Suvning molekulяr fizikasi mavzuning maqsadi talabalarga Er sharida suvning taqsimlanishi, suvning agregat holatlarining


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/45
Sana18.09.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1680631
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45
Bog'liq
GIDROFIZIKA VA SUV BALANSI TADQIQOTLARI ozgergen

R U E,  
bu yerda R-havzaga yoqqan atmosfera yog‘inlari; U-daryo havzasida hosil bo‘lgan oqim; Edaryo havzasidan yalpi bug‘lanish.
Yuqoridagi tenglama yer usti va yer osti suvayirg‘ichlari mos kelgan «berk» daryo havzalari uchun o‘rtacha ko‘p yillik suv 
muvozanatini hisoblashda qo‘llaniladi.
IV BOSQICH. Suv muvozanati tadqiqotlarining to‘rtinchi bosqichi E.V.Oppokov nomi bilan bog‘liqdir. E.V.Oppokov suv muvozanati 
tenglamalarini turli vaqt oralig‘i uchun tuzishni tavsiya etadi va yuqoridagi o‘rtacha ko‘p yillik davr uchun tuzilgan tenglamaga qo‘shimcha 
element kiritadi:
R U E U,  


22 
bu yerda U-daryo havzasida namlikning to‘planishi yoki sarflanishini belgilovchi miqdor.
E.A.Geyns V.A.Visoskiylar birinchi bo‘lib, suv muvozanati tenglamasidagi daryo oqimini yer usti va yer osti oqimlariga ajratishadi, 
bug‘lanishni esa umumiy va samarali bug‘lanishlarga bo‘lishadi.
E.M.Oldekop esa daryo havzalarining suv muvozanatini yangi yo‘nalishda o‘rganadi. Daryo havzasida hosil bo‘lgan oqimni va 
bug‘lanishni havzaga yoqqan yog‘in va maksimal bug‘lanish miqdorlari bilan bog‘liqligini nazariy asoslaydi.
Shunday qilib, A.Penk, E.V.Oppokov, E.G.Geyns, V.A.Visoskiy va E.M.Oldekoplar suv muvozanati usulini amalda qo‘llash uchun 
ilmiy asos yaratishadi.
Suv muvozanati tadqiqotlarining rivojlanishiga M.I. Budiko katta hissa qo‘shdi. Bu olim o‘rtacha oylik va yillik vaqt oralig‘i uchun 
bug‘lanishni va tuproqdagi samarali namlik miqdorini issiqlik va suv muvozanati tenglamalari bilan birgalikda echishni tavsiya etdi.
Zamonaviy suv muvozanati izlanishlarida suv muvozanati tenglamasidagi asosiy elementlar-yog‘in, oqim, bug‘lanish, tuproq-grunt 
qatlamlaridagi suv zahiralarining o‘zgarishlari, daryo havzasidagi botiqlarda yig‘ilgan suv miqdorlarini o‘lchash va hisoblash yo‘llari bilan 
aniqlashga intilishadi.
Olimlarning asosiy e’tibori o‘lchash aniqligini va suv muvozanati elementlarini hisoblash usullarini takomillashtirishga qaratilgan. 
Shu bilan bir vaqtda atmosfera yog‘inlarini o‘lchash asboblarining aniqligini orttirish uchun katta eksperimental ishlar olib borilmoqda. Hozirgi 
vaqtda suv muvozanati usuli ilmiy va nazariy vazifalarni bajarishda keng qo‘llaniladi. Ularga daryo havzalarida oqimning hosil bo‘lishi, 
tuproq-grunt qatlamlaridagi infiltratsiya va bug‘lanish jarayonlarini o‘rganish, gidrologik hisoblashlar va bashoratlar uslublarini ishlab chiqrish 
va ularni takomillashtirish kabi vazifalar kiradi. Shuningdek, suv muvozanati tadqiqotlari usullaridan foydalanib, kelajakda antropogen omillar 
ta’sirini hisobga olgan holda, daryo havzalarida oqimning shakllanishini va bug‘lanish jarayonlarini keng miqyosda boshqarishga imkon 
yaratiladi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling