltin 
gugirtning HS vodorodli birikmasi karroziyaga olib keladi O2 va SO 2 suv 
sifatiga ta’sir ko‘rsatishi xam lekin korroziya temir metalga ta’sir 
ko‘rsatadi. Oltingugurtning suvdagi brikmalari xid beradi.
• Bakterial bo’lishi 
1 ml suvdagi bakteriya bo‘lishi bilan belgilanadi. Gost 
bo‘ycha 100 ta bakterya 1ml da 100donadan oshmasligi kerak Kasallik 
tarqatuvchi ichak tayoqchalarning 1litr suv dagi soni- koli indeks yoki 1ta 
ichak tayoqchasi bo‘lgan eng kam suv miqdori- koli titr. Gost bo‘ycha 1 
litr suvda 3 ta ichak tayoqchasi ruhsat etiladi. 


Ichimlik suvida shuningdek
0.05mg/l-mishyak 
 1mg/l-mis 
 5mg/l-tsink 
 0.003-ruh
0.5mg/l-alyuminiy 


Hozirgi vaqtda iflos oqava va chiqindi suvlarni tozalashda bir qator 
ulslublardan foydalanilmoqda. Bulardan eng muhimlari mexanik, kimyoviy, 
elektroliz, biologik tozalash uslublaridir. 
1. Mexanik tozalash uslubi. Iflos oqava chiqindi suvlarni mexanik uslub 
bilan tozalashda maxsus inshoat qurilib, suvda erimaydigan moddalar 
ushlab qolinadi. Agar suvdagi aralashmalarning hajmi 5 mm dan katta 
bo'lsa temir panjara yordamida, undan kichik bo'lsa temir to'rlar orqali 
tutib olinadi. Iflos suvlar ustida suzib yuruvchi suyuq moddalarni 
yog'tutg'ich, moytutqich, nefttutqich, smolatutqichlar bilan ushlab 
qolinadi. Shuningdek, iflos suvlar maxsus tindirgichlarda tindirilib, qattiq 
zarrachlar cho'ktiriladi, engillari suv yuzasiga chiqarilib, ushlab qolinadi. 
2. Kimyoviy tozalash uslubida iflos chiqindi suvlarga reagentlar (reaktivlar) 
qo'shib, reaksiyaga kiritib, erigan va erimagan holdagi ifloslantiruvchi 
moddalar cho'qtiriladi yoki zararsizlantiriladi. Iflos suvlarni kimyoviy 
tozalash uslubi orqali suvdagi erimagan moddalarni 95%gacha, erigan 
holdagisini 25% gacha tozalash mumkin. 


3. Elektroliz tozalash uslubida maxsus inshoatda (elektrolizlarda) 
to'plangan iflos chiqindi suvga elektr toki yuboriladi. Natijada iflos 
suvdagi zararli organik moddalar emiriladi, metallar, kislotalar va 
boshqa anorganik moddalar esa suvdan ajratib olinadi. Iflos oqava 
suvlarni elektroliz uslubi bilan tozalash so'nggi vaqtlarda keng 
qo'llanilmoqda. 
4. Biologik tozalash metodi. Ma'lumki, mexanik, kimyoviy va elektroliz 
uslublari bilan iflos suvlarni tozalash birinchi bosqich hisoblanadi. 
Ikkinchi bosqichda esa tozalangan suvlarni biologik tozalashdan 
o'tkazish, so'ngra suv havzalariga tashlashdan iborat. 
Tabiiy sharoitda iflos suvni biologik tozalash alohida ajratilgan erlarni 
sug'orish yo'li bilan amalga oishriladi. Bunda ajratilgan dala sug'oriladi, 
iflos tuproqda filtrlanib, so'ngra toza bo'lib chiqadi. 80 sm qalinlikda 
tuproq iflos suvni etarli darajada tozalash imkoniyatiga ega. 
Iflos suvni sun'iy sharoitda biologik tozalash uchun maxsus biofiltrli 
inshoat – tindirgichlar quriladi. 


Bunda iflos suv usti aerobli mikroorganizmlardan iborat biologik parda bilan 
qoplangan yirik materiallarda o'tkaziladi. Iflos suvni biologik tozalash yo'li 
bilan sanoat, kommunal maishiy chiqindi suvlarni 98%gacha tozalash 
mumkin. 



Zavod va fabrikalarning ifloslangan oqava suvlarini tozalash jarayoni 
bilan tanishib chiqqansiz. Endi Toshkent shahrining kanalizatsiya 
tarmoqlariga tushadigan oqava suvlarning taqdiri to‘g‘risida gapirib 
berish vaqti keldi. 
Toshkent shahrining barcha hududlaridan yig‘iladigan oqava suvlar 
kanalizatsiya quvurlari orqali kanallarga tushishdan avval, aeratsiya 
stansiyalari deb nomlangan maxsus korxonalarga ishlov berish uchun 
yuboriladi.Toshkentda bunday stansiyalardan ikkita: Salor va Bo’zsuv. 
Salor aeratsiya stansiyasi shaharning janubiy qismida, Salor kanali 
Qorasuv kanaliga tushadigan joydajoylashgan. 
Bo'zsuv aeratsiya stansiyasi shahardan janubi-g‘arbda, Qoraqamish va 
Quyi Bo’zsuv kanallari tutashgan nuqtada joylashgan. 
Aeratsiya stansiyalarida oqava suvlar mexanik va biologik usul bilan 
tozalanadi, so‘ngra maxsus filtrlarda yana bir bor tozalanadi. 
Mexanik tozalovchi inshootlar mayda teshikli panjaralar, qum 
tutgichlar va birlamchi tindiruvchilardan iboratdir. Panjaralar oqava 
suvdagi yirik narsalar: latta, qog'oz va axlatlami olib tashlash uchun 
mo'ljallangan. 


Panjaralar - bu katta metal ramkalardir, ularning ichiga qator parallel metal 
o’qlaro'matilgan. 
Panjaradan o‘tgan suv qum tutgichlarga tushadi va undagi og‘ir mineral 
aralashma (qum, tuproq) olib tashlanadi. 
Qum tutgichlardan o‘tib suv mexanik tozalashning so‘nggi bosqichi - 
"birlamchi tindiruvchilarga” tushadi. Ushbu tindiruvchilar silindr shaklidagi 
katta hovuzlardir, ularning markaziga oqava suv yuboriladi. Suv markazdan 
hovuz devorlari tomonga harakatlanganda uning tezligi kamayadi, natijada 
suvdagi erimaydigan aralashmalar cho'kadi. 
Cho‘kkan aralashmalami chiqarib tashlash uchun birlamchi tindiruvchilarda 
maxsus moslamalar - "qum cho’michlar” bor. Cho‘kadigan moddalami olib 
tashlashdan tashqari suv yuziga chiqadigan aralashmalami olib tashlash 
uchun mo`ljallangan moslamalar ham bor. Ular "yog‘ tutgichlar” deb ataladi. 
Mexanik tozalash inshootlaridan o‘tgan oqava suv aerotenkaga tushadi. 


Aerotenkalar - bu maxsus dahlizlarga bo‘lingan to‘rtburchakli 
hovuzlardir, ularda oqava suv va faol qum aralashmasi bo`ladi. Faol qum 
oqava suvdagi zararli moddalami yeydigan ko'plab mikroorganizmlardan 
iborat. Ushbu mikroorganizmlar yashashi uchun kislorod kerak, buning 
uchun aerotenka tubiga havo beruvchi aeratorlar o‘rnatilgan. Oqava 
suvdagi moddalar bilan oziqlangan mikroorganizmlar o‘sadi va ko‘payadi, 
natijada faol qumning hajmi va vazni oshadi. Faol qum suvdan ikkilamchi 
tindirgichlarda ajratiladi, unda faol qum cho‘kadi, tozalangan suv esa 
tindiriladi. 
Ikkilamchi tindirgichlarda suv qolgan moddalardan tozalanadi, 
mikroorganizmlaming o‘sishi va ko‘payishi natijasida tashkil topgan faol 
qumning ortiqcha miqdori maxsus inshootlar - "qum 
zichlagich”largaquritish uchun yuboriladi. 
Oqava suvning so’nggi tozalanishi filtr va baraban to ‘rlarda amalga 
oshiriladi, so'ngra tozalangan suv Bo’zsuv va Salorga oqiziladi. 



Suvni tozalash — suv taʼminoti manbalari (daryolar, koʻllar, suv havzalari, 
suv omborlari va boshqalar)dan vodoprovod tarmogʻiga kelib tushadigan 
suvning sifatini belgilangan meʼyorga keltirish uchun moʻljallangan 
texnologik jarayonlar majmui. Sanoat korxonalari va maishiy korxonalardan 
chiqadigan oqova suvlarni tozalashni ham oʻz ichiga oladi. [[
Suv 
taʼminoti
 va kanalizatsiya tizimidagi, korxonalardagi muxandislik inshootlari 
yordamida hamda biologik va kimyoviy usullarda amalga oshiriladi. 
Oqova suvlar (sanoat korxonalari, maishiy korxonalar va turar joylardan 
chiqadigan iflos suvlar) va yogʻin suvlarni tozalash masalalari tabiatni 
mahofaza qilishning muhim bir qismi hisoblanadi. Oqova suvlar tarkibidagi 
balchiq, kolloid va erigan moddalar tindirgichlarda choʻktiriladi, zararli 
moddalar biologik usullarda zararsizlantiriladi (qarang 
Biologik suzgich

Suvni 
zararsizlantirish
), korxonalardan chiqayotgan suvlar tozalash inshootlarida 
tozalanadi. Suvni tozalashning fizikkimyoviy, termik va boshqa usullari ham 
bor. 


Tabiiy suvlarni sanoatda qoʻllanadigan usullar yordamida mikroorganizmlar, 
tuzlar va gazlardan butkul tozalashning imkoni yoʻq. Shu sababli ularning 
ichimlik suvidagi miqdori belgilangan maʼlum meʼyordan koʻp boʻlmasligi talab 
etiladi. Mas, ichimlik suvining 1 ml dagi mikroorganizmlarning umumiy soni 
100 tadan oshmasligi, ichak tayoqchalari guruhi bakteriyalarining soni 3 
tadan oshmasligi shart. Suvning umumiy qattiqligi 7 mmol/l gacha, quruq 
qoldiq 1000 mg/l gacha, vodorod koʻrsatkichi — r-n 6,0 dan 9,0 gacha 
boʻlishi kerak. Ayrim hollarda ichimlik suvining qattiqligi 10 mmol/l gacha, 
quruq qoldiq 1500 mg/l gacha, temir va marganets ionlarining miqdori 
tegishlicha 1 va 0,5 mg/l gacha boʻlishiga ruxsat etiladi. St. xalqxoʻjaligida va 
aholi sogʻligʻini saqlashda juda muhim tadbir hisoblanadi. 


Oʻzbekiston shahar va tumanlarida suv taʼminoti markazlashtirilgan. 
Aholiga beriladigan ichimlik suvi yuqorida aytilgan usullarda tozalanadi, 
sanitariya koʻrigidan oʻtkazib turiladi. Bu ish bilan shahar va tuman 
sanitariyaepidemiya st-yalari (SES) shugʻullanadi. Yirik sanoat va maishiy 
korxonalarning oqova suvlari mahalliy tozalash inshootlarida tozalab 
chiqariladi (yana q. [[
Suv taʼminoti
). 
Yer yuzasidagi tabiiy suv manbalari (daryolar, koʻllar va boshqalar) suvini 
vodoprovod tarmogʻiga yuborishdan oldin tindiriladi, tiniklashtiriladi va 
zararsizlantiriladi. Tozalash inshootlarida tindirish va tiniklashtirishda suv 
tarkibidagi muallaq va kolloid (mayda) zarralar suv tagiga chukadi, suvga 
maxsus idishlarda alyuminiy sulfat va xlorli temir bilan ishlov beriladi, suv 
shagʻal, qum qavati, baʼzan esa gʻovak sopol filtrdan oʻtkaziladi. Tiniq suvni 
zararsizlantirish (turli mikroorganizm va viruslarni oʻldirish) uchun unga suyuq 
yoki gaz holatdagi xlor, gipoxloritlar — NaCIO, Sa(SYU)2 va xlor qoʻsh oksid 
S1O2, xlorli ohak qoʻshiladi, tindirilgan suv va yer osti suvlarini 
zararsizlantirish maqsadida, shuningdek, ozon va ultrabinafsha nurlar ham 
qoʻllanadi. Bunda simobkvarsli yoki argonsimobli lampalardan foydalaniladi.



. Agar suv qattiq (tarkibida kalsiy va magniy tuzlari umumiy miqdori 
meʼyordagidan yuqori) boʻlsa, yumshatiladi (qarang 
Suvni yumshatish
). Yer 
osti suvlari koʻpincha aeratsiya usulida temirsizlantiriladi (havo kislorodi bilan 
boyitiladi). Suvni kremniysizlantirish (metasilikat kislota H2SiO3 va uning 
tuzlari miqdorini kamaytirish) uchun ohak, natriy alyuminat NaAlO2, baʼzan 
kuydirilgan dolomitdan foydalaniladi. Suv tarkibidagi boshka erigan tuzlarni 
ketkazish uchun u chuchuklashtiriladi (qarang 
Suvni chuchukpashtirish
) yoki 
ionitlardz. tuzsizlantiriladi. Suv tarkibidagi vodorod sulfid, metan, radon, 
karbonat angidrid va boshqa erigan gazlarni ketkazish uchun suv 
degazatsiyalanadi (qarang 
Degazatsiya
). Suv tarkibidagi ortikcha ftorni 
kamaytirish uchun suv faollashtirilgan alyuminiy oksid orqali suzib oʻtkaziladi. 
Agar suv tarkibida radioaktiv moddalar borligi aniklansa, u 
dezaktivatsiyalanadi (qarang 
Dezaktivatsiya
). Agar suvda noxush hid boʻlsa, 
faollashgan kumir, ozon, kaliy permanganat yoki xlor koʻsh oksid bilan 
ishlanadi (qarang 
Sorbsiya
). 



• Nazorat savollar: 
• 1.Tabiiy suvlarning sifat ko‘rsatkichlari qanday?
• 2. Suvning sifatini yaxshilash inshootlarining asosiy vazifalari, ularda 
kechadigan texnologik jarayonlar nimalardan iborat?
• 3. Suv tozalash stantsiyalarining asosiy va yordamchi inshootlari qanday? 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 
1. Maxmudova I.M., Saloxiddinov A.T. Qishloq yaylovlar suv ta’minoti. –
T.: Shinor-ENK, 2013. – 151 b.
2. Maxmudova I.M, Saloxiddinov A.T. Qishloq va yaylovlar suv ta’minoti –
T.: Xorazm, 2002. – 136 b. 
3. Ovodov V.S. Selskoxozyaystvennoe vodosnobjenie i obvodnenie moskva 
1984 g. -480 st. 
4. QMvaQ 2.04.02-97 Suv ta’minoti. Tashqi tarmoq va inshootlar. - Toshkent 
1997 - 137b. 
5. Karambirov N.A. Selkoxozyaystvennoe vodosnabjenie.– Moskva: Kolos, 
1986. – 445b. 


E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!! 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling