18.08.2022
KO‘RILGANLAR SONI4286
nashr uchun ko‘rinish
Trans-Afg‘on temir yo‘l loyihasi jadal rivojlanmoqda, chunki O‘zbekiston
Pokistonning Karachi, Gvadar va Qosim dengiz portlariga kirishni o'zini ustuvor maqsadi deb hisoblaydi,
bu Toshkentning transport koridorlarni diversifikatsiya qilish va Yevro-Osiyo savdo hajmini oshirishga
qaratilgan tashabbusi doirasida amaqlga oshirilmoqda.
Uzoq davom etgan Rossiya-Ukraina mojarosi tufayli yuzaga kelgan geosiyosiy oʻzgarishlar
va beqarorlik taʼminot yoʻnalishlari boʻyicha global hisob-kitoblarni o'zgartirib yubordi,
ayniqsa Oʻzbekistonda, yaʼni ilgari amalga oshirish mumkin emas deb hisoblangan
infratuzilmaviy loyihalar hozirda olgʻa surilmoqda. Foyda oluvchilardan biri
O'zbekiston tomonidan kuchli sur'atda ilgari surilgan Trans-Afg'on temir yo'li loyihasi bo'lib, u endilikda Toshkentni yirik potentsial eksport bozorlari, jumladan, Xitoy va Yevropa Ittifoqi bilan bog'lashi mumkin.
O‘zbekiston 2011-yildayoq O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasidagi Hayratonni Afg‘oniston shimolidagi Mozori Sharif shahri bilan bog‘laydigan 75 kilometrlik temir yo‘l tarmog‘ini qurgan edi. Biroq, yuqori tariflar va operatsion muammolar tufayli Hayratondan Mozori Sharifgacha boʻlgan qism yetarlicha foydalanilmayapti. Buning oʻrniga Oʻzbekistondan Afgʻonistonga temir yoʻl yuklarining katta qismi hozirda chegara yaqinidagi Termiz yoki Hayratonda avtomobil transportiga yuklanmoqda.
O‘zbekiston tomonidan 2018-yil dekabrida ilk bor taklif qilingan Trans-Afg‘on temir yo‘li loyihasi Afg‘oniston temir yo‘l tarmog‘ini Mozori Sharifdan Qobulga, so‘ngra Nangarhor viloyatiga cho‘zishga qaratilgan bo‘lib, temir yo‘l Torxam chegarasini kesib o‘tib, Peshovar orqali Pokistonga o‘tadi. Pokistonga kelgandan so'ng, yuklar Pokiston temir yo'l tizimiga ulanish uchun tushiriladi va u yerdan Pokistonning Karachi, Gvadar va Qosim dengiz portlariga olib boriladi.
Eron O‘zbekiston dengizga chiqishiga yo‘l ochmoqchi
Do'stlaringiz bilan baham: |