Suv uchun to‘lov


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq


Download 1.19 Mb.
bet2/2
Sana06.05.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1436319
1   2
Bog'liq
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi saqlab qolinmoqda.
Quyidagilarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash joriy etiladi:
tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan noturar joy maqsadidagi ko‘chmas mulk obyektlariga yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga dehqon xo‘jaliklari uchun belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha.
Mazkur norma yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar tomonidan noturar joy binolarida tadbirkorlik faoliyati uchun, shuningdek qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun dehqon xo‘jaliklari va jismoniy shaxslar tomonidan foydalaniladigan suv resurslariga soliq solishning teng sharoitlarini yaratish maqsadida joriy etilgan.
Soliq to‘lovchilarning ushbu toifasi bo‘yicha soliq soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladi.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 22.05.2020 yildagi “Qishloq хoʻjaligida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va suvni yetkazib berish boʻyicha хarajatlarni qoplash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 310-son qaror qabul qilindi.
Hujjat Prezidentning “Qishloq хoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019 yil 17 iyundagi PF-5742-son Farmoni hamda “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019 yil 9 oktyabrdagi PQ-4486-son qarorini amalga oshirish doirasida ishlab chiqilgan.
Hujjatda belgilanishicha, suvni yetkazib berish boʻyicha хarajatlarni qoplash uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari bosqichma-bosqich oshiriladi.
Suv хoʻjaligi vazirligiga 2020 yil 15 iyungacha suvni yetkazib berish boʻyicha хarajatlarni inobatga olgan holda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarining yangi miqdori yuzasidan takliflarni “2021 yil uchun Oʻzbekistan Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini shakllantirish uchun Moliya vazirligiga taqdim etish topshirildi.
Hujjat bilan suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan suv resurlarini boshqarish, hisobga olish hamda iste’mol qilingan suv resurslarining hisobotini yuritish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.
E’tiboringgiz uchun raxmat
Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling