Suvni tozalash


Download 45.45 Kb.
bet5/5
Sana13.02.2023
Hajmi45.45 Kb.
#1194207
1   2   3   4   5
Bog'liq
8 talik mavzu biotexnologiya

Mikroorganizmlar yoki Mikroblar (grekchamikros — kichik, bios — hayot) — asosan, bir hujayrali mikroskopik tirik mavjudotlarning katta guruhi. M.ga bakteriyalaraktinometsitlar, achitqilar, viruslar, mogʻor zamburugʻlari, mikroskopik suvoʻtlar va boshqa kiradi. M. prokariotlar (hujayrasida yadro va xromosoma apparati yoʻq organizmlar) va eukariotlar (hujayrasida sitoplazma va membrana bilan ajratilgan yadrosi bor bir yoki koʻp hujayrali organizmlar)ga boʻlinadi. M. tabiat (tuproq, suv, oʻsimlik qoldiqlari va boshqalar)da keng tarqalgan. 1 g tuproq yoki suv osti gruntida 2—3 mlrd.gacha M. boʻladi. M.ning oʻlchami turlicha boʻlib, ular mikronning oʻndan bir qismidan bir necha mikrongacha. M.ning fiziologik-morfologik xususiyatlari va hayot sikli har xil. Koʻpgina M. bir hujayrali, baʼzilari, mas., mogʻor zamburuglari koʻp hujayrali iplar (mitseliy)ga ega. M., odatda, xlorofillsiz, ammo baʼzilarida bakterioxlorofill va xlorofill bor. Koʻpchiligi boʻlinib, baʼzilari kurtaklanib, shuningdek, konidiya va sporalar hosil qilib koʻpayadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi M. ham mavjud. M. tashqi muhitning har xil omillari taʼsiriga juda chidamli. M. tabiatda moddalar aylanishida katta rol oʻynaydi. M. oʻsimlik va hayvon qoldiqlarini parchalab, yashil oʻsimliklar oʻzlashtirishi mumkin boʻlgan mineral birikmalar (mas., karbonat angidrid gazi, ammiak va boshqalar)ga aylantiradi. Azot toʻplovchi M. va tuganak bakteriyalari molekulyar azotni yigʻish xususiyatiga ega. M. fosfor, azot, uglerod, oltingugurt, temir va boshqalarning tabiatda aylanishida ishtirok etadi. Bundan tashqari, tuproqda koʻpayib, soʻng nobud boʻlib, uni organik moddalarga boyitadi. M. hayot faoliyati natijasida tuproq unumdorligi ortadi.

Fermentlar ya’ni enzimlar deb atalgan murakkab organik katalizatorlar turli-tuman moddalar almashinuvidan sodir bo’ladigan bioximiyaviy jarayonlarni jadallashtiradi. Tirik organizmlar tarkibida fermentlar borligini birinchi bo’lib rus olimi G. N. Kirxgof (1814) anikdagan. U arpa maysasidan ajratib olingan modda ta’sirida kraxmal parchalanganligini kuzatib, uni a m i l a z a deb atagan.


Peyen ham (1833) arpa maysasidan kraxmalni shakargacha parchalaydigan modda ajratib olib, uni emirilish ma’nosidad i a s t a z a deb atagan. SHvan (1836) oshkozon shirasidan ajratib olingan fermentga p e p s i n, A. YA. Danilevskiy (1862), oshqozon osti bezidan ajratilgan suyuqlikka t r i p s i n deb nom bergan.
I. P. Pavlov (1877) fermentlar oksil tabiatli birikmalardir degan edi. Uning aytishicha, «... ular ximiyaviy jarayonlarni idora kilishi natijasida hayot paydo buladi, ya’ni ular to’la ma’noda xayotni kuzratuvchilar xisoblanadi». Tirik mavjudotlar xayotida fermentlar naqadar muxim funksiya bajarganligini I. P. Pavlov so’zlari to‘liq tasdiqlaydi. Fermentlar maxsus birikmalar ekanligini R. Vilshtetter (1928) tasdiqlagan. Fermentlar oqsil tabiatli birikmalar ekanligini D. Samner (1926) soya o’simligi hakidan mochevinani parchalaydigan, kristall shaklidagi ureza fermentini ajratib olgan. Ayni vaqtda yuzdan ortiq ferment kristall shaklida ekanligi aniqlandi.
Fermentlar ya’ni organik katalizatorlar, maydalangan temir, platina, nikel, palladiy kabi anorganik katalizatorlardan tubandagi belgilari bilan farq qiladi:

  1. Har bir ferment o‘ziga xos xususiyatga ega bulib, ma’lum bir moddaga ta’sir etadi va uning bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tishini jadallashtiradi.

Saxaraza, maltaza va laktaza fermentlari ham absolyut o‘ziga xos fermentlar hisoblanadi. Lipaza fermenta esa faqat efir borlarini uzishda ishtirok etadi. Ba’zi fermentlar. jumladan, peroksidaza bir necha xil peroksidlarning, shu jumladan, vodorod peroksidning parchalanishini ham jadallashtiradi.

  1. Fermentlar anorganik katalizatorlarga nisbatan juda aktiv bo‘lishi bilan birga ularning ishlashi uchun yuqori temperatura talab qilinmaydi. Ko‘pchilik fermentlar aktiv ishlashi uchun temperatura 35—38°S oraligida bo‘lishi kerak.

  2. Fermentlarning mikdori kam bo‘lishiga qaramay, ular ishtirokida parchalanadigan moddalarning miqdori ancha ko‘p bo‘ladi. Masalan, 1 g saxaraza fermenta 48 soatda 1 t shakarni fruktoza va glyukozaga parchalaydi. O‘zida 1 atom temir saqlagan katalaza fermenti 1 minutda 5 000 000 molekula vodorod peroksidni suv va kislorodga parchalaydi:

Oshqozonda ishlab chitsariladigan pepsin fermentining 2 grami 2 soat davomida 100 kg pishirilgan tuxum oqsilini parchalasa, oshkozon osti bezi ishtirokida ishlab chiqarilgan 1,6 g amilaza fermenti 1 kecha-kunduzda 175 kg kraxmalni parchalaydi.

  1. Xujayra ichidagi fermentlar miqdori va turi juda ko‘p. SHunga qaramay, ular bir-biri bilan qat’iy munosabatda bo‘ lib, har qaysi ferment o‘ziga xos funksiya bajarishn bilan birga bir ferment ikkinchi ferment uchun zarur substrat — mahsulot tayyorlab beradi. Masalan, amilaza fermenti krax malni maltozagacha parchalab, maltaza fermenti uchun za rur bo‘lgan maltoza disaxaridni etkazib turadi. Maltaza fermenti maltozani ikki molekula glyukozaga parchalaydi. Glyukozani pirouzum kislotagacha o‘zgarib borishida 11 xil ferment ishtirok etadi.

YUqorida aytganlardan ma’lumki, hujayra ichidagi bioximiyaviy jarayonlar izchillik bilan davom etar ekan.

  1. fermentlar anorganik katalizatorlarga nisbatan juda murakkab tuzilgan. Masalan, oksil polipeptidlarni parchalovchi xemotripsin 246 dona aminokislota molekulalaridan tashkil topgan. Anorganik katalizatorlar katalizlanuvchi (parchalanuvchi) moddaga tez va bir vaqtda ta’sir etib, uni oddiy moddalarga aylantirsa, fermentlar organik moddalarga ma’lum bir tartibda va izchillik bilan ta’sir etib, ularning parchalanishini jadallashtiradi.

Oddiy ximiyaviy reaksiyani tezlashtirishda temperatura, bosim va anorganik katalizatorlar qo‘llaniladi. Bunday reaksiyalarda A moddasi B moddasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shilib, reaksiya quyidagicha bo‘ladi:
A + B anorganik -AB.
Tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan bioximiyaviy jarayonlar maxsus biologik katalizatorlar — fermentlar aktivligida yuzaga keladi.
Download 45.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling