Suv ta’minotini mexanizatsiyalash Reja: Suv nasosi va suv ko‘taruvchi inshootlar Suv o‘tkazish tarmoqlari va bosim inshootlari Chorva mollarini sug‘orish uchun avtosug‘orgich va jihozlar


Download 0.9 Mb.
bet4/7
Sana07.03.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1244318
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Suv ta’minotini mexanizatsiyalash

Suv nasosi. Nasoslar deb suyuqliklarni ko‘tarish, haydash va siljitish uchun belgilangan gidravlik mashinalarga aytiladi. Suv ko‘targichlarning nasoslardan farqi shundaki, ular faqat suyuqliklarni ko‘tarish uchun xizmat qiladi.

Nasos va suv ko‘targichlarni harakatga keltirish uchun elektr, shamol va issiqlik dvigatellaridan foydalaniladi.

Ishlash jarayoniga ko‘ra nasoslar quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi:

parrakli, aylanuvchi ish g‘ildirakli;

— hajmiy (siqib chiqaruvchi) nasoslar, bularga porshenli va rotorli (vintli, shesternali va boshqalar) nasoslar kiradi;

— jarayonli nasoslar (ejektorlar), bularda suyuqliklarni uzatish uchun biror boshqa suyuqlik oqimining energiyasidan foydalaniladi.

Suv ko‘targichlarning quyidagi turlari qo‘llaniladi:

— havoli ko‘targichlar (erliftlar, almashtiruvchi pnevmatik nasoslar); bularda suv ko‘tarish uchun siqilgan havodan foydalaniladi;

— gidravlik zarbli ko‘targichlar (gidravlik taranlar); bularda suv gidravlik zarbdan hosil bo‘lgan bosim ostida ko‘tariladi;

— lentali va chilvirli ko‘targichlar, bularda suyuqlikning ko‘tarilishi uzluksiz harakatlanuvchi lenta (chilvir)ning ho‘llanishiga asoslangan;

— inersion (vibratsion) ko‘targichlar.

Markazdan qochma nasoslar. Qishloq xo‘jaligida suv bilan ta’minlash uchun markazdan qochma nasoslar keng qo‘llaniladi. Ular tuzilishi jihatidan sodda, foydalanish jihatidan ishonchli va qulay.

Ish g‘ildiragi (58-rasm) aylanganda suv parraklarga ergashib, g‘ildirak bilan birga aylana boshlaydi va markazdan qochma kuch ta’siri ostida g‘ildirak markazidan uning atrofiga yig‘iladi. Bunda olgan kinetik energiya bosim hosil qilish uchun sarf bo‘ladi. G‘ildirakdan otilib chiqqan suv nasos korpusi 3 ning spiral kanaliga, undan esa haydash truboprovodi 1 ga keladi. G‘ildirak kanallari suvdan bo‘shaganda uning o‘rta qismida va so‘rish truboprovodi 4 da havo siyraklanadi. Natijada atmosfera bosimining ta’siri ostida nasosga manbadan so‘rish quvuri orqali yangi-yangi suv porsiyasi kelib turadi. Shunday qilib, ish g‘ildiragi aylanayotganda manba-


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling