Suvning molekulяr fizikasi mavzuning maqsadi talabalarga Er sharida suvning taqsimlanishi, suvning agregat holatlarining


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/45
Sana18.09.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1680631
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
GIDROFIZIKA VA SUV BALANSI TADQIQOTLARI ozgergen

Sinov savollari:  
1. 
Bug‘lanish jarayonining fizik mohiyatini tushuntiring.  
2. 
Kondensatsiya jarayonining fizik mohiyatini tushuntiring.  
3. 
Bug‘lanishni qanday asboblar bilan o‘lchash mumkin?  
4. 
Tuproq yuzasidan bug‘lanishni qanday o‘lchanadi?  
5. 
Transpiratsiya nima?  
6. 
Yalpi bug‘lanish miqdori qanday aniqlanadi?  
7. 
Lizimetr asbobining ish rejimini aytib bering.  
2.3.3. Bug‘lanuvchanlik
Ushbu mavzu ma’lum hududga xos bo‘lgan gidrometeorologik rejim ta’sirida sodir bo‘ladigan 
bug‘lanishni va bug‘lanuvchanlik miqdorini aniqlash usullarini yoritishga bag‘ishlangan.  
Daryo havzasining suv muvozanati elementlarini hisoblaganda butun havza maydonidan umumiy bug‘langan namlik miqdorining 
qiymatini aniqlash kerak bo‘ladi.
Daryo havzalaridan yalpi bug‘lanishni hisoblaganda tuproqdagi namlik zahiralarini aniqlamaslik uchun bug‘lanuvchanlik miqdori 
kiritiladi. Bug‘laguvchanlik deganda ma’lum bir meteorologik sharoitda ma’lum yuzadan, chegaralanmagan holda, maksimal bug‘lanishi 
mumkin bo‘lgan suv miqdoriga aytiladi. Bug‘lanuvchanlikni dala sharoitida tajribalar yordamida aniqlash juda ham murakkab masaladir
chunki bug‘lanish jadalligiga bug‘latuvchi yuzaning maydoni, harorati atrof muhitning meteorologik sharoiti va h.k. katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Bug‘lanuvchanlikni aniqlash usullari qator mualliflar tomonidan tavsiya etilgan.
Ba’zi olimlar bug‘lanuvchanlikni suv yuzasidagi bug‘lanishga teng deb olishni, ba’zilari esa bug‘danuvchanlikni (o‘ta nam tuproq) 
bilan to‘ldirilgan tuproq-bug‘latgichlari yordamida o‘lchashni tavsiya etishadi. Shuning uchun, ko‘p hollarda turli bug‘latkich asboblar qo‘llab, 
bug‘lanuvchanlikni aniqlash mumkin.
Agarda bug‘latuvchi maydonning o‘lchami katta bo‘lsa, namlikning yuzadan bug‘lanishi ko‘payadi, natijada havoning harorati va namligi ham 
ortadi. Bu esa o‘z navbatida shu hududdagi bug‘lanuvchanlikni kamaytiradi.
Bug‘lanuvchanlikni tajribalar orqali aniqlash o‘ta murakkab vazifa bo‘lganligi uchun tadqiqotchilar masalaning sodda echimini 
topishga harakat qilishdi. Bu yo‘nalishdagi izlanishlarni V.V.Dokuchaev, G.N.Vo‘soskiy, A.Penk, R.Shreyberglar olib borishgan. Ularning 
ilmiy ishlarida bug‘lanuvchanlik miqdori suv yuzasiga o‘rnatilgan asboblardan kuzatilgan bug‘lanish qiymatlariga teng deb olinadi.
Bug‘lanuvchanlikni (E
0
)-hisoblash uchun suv yuzasidagi bug‘lanish bilan havoning namlik difitsiti orasidagi bog‘lanish ifodasi 
qo‘llaniladi. Oylik vaqt oralig‘i uchun qo‘llaniladigan E.M.Oldekop ifodasi quyidagi ko‘rinishga ega:
E
0
md,  
bu yerda l-havo namlik defitsiti; m-koyeffitsent, yilning iliq oylari uchun 22,7 ga teng, sovuq oylarida 16,0. Daryo havzalari yuzasidan yillik 
va oylik davrlarda bug‘lanuvchanlikni hisoblash uchun Tyurk ifodasidan foydalanish mumkin. Tyurk izlanishlariga ko‘ra yillik davr uchun 
bug‘lanuvchanlik havoning o‘rtacha yillik haroratiga bog‘liq holda baholanadi:
E
0
300 25 t 0,05 t

 
Oylik va o‘n kunlik vaqt oralig‘i uchun Tyurk quyidagi ifodani taklif etadi:
Е

0,03(t  2) (Q q) ,
bu yerda t-vaqt havo haroratining o‘rtacha oylik miqdori, 
0
S; (QQq)-Quyosh radiatsiyasining yig‘indisi, VtG‘m
2
.


33 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling