Suvli issiqlik ta’minoti Bug‘li issiqlik ta’minoti tizimlari


Bug‘li issiqlik ta’minoti tizimlari


Download 1.4 Mb.
bet2/4
Sana04.04.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1327246
1   2   3   4
Bog'liq
22.Mavzu

2. Bug‘li issiqlik ta’minoti tizimlari
Issiqlik ta’minotida bug‘li tizimlar bir quvurli va ko‘p quvurli, yuqori va kichik bosimli, kondensatning qaytishi va qaytmasligi bilan bo‘ladi. Isitish asboblari bug‘ quvurlariga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan chizmalar bilan ulanadi. Issiq suv tizimidagi uskunalar bog‘liq bo‘lmagan chizma, ya’ni aralashuvchi isitgichlar yordamida ulanadi.
Kondensat qaytishi bilan bo‘lgan tizimlar turar joy, jamoat binolari va ishlab chiqarish korxonalari uchun xizmat qiladi. Bug‘ bilan isitish tizimida, bug‘ning sarfini sozlash krani orqali sozlanadi. Ventilyasiya, issiq suv ta’minoti va texnologik apparatlar uchun bug‘ sarfi avtomatik regulyatorlar, haroratlar regulyatori va sarf regulyatori (HR va SR) yordamida sozlanadi. Isitish tizimi va issiq suv ta’minoti tizimidan keyin kondensat ajratuvchi, kondensat yig‘uvchi va kondensat nasoslar binolarga kirish joyida qo‘yiladi.

II.-rasm. Kondensat qaytuvchi bir quvurli bug‘ tizimining chizmasi
Ulanish chizmalari: a) isitish tizimini bog‘liq chizmasi bo‘yicha; b) isitish tizimini bog‘liq bo‘lmagan chizmasi bo‘yicha; v) issiq suv ta’minoti bo‘yicha; g) texnologik uskunalar uchun; 1bug‘ quvuri; 2-kondensat quvuri; RK-rostlash krani; KO-kondensat ajratkich; KS-kondensat to‘plagich; II-isitgich; A-akkumulyator; R-kengayish idishi; TA-texnologik apparat.
Ventilyasiya va texnologik agregatlarda kondensat ajratuvchilar xar bir uskunalardan yoki bir guruh uskunalardan keyin o‘rnatiladi. Kondensat bir umumiy quvur bo‘yicha qaytadi va uning diametri, uzatish quvurining diametriga nisbatan 3-5 marta kichik bo‘ladi.
Issiqlik stansiyaga qaytayotgan kondensatning bosimi etarli bo‘lsa, kondensat yig‘uvchilardan kondensatni nasoslar yordamida haydaladi. Bunday kondensat quvurlarni bosimli deb ataladi.

III.-rasm. Kondensat qaytmaydigan bir quvurli bug‘ tizimning chizmasi.
Ulanish chizmalari:a-isitish va issiq suv ta’minoti; b-bug‘li isitish va issiq suv ta’minoti; Rkengatirgich; A-akkumulyator; SP-oqimli isitgich; VV-vodoprovod suvi
Issiq suvni dush xonalari uchun tez tayyorlashda, bug‘ni sovuq suv bilan aralashtirgan holda akkumulyatordan, oqimli isitgichlardan va ijektorlardan foydalaniladi.
Bug‘li tizimlar ta’minotida quvurlar soni korxona ish xarakteri, vazifasi va ishlab chiqarish quvvatiga bog‘liq bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qaytadan ishlash, yog‘ochlarni quritish, korxonalarda va mavsumiy issiqlik yuklamalarini sezarli darajada o‘zgarishi bo‘lgan joylarda ko‘p quvurli bug‘ quvurlarini ishlatish mumkin. Bunda bitta bug‘ quvuri o‘rtacha bug‘ sarfi uchun hisoblanadi, qolgan quvurlar zahira quvurlar bo‘lib, korxona uchun qo‘shimcha minimal bug‘ yuklanmalarini yuborishda ishlatiladi.
Kondensatni qaytishi issiqlik ta’minotining doimo mavjudligi tarmoqning iqtisodiyotiga katta ta’sir qiladi. Agar shu kondensatning qaytishi to‘xtab qolsa, issiqlik manbaidan kelayotgan issiqlikni ozayishiga sabab bo‘ladi. Qaytayotgan kondensatda xar xil mexaniq aralashmalar bo‘lmasligi kerak. Kondensatlarning yig‘ilishi va qaytishi ochiq va yopiq chizmalar bo‘yicha bo‘ladi. Ochiq chizmalarda kondensatni iste’molchilardan kondensatni ajratuvchi uskunasidagi ortiqcha bosim hisobiga yig‘iladi, shu kondensat yig‘ish punktiga keladi va atmosfera bilan bog‘liq bo‘lgan bakda yig‘iladi. Yig‘ish punktiga kondensat umumiy kondensat quvuri yoki xar xil iste’molchidan alohida kelayotgan quvurlar orqali keladi.
Kondensatni yopiq chizmalarda yig‘ishda, iste’molchilardan bakkacha va ulardan issiqlik manbaigacha bo‘lgan hamma uchastkalarida ortiqcha bosim ta’sirida bo‘lishi va bosim 0,005 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling