Suvli issiqlik ta’minoti Bug‘li issiqlik ta’minoti tizimlari


II.5. Issiqlik tarmoqlarining yotqizilish sxemalari


Download 1.4 Mb.
bet3/4
Sana04.04.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1327246
1   2   3   4
Bog'liq
22.Mavzu

II.5. Issiqlik tarmoqlarining yotqizilish sxemalari
Manbadan istemolchilarga issiqlik uzatish sxemalari issiqlik tashuvchining turi, issiqlik manbasining va istemolchilarning o‘zaro joylashuvi xamda issiqlik yuklamalari o‘zgarishining xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Issiqlik tarmoqlarini loyihalashda manbalarining issiqlik quvvati va xududning kelajakdagi kengayish holati katta axamiyatga ega. Tanlangan issiqlik tarmog‘ining sxemasi kam xarajatli bo‘lganligi bilan bir qatorda uzoq muddat xizmat qilishi va foydalanishga tayyorligi talablariga javob beradigan bo‘lishi kerak.
Bug‘li issiqlik tarmoqlari asosan sanoat korxonalarining katta bo‘lmagan maydonlarida loyixalanadi. Agarda issiqlik tarmoqlaridagi avariyalarni bartaraf etishda issiqlik ta’minotining qisqa muddatga uzilishi texnologik jarayonlarga ta’sir etmasa, ushbu korxonalarning maydonlarida bir quvurli tarmoqlangan (radial) bug‘li

IV.-rasm. Tarmoqlangan (radial) issiqlik tarmoqlari:


1. magistral quvurlar; 2.tutashtiruvchi quvurlar.
Tarmoqlangan issiqlik tarmoqlarida issiqlik manbaidan iste’molchiga borguniga qadar quvur diametri kichiklashib boradi. Bunday issiqlik tarmoqlari juda foydalanishda sodda va arzon xisoblanadi. Lekin bosh quvurda avariya yuz bersa, qolgan uchastkalarda issiq ta’minoti uziladi. Ushbu issiqlik tarmoqlarini ta’mirlash biroz noqulay, sababi uzilgan uchastkadan keyin turgan barcha iste’molchi to‘xtatib qo‘yiladi.
Bunday holatlarda ko‘pincha qo‘shimcha bug‘li quvurlar qo‘llaniladi, ya’ni bitta bug‘li quvur o‘rniga har biri o‘tkazish darajasi 50% bo‘lgan ikkita bug‘li quvur yotqiziladi. Oddiy hisob-kitoblar natijasida ko‘rinib turibdiki, qo‘shimcha bug‘li tarmoqlarida metall sarfi va tarmoq narxi 56% oshadi.
Agarda texnologik maqsadlar uchun issiqlik uzatishni to‘xtatishning iloji bo‘lmasa, u hollarda avariya uchastkasini issiqlik bilan ta’minlashda radialhalqasimon tarmoqdan foydalaniladi, ushbu tarmoq tarmoqlangan (radial) tarmoqdan magistral quvurlar orasidagi tutashtiruvchi quvurlari mavjudligi bilan ajralib turadi.
Suvli issiqlik tarmoqlari ko‘p sonli shohlangan tarmoqlari va katta maydonlarga uzatiladigan issiqlik yuklamalari bilan ajralib turadi.
Suvli tarmoqlangan(radial) issiqlik tarmoqlarida avariyani bartaraf etish uchun ajratilgan vaqt 24 soatgacha bo‘lganda diametri 700 mm.gacha bo‘lgan magistral quvurlarning yotqizilishi ruxsat etiladi.


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling