Suv ta’minotini mexanizatsiyalash Reja: Suv nasosi va suv ko‘taruvchi inshootlar Suv o‘tkazish tarmoqlari va bosim inshootlari Chorva mollarini sug‘orish uchun avtosug‘orgich va jihozlar


Download 0.9 Mb.
bet5/7
Sana07.03.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1244318
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Suv ta’minotini mexanizatsiyalash

58-rasm. Markazdan qochma nasos:

a—nasosning elektr dvigatel bilan birgalikdagi umumiy ko‘rinishi; b—nasos sxemasi; 1—haydash quvuri; 2—ishchi g‘ildiragi; 3—korpus; 4—surish quvuri; 5—val.

dan nasosga va u orqali iste’molchilar tomon uzluksiz suyuqlik oqimi hosil bo‘ladi.

Nasosning ishi quyidagi parametrlar: unumdorlik, to‘la bosim, olinadigan quvvat, to‘la F.I.K. va ish g‘ildiragining aylanish soni bilan xarakterlanadi.

Markazdan qochma nasoslarning to‘la foydali ish koeffitsiyenti 0,60—0,92 orasida bo‘ladi, u nasosning texnik hujjatida ko‘rsatiladi.

Nasos ishini xarakterlovchi parametrlar o‘zaro bog‘langan: parametrlardan biri o‘zgarishi bilan boshqasi ham o‘zgaradi. Bosim oshgan sari nasosning unumdorligi kamayadi, bosim kamaysa, unumdorlik oshadi. Nasos oladigan quvvat va F.I.K. nasosning unumdorligi bilan bog‘liq holda o‘zgaradi.

Nasos g‘ildiragining aylanishlari soni o‘zgarmas bo‘lganda bosim, quvvat va F.I.K. bilan unumdorlik o‘rtasidagi bog‘lanishni ko‘rsatuvchi grafik tasviri nasosning ish xarakteristikasi deyiladi. Ish xarakteristikasi nasos ishlab chiqariladigan zavodda bevosita sinash yo‘li bilan hosil qilinadi va nasos pasportida ko‘rsatiladi.

Markazdan qochma nasoslar valining joylashishiga qarab gorizontal va vertikal, ish g‘ildiraklari soniga qarab, bir pog‘onali va ko‘p pog‘onali; ish g‘ildiragiga suv keltirish usuliga qarab, bir tomonlama va ikki tomonlama; hosil qilinadigan bosim kattaligiga qarab, kam bosimli (20 kPa gacha), o‘rta bosimli (600 kPa gacha) va yuqori bosimli (600 kPa dan ortiq) turlarga bo‘linadi.

Bir bosqichli yoki bir g‘ildirakli markazdan qochma nasoslar, bularda ish g‘ildiragiga suv bir tomondan kiradigan konsolli nasoslar va suv ikki tomondan kiradigan bo‘ladi.

Konsolli nasoslarda ish g‘ildiragi val uchiga konsol kabi mahkamlanadi. Uning vali keltirish kanali orqali o‘tmaydi. Shu sababli u eng sodda to‘g‘ri kanal shakliga ega. Ikki tomonlama so‘ruvchi nasoslarda val o‘tkazish kanali orqali o‘tadi, shu sababdan uning shakli murakkablashib yarim spiral ko‘rinishini oladi.


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling