Suvda va quruqlikda yashovchilarning ekologiyasi 309-guruh talabasi Lapasova Kumush
Suvda va quruqlikda yashovchilarning iqtisodiy ahamiyati
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
amfibialarning ekologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun rahmat!
Suvda va quruqlikda yashovchilarning iqtisodiy ahamiyati.
Suvda va quruqlikda yashovchilarning hammasi ma’lum darajada ahamiyatga ega. Avvalo, ular juda ko’p zararli umurtqasiz hayvonlarni , chunonchi, mollyuskalar , hasharotlar va ularning lichinkalarini qiradi va dalalarga, o’rmonu bog`larga katta foyda keltiradi. Yerda yashovchi turlarining oziqasi suvda yashovchilariga nisbatan ancha xil-ma-xildir. O’t baqasi o’rtacha bir sutkada 6 ta zararli umurtqasizlarni yeydi. Agar 1 ga maydonda 100 ta baqa yashasa , yez faslida 100 ming zararkunandani yo’q qiladi. Amfibiya ko’pincha yeqimsiz hid va ta’mli umurtqasizlarga qorong`ida va kechasi hujum qiladi va qiradi. Shu sababli bularning faoliyat i qushlarning foydali faoliyatini to’ldiradi. Shu bilan birga aytish mumkinki, amfibiyalarning ahamiyati unchalik katta emas , chunki bularning soni juda kam va ayrim land-shaftlarda faqat ko’payish davrida oshishi mumkin. Bularning ikrala-ri, itbalig`i suvda yashaganligi sababli , ko’pgina ovlanadigan baliq-lar, o’rdaklar, qo’tonlar va boshqa qushlar uchun oziqa hisoblanadi. Amfibiyalar ko’pgina mo’yna byeruvchi hayvonlar yezgi oziq ratsionining asosiy qismini tashkil qiladi. Amfibiyalarning ba’zi turlari (salamandralar, baqalar) ko’pgina mamlakatlarda (Fransiya, Janubi-Sharqiy Osiyo , Amerika va boshqa) ovqat sifatida ishlatiladi. AQSh da maxsus fyermalar bor. Bu fyermalarda buqa baqa boqiladi va bu baqaning keyingi oyog`i ovqatga ishlatiladi, qolgan qismlari qayta ishdanib , mollarga ozuqa sifatida beriladi. Amfibiyalarning biologiya va tibbiyot sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda laboratoriya hayvonlari sifatida ahamiyati nihoyatda kattadir, masalan, baqalar, salamandralar, tritonlar, aksolotllar ko’p ishlatiladi. Ba’zi joylarda amfibiyalar qisman zarar keltiradi. Sun’iy yo’l bilan baliq ko’paytiriladigan joylarda gala-gala bo’lib yuradigan ko’plab yosh baliqlarni ko’l baqasi qiradi. Bularning yana bir yemon xususiyati shundan iboratki , ularning ba’zi bir turlari tulyaremiya kabi xavfli yuqumli kasalliklar mikroblarini saqyaovchi tabiiy rezyervuarlar bo’lishi ham mumkin. Lekin shuni ishonch bilan aytish mumkinki, amfibiyalar tomonidan keltiriladigan zarar ularning foydasiga deyarli sezilmaydi E’tiboringiz uchun rahmat! Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling