Сувдан фойдаланувчилар уюшмаси билан унинг худудидаги сувдан фойдаланувчилар тўғрисидаги сувдан ва ички сув хўжалиги объектлар


Download 234 Kb.
bet5/6
Sana03.02.2023
Hajmi234 Kb.
#1149151
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
каткалъа хосили

VI.FORS-MAJOR
6.1. Zilzila, qurg‘oqchilik, suv tanqisligi, suv toshqini, yong‘in va boshqa tabiiy ofatlar natijasida yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari (fors-major) munosabati bilan ularning irodasi va xohishiga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bo‘yicha o‘z zimmalariga olgan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi uchun bir taraf boshqa taraf oldida javob bermaydi.
6.2. Yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari (fors-major) yuz berganda, taraflar tuman (shahar)lar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari
(fors-major)ni tasdiqlash bo‘yicha komissiyaga murojaat qiladilar.
Komissiya mazkur masalani ko‘rib chiqishda vakolatli davlat organlarining ma’lumotlari va axboroti asosida yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari (fors-major) oqibatida shartnomalar bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun “Iste’molchi” yoki “TIB”ni javobgarlikdan ozod qilish yuzasidan xulosa berishi mumkin. Fors-major holatlarini aniqlashda shartnoma taraflari qatnashishi kerak.
VII. NIZOLARNI HAL ETISН TARTIBI
7.1. Mazkur shartnoma bo‘yicha kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda, taraflar qoidaga ko‘ra, mustaqil ravishda talabnoma kiritadi yoki tuman (shahar)lar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari (fors-major)ni tasdiqlash bo‘yicha komissiya ishtirokida ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radilar.
Taraflar o‘zaro kelisha olmagan taqdirda, kelishmovchilik va nizolar sud tartibida
hal qilinadi.
VIII. YAKUNIY QOIDALAR
8.1. Mazkur shartnoma taraflar tomonidan imzolangandan so‘ng, “TIB” tomonidan 3 (uch) ish kuni mobaynida tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etiladi.
Shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng, “TIB” shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab ikki kun muddatda “Iste’molchi”ga ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomaning bir nusxasini imzolangan holda berilishini ta’minlaydi.
8.2. Shartnoma 2022- yil 1- oktyabrdan 2023- yil 30 - sentyabrgacha amal qiladi.
8.3. Ushbu shartnomaning ilovalari uning ajralmas qismi hisoblanib, shartnomaga
har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar taraflar o‘rtasida tuziladigan qo‘shimcha kelishuvga asosan kiritiladi.
Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomaga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar shartnoma bilan rasmiylashtiriladi va ular tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bajariladi.
8.4. Mazkur shartnoma taraflarning kelishuviga asosan yoki bir taraf shartnoma shartlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda ikkinchi tarafning talabi bo‘yicha sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
8.5. Ushbu shartnoma3 nusxada taraflardan har biri va tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi uchun bir nusxadan tuzildi. Shartnomaning barcha nusxalari bir xil yuridik kuchga ega.

Download 234 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling