29«12»2022 yil. 677-12-177-IB/2022-son
SUV ISTE’MOLI TO‘G‘RISIDA SHARTNOMA
|
|
Shovot tumani. Maxtumquli h.
|
Ushbu shartnoma Shovot tuman Irrigatsiya bo‘limi maxsus suv xizmati (keyingi o‘rinlarda
– “TIB”) nomidan nizomi asosida ish yurituvchi rahbari Duschonov Umid
bir tomondan, " DILDORA GULSHANOY AZIZBEK " f/x nomidan nizom asosida ish yurituvchi rahbari Palvonov Ravshon ikkinchi tomondan quyidagilar to‘g‘risida mazkur shartnomani tuzdilar.
I. SHARTNOMA PREDMETI
1.1 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 aprelda “Suvdan foydalanish va suv iste’molida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 174-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martda “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv iste’molchilari orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–145-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil
19 aprelda “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 196-sonli qarorlari talablariga qat’iy rioya qiladilar.
1.2. “TIB” mazkur shartnomaning 1- va 2-ilovalarida belgilangan miqdor va muddatlarda suvni “Iste’molchi”ga yetkazib berishni va suv xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatishni, “Iste’molchi” esa mazkur shartnomaning 3- va 4-ilovalarida ko‘rsatilgan miqdorda va belgilangan muddatlarda “TIB”ga ko‘rsatilgan xizmatlariga to‘lovlarini amalga oshirish va ushbu shartnoma shartlariga rioya etish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
1.3. “TIB” tomonidan “Iste’molchi”ga yetkazib beriladigan suvning miqdori, manbasi va muddatlari mazkur shartnomaning 1- va 2-ilovalarida keltiriladi. Bunda mazkur ilovalar quyidagi davrlar uchun tuziladi:
1-ilova 2022-2023 yilning kuzgi-qishki davri uchun;
2-ilova 2023- yilning sug‘orish davri uchun.
1.4. “Iste’molchi” tomonidan “TIB”ga amalga oshiriladigan ko‘rsatilgan suv xo‘jaligi xizmatlari uchun to‘lovlari miqdori va muddatlari mazkur shartnomaning 3 va 4-ilovalarida keltiriladi. Bunda mazkur ilovalar quyidagi davrlar uchun tuziladi:
3-ilova 2022- yilning 4-choragi uchun;
4-ilova 2023- yilning 1-3-choraklari uchun.
1.5. “Iste’molchi”ga suv beriladigan joylar suvni boshqarish (darvoza) va uni o‘lchash (gidropost) vositalari bilan jihozlangan, ular esa ta’mirlangan, pasportlari o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan, kimning tasarrufida bo‘lsa shu suv xo‘jaligi tashkiloti tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda gidropostlar shahodatlangan bo‘lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |