Yo’l iqlim grafigi Aeroport
Download 69.14 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Havo aloqalari
- Yangiqoʻrgʻon tumani
Yo’l iqlim grafigi Aeroport (aero... va port) – yoʻlovchilar, kj, pochtani havo transporta vositalarida muntazam tashishni ta’minlovchi binolar, inshootlar (aerodrom bilan birga) va jihozlar majmui. Xalqaro va mahalliy A.ga boʻlinadi. A. tarkibiga aerovokzal, pochta boʻlimlari, yuk ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalash jihozlari boʻlgan ombor, ustaxonalar, angar, moddiy-texnika jihozlari, yonilgʻi quyish vositalari va boshqa saqlanadigan omborlar kiradi. A. radiolokatorlar, avtomatik radiotexnika vositalari, yorugʻlik signali tizimlari, navigatsiya qurilmalari va boshqa bilan jihozlangan boʻladi Respublikamizdagi samalyot sanoati yildan-yilga o‘sishi, samalyotlarni yuk ko‘tarish qobilyatini va tashilayotgan odamlar hajmini ortishi, harakat jadalligi va tezlikni ortishi aerodromlarining iste’mol talablarini ortishiga olib kelmoqda. Havo aloqalari – havo kema (HK) larining havo hududida uchishi-qo‘nishi, havo trassalari, mahalliy havo aerodromlari va tayinlangan yo‘nalishlarda bajariladi. Havo trassasi, mahalliy havo Aerodromlari va yo‘nalishlarining eni, yo‘nalishi, hamda uchishlar balandligi, uchish xavfsizligi talablari va tegishli tashkilotlarning manfaatlari asosida belgilanadi. Havo trassalari va mahalliy havo aerodromlari havo kemalarining xavfsiz uchishlarini ta'minlaydigan radionavigatsiya va boshqa vositalar bilan jihozlanadi. Ularda aviatsiya iqlimiy bayonlar bo‘lib, uchish uchun zarur bo‘lgan fizik-geografik va iqlimga oid ma'lumotlar beriladi. Yangiqoʻrgʻon tumani — Namangan viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Gʻarbdan Kosonsoy, janubdan Namangan va Uychi tumanlari, shimoliy gʻarb, shimoliy va sharqda Qirgʻiziston Respublikasi, Chortoq tumani bilan chegaradosh. Maydon 0,54 ming km². Aholisi 166,7 ming kishidan ziyod (2005). Tumanda 1 shaharcha (Yangiqoʻrgʻon), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Bekobod, Birlashgan, Zarbdor, Zarkent, Istiqlol, Navkent, Navroʻzobod, Nanay, Paromon, Sharq Yulduzi, Qorapolvon) bor. Markazi — Yangiqoʻrgʻon shaharchasi. Tabiati. Tuman hududi Chatqol tizmasining janubiy etaklarida joylashgan. Yer yuzasi tekislik va adirlardan iborat. Balandligi janubiy dan shimoliga 300 m dan, oʻrta qismida 1500 m gacha, shimolida 1500 — 2000 m. Foydali qazilmalardan neft, mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan qurilish materiallaridan shagʻal, ohaktosh, gil tuproqlar bor. Iqlimi kontinental: yozi issiq va quruq, qishi sovuq. Oʻrtacha temperatura yanvar da — 1° dan —4" gacha, iyulda 25° — 26". Eng past temperatura qishda —29°, eng yuqori temperatura yozda 40°. Yillik yogʻin 300 — 400 mm. Vegetatsiya davri 175 kun. Togʻlardan kattakichik soylar oqib tushadi. Ularning baʼzilari yozda qurib qoladi. Eng yirik soylari: Chortoqsoy, Namangansoy (yuqori qismda Pochchaotasoy), Quruqsoy (Changach). Soylardan bahorda baʼzan kuchli sel keladi va xoʻjaliklarga katta zarar yetkazadi. Ayrim joylarda selxonalar qurilgan. Soylar suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Tuprogʻi, asosan, tipik boʻz tuproq, eng shimoliy chekkasida qisman toʻq tusli boʻz tuproq. Shimoliy sharqiy qismida qumlichaqir yerlar bor. Yangiqoʻrgʻon tumani ga yaroqli yerlar oʻzlashtirilgan. Tabiiy oʻsimliklar, asosan, adirlarda saqlangan. Efemer oʻtlar va butalar oʻsadi. Adir oʻsimliklarini oʻrganish va ularni boyitish boʻyicha Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika institutining tajriba uchastkasi faoliyat koʻrsatadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, yumronqoziq, toshbaqa, turli xil ilonlar, kaltakesaklar; qushlardan kaklik, ular va boshqalar yashaydi. Suvlarida har xil baliqlar bor. Aholisi, asosan, oʻzbeklar; shuningdek, tojik, qirgʻiz, tatar, rus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 309 kishi. Shahar aholisi 16,1 ming kishi, qishloq aholisi 150,6 ming kishiga yaqin. Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi, asosan, qishloq xoʻjaligi ga ixtisoslashgan. Sanoat korxonalaridan paxta tozalash, gʻisht, vino zavodlari, tiquvtrikotaj fabrikasi, atlas toʻqish sexlari, qurilish tashkilotlari, MTP, avtokorxona, non kombinati, dehqon bozori, savdo, madanits va maishiy xizmat qoʻrsatish shoxobchalari bor. 300 ga yaqin yirik, oʻrta biznes, kichik korxonalar, mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. 3 qoʻshma korxona mavjud. Q. xning yetakchi tarmogʻi — paxtachilik. Sabzavotchilik, gʻallakorlik va chorvachilik, meva yetishtirish ham rivojlangan. 628 fermer, 12 shirkat xoʻjaligi ishlab turibdi. Ekin maydonlariga paxta, bugʻdoy, makkajoʻxori, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari ekiladi. Mevazor va tokzorlar bor. 60 umumiy taʼlim maktabi, bolalar musiqa va sport maktablari, 2 litseyinternat, kasb-hunar kollejlari mavjud. Tuman markaziy kutubxonasi, 17 klub muassasalari, madaniyat uylari, sport majmuasi ishlab turibdi. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixona, 2 feldsherakusherlik punkti, 19 qishloq vrachlik punkti va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Tuman hududidan respublika ahamiyatidagi Chortoq — Nanay avtomobil trakti oʻtgan. Download 69.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling