Suv, vodorod oksid, H2O vodorod (11,19%) va kislorod (88,81%)dan iborat eng sodda kimyoviy birikma. Suv rangsiz, hidsiz suyuqlik (qalin qatlamda zangori rangli). Mol m. 18,0160


SANOAT AHAMIYATIGA EGA BO‘LGAN SUVLAR


Download 42.21 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi42.21 Kb.
#1596188
1   2   3
Bog'liq
Termal va sanoat ahamiyatiga ega bo\'lgan suvlar

3.SANOAT AHAMIYATIGA EGA BO‘LGAN SUVLAR
O‘z tarkibida u yoki bu darajada kimyoviy miqdor komponentlari
(yod, brom, oltingugurt, litiy va b.) bo‘lgan va sanoat maqsadlari uchun
ularning tarkibidagi ana shu mikrokomponentlardan ma’lum miqdorda
ajratib olish mumkin bo‘lgan suvlar sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan
mineral suvlar deb ataladi. Shuning uchun ham bunday suvlar har bir
mamlakatning gidromineral xomashyolar manbayi bo‘lib hisoblanadi
va baholanadi. Hozirgi vaqtda mineral suvlardan litiy, volfram, seziy,
mis, nikel, yod, brom, oltingugurt elementlarini va boshqa shifobaxsh
tuzlarni (xlorli, sulfatli, karbonatli) ajratib olish uslublari ishlab chiqilgan
bo‘lib, olingan xomashyo sanoatda va meditsinada keng qo‘llaniladi.
Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan mineral suvlar dunyoning juda ko‘p
mamlakatlarida (AQSH, Avstraliya, Gretsiya, Rossiya, Chexiya va b.)
mavjud.
Dunyoning ba’zi hududlarida yer ostidan otilib chiquvchi buloq suvlari yer ustiga juda katta miqdordagi sanoat ahamiyatidagi mineral tuzlarni va nodir metallarni olib chiqib yotqizishi ham mumkin.
Jumladan, G. B. Bogomolov ma’lumotiga ko‘ra, Chexiyaning KarloviVari rayonidagi yer yuzasiga nisbatan 12 m balandlikka tabiiy bosim ostida otilib chiqayotgan, harorati 72,2°C li, sekundiga 30 m3 sarfga ega bo‘lgan «Vrjidlo» bulog‘idan yer yuzasiga har yili 17 t tuz olib chiqib yotqiziladi. Shu bilan birga uning tarkibida 40 dan ortiq nodir elementlar (seziy, rubidiy, selen, surma, litiy, stronsiy) va radioaktiv komponentlar borligi ham aniqlangan. Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan tuz konlari mavjud hududlarda shu nom bilan ba’zan shaharlar nomlanishi ham bejiz emas. Masalan, Rossiyadagi «Sol-Vechegorsk», «Solikamsk»
shaharlari shular jumlasiga kiradi.
Respublikamizda sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan mineral suvlar
Farg‘ona vodiysida (Sho‘rsuv, Shimoliy Sox, Andijon, Chimiyon vodorod-sulfid suvlari, Chortoq yodli suvlari), G‘arbiy O‘zbekistonning
qator rayonlarida mavjud.
Suvning sanoat ishlab chiqarishidagi roli juda katta. Chunki sanoatning biror tarmog'i yo'qki unda suv ishtirok etmasin. Shu sababli 1 t ip-gazlama ishlab chiqarish uchun 250 m3, 1 t sintetik tola ishlab chiqarish uchun 2500-5000 m3, 1 t nikel eritish uchun 4000 m3 suv sarflanadi.
Insonning xo'jalik faoliyatida suv manbalari arzon energiya vositasi, sug'oriladigan dehqonchilikni rivojlantirish asosi, sanoatni joylashtirishni ko'p jihatdan belgilaydigan muhim omil hisoblanadi. Kishilarning kundalik hayotini suvsiz tasavvur qilib bo'lmaydi
Xulosa
Bugungi kunga qadar sanab o'tilgan barcha hududlar termal suvlarning bashorat qilingan zahiralari to'g'risida etarlicha to'liq va ishonchli ma'lumotlarni olishga muvaffaq bo'lmadi. Bu, asosan, alohida maydonlarni notekis o'rganish va notekis burg'ulash bilan bog'liq. Bir qator hududlar uchun suvli qatlamlarning rezervuar xususiyatlari to'g'risida etarli faktik ma'lumotlar yo'q edi, ular o'xshash geologik va gidrogeologik joylarda joylashgan qo'shni, ko'proq o'rganilgan hududlarga o'xshash suv o'tkazuvchanligi va piezo o'tkazuvchanligining hisoblangan qiymatlarini hisoblash uchun ishlatilgan. sharoitlar. Suv bosimi tizimlarining gidrodinamik parametrlari haqida cheklangan ma'lumotlar bilan sxematik ma'lumotlar ishlatilgan. Bularning barchasi ma'lum bir tarzda hisob-kitoblarning to'liqligi va ishonchliligini aks ettiradi. Suv tabiatda keng tarqalgan bebaho boylik bolib, u tiriklikning asosidir. Binobarin, dastlabki tirik hujayra koatservat tomchilari sifatida suv muhitida paydo bolgan va evolyutsion taraqqiyot jarayonida ulardan suvda yashovchi bir va kop hujayrali organizmlar kelib chiqqan. Yer yuzidagi biror tirik organizm suvsiz yashayolmaydi, chunki undagi toqimalarning asosiy qismini suv tashkil qiladi. Insoniyat oldida turgan kopdan-kop vazifalar orasida suv resurslarini toza saqlash va ulardan oqilona foydalanish alohida orin tutadi.
Suvning tabiatda aylanib turishi nafaqat suv miqdorining barqarorligini ta'minlaydi, balki uning sifatini ham tiklab turadi. Tekshirishlar korsatishcha, tabiatda aylanish jarayonida atmosfera namligi 8-10 kun davomida toliq yangilanadi ya'ni shu davr mobaynida u toliq aylanadi. Bu jarayon daryo suvlarida 12-16 kunni, kol suvlarida 200-300 yilni, okean suvlarida esa 3000 yilni oz ichiga oladi.
Xalq orasidagi «Suv yetti dumalasa halol boladi» degan ibora bejiz aytilmagan. Darhaqiqat oqar suv oz harakati davomida quyosh radiatsiyasi yordamida suv otlari, bakteriyalar va zamburuglar ishtirokida kechadigan gidrobiokimyoviy jarayonlar natijasida oz-ozini ba'zi iflosliklardan tozalaydi. 1 sutkada u yarim tozalanadi, 4 sutka davomida esa toliq tozalanadi. Lekin unga iflos suvlarning kop tashlanishi, tarkibi barqaror zaharlarning aralashishi tozalanish jarayonini susaytiradi va uni hatto toxtatib qoyadi. Shuning uchun ham iflos oqava suvlarni ochiq suv havzalariga iloji boricha tashlamaslik, hech bo`lmaganda tashlashdan oldin ularni maxsus inshootlarida tozalash zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. GIDROGEOLOGIYA VA INJENERLIK GEOLOGIYASI ASOSLAR
2.Gidrogeologiya asoslari
3.Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi
4.www.student.ru
Download 42.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling