Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi sistematikasi kelib chiqishi Dumlilar oyoqsizlar dumsizlarturkumi asosiy oilalari va ularga mansubturlar Suvda va quruqliqda yashovchilar
Qushlarning amaliy ahamiyati Parandalar
Download 48.37 Kb.
|
5 tali mavzu 3-ta listga
Qushlarning amaliy ahamiyati Parandalar
Qushlarning kelib chiqishi to'g 'risida masala u m um an hal qilingan bo'lsa-da, lekin ularning yaqin ajdodlari hozirgacha topilgan etnas. Qushlarning ajdodlari qadimgi kaltakesakchanoqli sudralib yuruvchilar- arxozavrlardan kelib chiqqanligi hech kimda shubha tu g ‘dirmaydi. Qushlar mezozoy erasining uchlamchi va yura davrlarida vujudga kelgan bo'lib, ular qadimgi sudralib yuruvchilarning daraxtlarda hayot ke- chirishga moslashgan psevdozuxiyalar (Pseudosuchia) yoki tekodontlarga (Tecodontia) yaqin turadi. M a ’lumki, psevdozuxiyalardan dinozavr- lar, timsohlar va boshqa sudralib yuruvchilarning vakillari ham kelib chiqqan. Psevdozuxiyalarning ornitozuxiyalar (Ornitosuchus) degan vakillari morfologik jihatdan, ayniqsa qushlarga o'xshab orqa oyoqlari bilan yurgan, dumi uzun bo'lgan, oyoqlari esa oziq tutishga xizmat qilgan. Ular daraxtlarga o'rm alab chiqa olgan, bunda orqa oyoqlariga tayanib, oldingi oyoqlaridagi barmoqlari bilan shoxlarni ushlagan. Keyinchalik ular bir shoxdan ikkiitchi shoxga sakray olgan. Oldingi oyoqlari ustida joylashgan shox tangachalari uzaygan va asta-sekin pat-parlar paydo bo'la boshlagan, chunki og'ir tangacha ularni havoda uchishiga yoki sakrashga halaqit bergan. Pat va parlar bu qushlar uchun nafaqat uchishga yordam beradigan organ, balki termoizolyatsiya vazifasini ham bajaradi, ya'ni qushlarning issiqqonli bo'lishida muhim ahamiyatga ega. Qushlarning hozirgi turlaridan Janubiy Amerikada yashovchi goatsin misolida qush qanotini qanday paydo bo'lganligini tu shunib olish mumkin. Ular, aw alo. daraxtga barmoqli qanoti bilan chiqqan. Dastav- val ularning qanotida va dum ida patlar hosil bo'lib, keyin butun tanasida pat va parlar paydo bo'lgan. Goatsin jo'ja ochuvchi qush bo'lib, uyasini daraxtga ko'yadi. Jo'jalarining tuzilishi daraxtda yashashga moslashgan. oldingi oyog'i — qanotida tirnoqlari bo'lib, daraxtda harakatlanishga imkoniyat tug'diradi. Paleontologik tekshirishlar natijasida ayrim qazilma hayvonlarning iz qoldiqlari topilganki, ularni o'rganish natijasida qushlar bilan sudralib yuruvchilar o'rtasidagi oraliq hayvonlar ekanligi aniqlan gan. Bunday iz qoldiqlari 1861 — 1877- yillarda Germaniyada (Bavariya- da) topilgan, ya’ni yer po'stlog'ining yura qatlamlaridan n o n ia ’lum m av jud odn in g toshga aylangan 5 ta skelet suyaklari, y o n id a esa patlarining izlari topilgan. Shu topilmalar asosida olimlar ularning taxmi- niy qiyofasini tiklaganlar va arxeopteriks (Archaeopteryx lithographica) 374 deb nomlaganlar. Arxeopteriks dastlabki qush demakdir. Arxeopteriks shubhasiz qush b o ‘lgan. U ning hajmi hakkadek bo'lib, gavdasi pat- parlar bilan qoplangan, oldingi oyoqlari o'zgarib qanotga aylangan. Arxeopteriksning kurak suyagi qilichsimon bo'lgan. O 'm rov suyaklari qo'shilib ayri suyak hosil qilgan. Orqa oyoqlari qushlarnikiga o'xshab 4 barmoqli, uchtasi oldinga va bittasi orqaga qaragan. Paining bo'lishi, tana haroratining yuqori bo'lganligidan dalolat beradi (163-rasm). Download 48.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling