18
1.10. TUPROQ SUVLARINING XUSUSIYATLARI
Tuproq va boshqa shunga o‘xshash qurilish materiallari dispers muhitni tashkil etadi. Dispers muhit zichlangan qattiq muhitdan farqli,
undagi zarrachalar orasida bo‘shliq joylar bo‘ladi (g‘ovaklar). Shu zarrachalar kattaligiga qarab tuproqdagi g‘ovaklar kattaligi katta (qum,
shag‘al) va juda kichik (loy, balchiq) bo‘lishi mumkin. Shu g‘ovaklarda tuproq namligi bo‘ladi. Mayda zarrachalardan tashkil topgan tuproqlar
kapillar-g‘ovak jismga kiradi. Kapillar-g‘ovak jismlarga fizik ximiya nuqtai nazaridan
shunday tuproqlar kiradiki, agar o‘imliklar
tomir
sistemasi o‘sgandan keyin gumus moddalari qolsa, tuproq uch fazali sistema bo‘lib hisoblanadi. Bu sistema suv bug‘ini o‘z ichida ushlab
turuvchi tuproq, suv va havodan tashkil topgan.
Agar tuproqdagi g‘ovaklar suv bilan to‘la-to‘kis to‘ldirilgan bo‘lsa, u suv bilan to‘yingan deb ataladi. Agar g‘ovaklar orasida havo
bo‘lsa, u suv bilan to‘yinmagan deb ataladi.
Tuproq qatlamida namlikning o‘zgarishi
sababli uning fizik-mexanik, issiqlik va suv xususiyatlari o‘zgarib turadi,
shu narsalarga
bog‘liq holda tuproqning hosildorligi ham o‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: