Suvning molekulяr fizikasi mavzuning maqsadi talabalarga Er sharida suvning taqsimlanishi, suvning agregat holatlarining


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/45
Sana18.09.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1680631
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45
Bog'liq
GIDROFIZIKA VA SUV BALANSI TADQIQOTLARI ozgergen

Magnitlangan suv. Magnit maydonining suvning xossalariga ta’siri qadim zamondan ma’lum. Birinchi bor magnit ishlatilgan suv 
meditsinada qo‘llanildi. Bizning davrimizda belgiyalik injener T.Vermayern shu hodisani qaytadan kashf etib, 1945 yildan boshlab u suv 
qaynatadigan qozonlarda hosil bo‘ladigan tuzlar qoplamiga qarshi kurashish usulini ixtiro etdi va unga patent oldi. Bu usul magnit maydondan 
o‘tqazilgan suvni qaynatgandan so‘ng qozonda tuzlar qoplami hosil bo‘lmasligiga asoslangan. Hozirgi vaqtda bu usul TES va GRES larda 
samarali ishlatiladi.
Magnit maydondan truboprovod orqali suv o‘tkazilganda magnitlangan suv hosil bo‘ladi. Tinch holatda turgan suvga magnit maydoni 
kam ta’sir etadi. Magnitlangan suv ustidan o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, unda hosil bo‘lgan yangi fizik-kimyoviy xususiyatlar xalq 
xo‘jaligining har xil tarmoqlarida keng qo‘llanishi mumkin. Bunday suvni qo‘llash natijasida betonning qotish muddati qisqaradi, uning 
qattiqligi oshadi, kimyoviy reaksiyalar tezlashadi va qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshirib, tez unib chiqishiga yordam beradi va 
hokazo.
Magnitlangan suvning bunday antiqa xususiyatlarining sababiga xali javob yo‘q. Bularni talqin etuvchi har xil gipotezalar mavjud, 
chunki hozirgi vaqtga qadar magnit maydonining suvga bo‘lgan ta’siri to‘liq o‘rganilmagan. Suv strukturasining muammosi - eng murakkab 
muammolardan biridir.
Suvdagi elektromagnit hodisalar. Suvdagi elektrik hodisalarni va suvning xususiyatlarini XVIII asrdan boshlab o‘rganishgan. 
Chuchuk suv havzalariga tegishli bo‘lgan (ko‘llar, daryolar) suvdagi elektromagnit hodisalarini o‘rganish oxirgi 20 yillikda rivojlangan. Tabiiy 
suv havzalarida muallaq holatdagi zarrachalar va ionlar mavjud. Ionlar va zarrachalar o‘ziga xos zaryadlarga egadir va bu zaryadlar suv 
havzalarining butun akvatoriyasida har xil taqsimlangan, shuning uchun ham suvning elektr xususiyatlari o‘zgacha.
Elektromagnit hodisalarining asosiy gidrodinamik omillariga quyidagilarni kiritsa bo‘ladi: shamolning tezligi, oqimning turbulentligi, 
ichki to‘lqinlar va seyshlar ta’siri.
Tabiiy suv ob’yektlarida boshqacha elektromagnit hodisalar ham kuzatiladi. Ular quyidagicha:
1. 
Elektroosmos –bu g‘ovak jismlar va kapillyar orqali suyuqlikning tashqi elektr maydon ta’sirida harakatga kelishiga 
aytiladi. Birinchi bo‘lib elektroosmos hodisasini 1807 yilda Moskva universitetining professori F.Reyss aniqladi.
2. 
Eletrofarez deb -tashqi elektr maydonining ta’sirida suyuqlikdagi zaryadlangan zarrachalar harakatga kelishiga aytiladi. 
Bu hodisani ham professor F.Reyss kuzatgan.
Suvdagi elektr hodisalar xalq xo‘jaligining qator tarmoqlarida amalda qo‘llaniladi. Misol uchun, torf, loy tuproqlarni, neft, 
yog‘ochlarni suvsizlantirish va mahkamlash uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari daryolarning oqim tezligini o‘lchash va tibbiyotda elektrofarez 
hodisasi organizmga dori yuborishda ko‘p ishlatiladi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling