Suvning molekulяr fizikasi mavzuning maqsadi talabalarga Er sharida suvning taqsimlanishi, suvning agregat holatlarining


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/45
Sana18.09.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1680631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
GIDROFIZIKA VA SUV BALANSI TADQIQOTLARI ozgergen

Sinov savollari:  
1. 
Suv molekulasining tuzilishi qanday?  
2. 
Suv molekulasining to‘liq kinetik energiyasi qanday qismlardan iborat?  
3. 
Tabiatda kislorod izotoplari qancha va uning tuzilishi qanday?  
4. 
Tabiatda vodorod izotoplari qancha va ular qanday ataladi?  
5. 
Sayyoramizda suv zahiralarining taqsimlanishi qanday?  
6. 
Tabiatda suv nechta holatda uchraydi?  
7. 
Dinamik muvozanat nima?  
8. 
Sublimatsiya nima?  
9. 
Gibbs qoidasi nimani ifodalaydi?  
  
1.3. SUV VA MODDALAR MOLEKULYAR KINETIK NAZARIYASI
Ushbu mavzuda moddalar molekulyar kinetik nazariyasining rivojlanish tarixi, ahamiyati va bu nazariyaga 
asoslanib qanday masalalarni echish mumkinligi ko‘rsatilgan.  
Molekulyar fizika- bu fizikaning molekulyar kinetik nazariya tasavvurlariga asoslanib, moddalarning tuzilishini va xossalarini 
o‘rganuvchi qismidir. Bu tasavvurlarga binoan, qattiq, suyuq yoki gaz holatidagi har qanday jism juda mayda alohida zarrachalar-
molekulalardan iborat. Har qanday moddaning molekulalari aniq bir yo‘nalishga ega bo‘lmagan tartibsiz harakatda bo‘ladi. Bu harakatning 
intensivligi moddaning temperaturasiga bog‘liq.
Molekulalar xaotik harakat qilishining bevosita dalili-broun harakatidir. Bu hodisa shundan iboratki, suyuqlik ichida muallaq holatda 
yurgan juda mayda (faqat mikroskopda ko‘rinadigan) zarralar to‘xtovsiz, betartib harakat qilib turadi; bu harakat tashqi sabablarga bog‘liq 
bo‘lmay, modda ichidagi harakatning namoyon bo‘lishidan iborat ekan. Broun zarralari molekulalarning tartibsiz turtkilari ta’siri ostida harakat 
qiladi.
Molekulyar-kinetik nazariyaning maqsadi jismlarning bevosta tajribada kuzatiladigan xossalarini (bosim, temperatura va hokazolarni) 
molekulalar ta’sirining umumiy natijasi sifatida talqin qilishdan iborat. Bunda bu nazariya ayrim molekulalar 
14
O;
1
N. 
2
N ning harakati bilan 
emas, balki zarralarning juda katta to‘plami harakatini xarakterlaydigan o‘rtacha miqdorlar bilangina ish ko‘rib, statistik usuldan foydalanadi. 
SHuning uchun molekulyar-kinetik nazariya «statistik fizika» deb ham yuritiladi.
Jismlarning har xil xossalari va modda holatining o‘zgarishlarini termodiniamika ham o‘rganadi. Lekin molekulyar-kinetik 
nazariyadan farqli ravishda termodinamika jismlarning va tabiat hodisalarining makroskopik xossalarini ularning mikroskopik manzarasiga 
e’tibor qilmay o‘rganadi. Termodinamika molekula va atom tushunchalaridan foydalanmay turib va jarayonlarni mikroskopik nuqtai nazardan 
tekshirmay turib ham bu jarayonlarning borishi to‘g‘risida qator xulosalar chiqarishga imkon beradi.
Termodinamikada juda ko‘p sondagi tajribalardan olingan faktlarni umumlashtirish orqali topilgan bir nechta qonunlar termodinamika 
asoslari deb nom olingan.
Shuning uchun ham termodinamika xulosalari juda umumiy xarakterga ega.
Modda holatining o‘zgarishlarini tekshirishga turli xil nuqtai nazardan yondashib termodinamika bilan molekulyar-kinetik nazariya 
bir-birini to‘ldiradi va aslida birlashib ketadi.
Molekulyar-kinetik tasavvurlarning taraqqiyoti tarixiga nazar tashlar ekanmiz, avvalo shuni qayd qilish kerakki, moddaning 
atomlardan tuzilganligi to‘g‘risidagi tasavvurlarni qadimgi greklar aytib o‘tgan. Lekin bu g‘oyalar qadimgi grek
larda faqat genial farazgina bo‘lgan. VII asrga kelib atomistika qayta yaratildi, lekin endi 
u faraz sifatida emas, balki ilmiy gipoteza sifatida qayta yaratildi. Bu gipoteza genial rus olimi va mutaffakkiri M.V.Lomonosov (1711-1765) 
asarlarida ayniqsa keng rivojlantirildi. M.V.Lomonosov o‘z zamonasida ma’lum bo‘lgan barcha fizikaviy va ximiyaviy hodisalarning yagona 
manzarasini berishga urindi. Bunda materiya tuzilishining korpuskulyar (hozirgi zamon terminologiyasi bo‘yicha-molekulyar) tasavvuriga 
asoslandi. Lomonosov o‘zi yashagan davrda xukmron bo‘lgan teplorod (jismning qay darajada isiganligini ko‘rsatadigan faraziy issiqlik 
suyuqligi) nazariyasiga qarshi chiqib, «issiqlikning sababi» jism zarralarining aylanma harakat qilishidadir, degan xulosaga keldi. SHunday 
qilib, molekulyar-kinetik tasavvurlarni aslida M.V.Lomonosov ta’riflagan.



XIX asrning ikkinchi yarimidagi va XX asr boshlarida qator olimlarning asarlarida atomistika ilmiy nazariyaga aylandi. Suvning 
tuzilishi haqida esa shu vaqtga qadar bir aniq nazariya yo‘qdir, lekin bug‘, suv va muz xolatlaridagi suv xususiyatlarining anomaliyalarini 
tushuntiradigan qator gipotezalar tavsiya etilgan.
Sistemaning ichki energiyasi. Biror jismning ichki energiyasi deb, shu jismning bir butun deb olingan energiyasidan shu jismning 
kinetik energiyasi bilan jismning tashqi kuchlar maydonidagi potensial energiyasini ayirib tashlaganda qolgan energiyaga aytiladi. Masalan, 
biror gaz massasining ichki energiyasini aniqlagan vaqtda gazning idish bilan birgalikda qiladigan harakati energyasi va gazning Er tortish 
kuchlari maydonida turganligi natijasida ega bo‘ladigan energiyasi hisobga olinmasligi kerak.
Binobarin, ichki energiya tushunchasi molekulalar xaotik harakatining kinetik energiyasini, molekulalar orasidagi o‘zaro ta’sir 
potensial energiyasini va molekulalar ichidagi energiyani o‘z ichiga olar ekan.
Jismlar sistemasining ichki energiyasi har bir jismning alohida olingandagi ichki energiyalari yig‘indisi bilan jismlar orasidagi o‘zaro 
ta’sir energiyasining yig‘indisiga teng. Jismlar orasidagi o‘zaro ta’sir energiyasi jismlar bir-biri ga tegib turadigan chegaraning yupqa 
qatlamidagi molekulalararo o‘zaro ta’sir energiyasidan iborat.
Ichki energiya sistema holatining funksiyasidir. Demak, sistema tayinli bir holatga kelib qolgan har bir holda uning ichki energiyasi, 
sistemaning oldingi holatlari qanday bo‘lganidan qat’iy nazar mazkur holat uchungina xos bo‘lgan qiymat qabul qilinadi. Binobarin bir holatdan 
boshqa holatga o‘tishida uning ichki energiyasi o‘zgarishi ichki energiyaning bu holatlardagi qiymatlari ayirmasiga xamisha teng bo‘lib, bir 
holatdan boshqa holatga o‘tiladigan yo‘lga, ya’ni sistemaning bir holatdan boshqa xolatga o‘tishiga olib kelgan jarayonlarga yoki jarayonlar 
majmuiga bog‘liq emas.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling