Suvning molekulяr fizikasi mavzuning maqsadi talabalarga Er sharida suvning taqsimlanishi, suvning agregat holatlarining
Download 211.24 Kb.
|
Suvning molekulяr fizikasi mavzuning maqsadi talabalarga Er shar-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4.1. Ko‘llar, suv omborlari, o‘zan tarmoqlaridagi suv zahiralari va ularning o‘zgarishi
Sinov savollari:
1. Gidrografdan yer osti bosimini qanday aniqlash mumkin? 2. Daryo havzasidagi suvlarning oqim fazalarini aytib bering. 3. Daryo havzasida hosil bo‘lgan oqimning genetik fazalarini aytib bering. 4. Daryo oqimining Voskresenskiy tavsiya etgan tashkil etuvchilarini aytib bering? 2.4. DARYO HAVZALARIDAGI SUV ZAHIRALARI, ULARNING O‘ZGARISHI VA HISOBLASH USULLARI Quyidagi mavzuda daryo havzalaridagi ko‘llar, suv omborlari, qor qoplami, tuproq-grunt qatlamlari, yer osti suv resurslarini va ularning o‘zgarishini, shuningdek daryo tarmoqlaridagi suv miqdorini aniqlash masalalari yoritilgan. Daryo havzasidagi namlik zahirasini vaqt oralig‘idagi o‘zgarishi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi: S P-U-E Daryo havzasi yuzasidagi namlik zahirasining yig‘indisi qor qoplamida muzlik va muz qatlamlarida, ko‘llardagi, suv omboridagi, daryodagi muz va daryo tarmoqlari va ayeratsiya zonasidagi namlikdan tashkil topadi. 2.4.1. Ko‘llar, suv omborlari, o‘zan tarmoqlaridagi suv zahiralari va ularning o‘zgarishi Ko‘llarda, suv omborlarida va kichik to‘g‘onlarda suv zahiralarining o‘zgarishi quyidagicha baholanadi: 1) Har bir ko‘l va suv ombori hajmining suv sathiga bog‘liqligi grafigi chiziladi. Suv sathining o‘rtacha qiymatini aniqlab, suv muvozanati tuzilayotgan vaqtning boshi va oxiri uchun egri chiziqdan hajm olinadi, so‘ng ularning farqi hisoblanadi. Bu farq ko‘l yoki suv ombori hajmining vaqt bo‘yicha o‘zgarishini ko‘rsatdi. 2) Ko‘l va suv ombori hajmning o‘zgarishi yuza maydoniga bo‘linadi. Tuproq yuzasining kichik g‘adir-budurligi, kichik yoriqlar depresiyasi, o‘rmon qoplami, torf yotqiziqlarining yuqori qatlami va hakozolarni «Kontaktli qatlam» deyiladi va bu qatlamda suv zahirasi bir necha o‘n mm bo‘lishi mumkin. «Kontaktli qatlamdagi suv zahirasi haqida ma’lumotlar birinchi marta 60-yillarda samolyotdan gamma-se’mka yordamida olindi. O‘rmonlarda suvning saqlab qolinishi daraxtlarning turiga bog‘liq bo‘ladi: bargli o‘rmonlarda 5-10 mm, ignali-20 mm, oqimsiz chuqurlikdagi cho‘llarda va cho‘l-o‘rmonlarda bir necha millimetrga teng bo‘lishi mumkin. G.P.Kalinin birinchi bo‘lib daryo tarmoqlarida to‘linsuv davridagi suv muvozanat tenglamalariga daryo tarmoqlaridagi suv zahiralarining o‘zgarishini alohida element sifatida kiritishni tavsiya etdi. Daryo tarmoqlaridagi bir vaqtdagi suv zahiralarini R.A.Nejixovskiy usuli yordamida hisoblash mumkin. Buning uchun katta daryo tarmoqlarini irmoqsiz qismlarga bo‘lib hisoblash kerak. Ularning chegarasi esa yirik irmoqlarning quyilishidan o‘tkaziladi. Daryoning bir qismidagi suv hajmini hisoblash uchun, (S pj )asosan shu vaqtdagi o‘rtacha suv sarfi Q j , va hamda suvning oqib o‘tish vaqti j kerak bo‘ladi: S pj Q j , j Daryo havzasida gidrometrik kuzatishlar olib borilsa quyidagi usullarning biridan foydalanib, daryo tarmoqlaridagi suv zahiralari hisoblanadi: 1) Q j , m Q j , ifoda bo‘yicha, bunda, m-uchastkagacha stvordagi maydonga nisbati. Q j -kam irmoq qo‘yiladigan joydagi gidrostvordagi o‘lchangan suv sarfi. 2) daryoning shu qismida yirik irmoqlar qo‘shilmasa o‘rtacha suv sarfi quyidagicha aniqlanadi: Q j (Q ji Q j2) , 2 bunda Q j1 va Q j2 -daryo qismining yuqori va quyi stvoridagi suv sarflari. Agarda shu yerda yirik irmoq quyilsa va uning oqimga qo‘shgan hissasi 50 % ni tashkil etsa, bu holda irmoqning hissasi hisobga olinib, suv sarfi quyidagi tenglamadan aniqlanadi: Q j [rQ j1 |1-r)Q j2 ] j Hissa qo‘shish koyeffitsenti r-quyidagicha topiladi: 35
1 L 1 ) f 1 , r | 2 2 L f Bunda L 1 -uchastkaning yuqori qismida joylashgan stvordan qo‘shilgan daryogacha bo‘lgan masofa, uning maydoni-f 1 ; L va f- uchastkaning umumiy uzunligi va maydoni. Agar daryoning shu qismida ikki bir hil irmoq kelib qo‘yilsa, bu holda suv hajmi quyidagi ifoda bo‘yicha hisoblanadi: S pj v 1 Q 1 v 2 Q 2 v 3 Q 3 bunda Q 1 , Q 2 , Q 3 Irmoqlarning yuqori va quyi qismidagi suv sarflari m 3 G‘s, v 1 , v 2 , v 3 -har bir daryo qismidagi o‘zgarmas koyeffitsenti quyidagi ifodalardan aniqlanadi: в1 j1 j3 в3 в2 о2 j3 в3 , в3 2j3 12 ( j1 j3) ff1 ( j2 j3) f2 f O‘rtacha va kichik daryo tarmoqlaridagi suv zahirasi quyidagicha baholanadi. Sp | q/V)(c ' F D) , Bunda, q-oqim modulining o‘rtacha arifmetik qiymati, kichik reprezentativ o‘xshash daryolar uchun hisoblanadi; U-havza bo‘yicha o‘rtacha oqim tezligi; F- umumiy havza maydoni; S va D –parametrlarning qiymatlari turli tabiiy zonalar uchun jadvaldan olinadi. O‘rtacha oqim tezligi V taxminan analog-daryoning o‘rtacha arifmetik tezligi bilan baholanishi mumkin: 0,75 Qmax0,25 icp0,вp38 bunda Qmax , O‘rtacha ko‘p yillik maksimal suv sarfi, kuzatilgan ma’lumotlardan olinadi. Agar kuzatishlar bo‘lmasa, bu holda analog daryolardan olinadi; -parametr, daryoning qayirliklari va morfologik elementlariga bog‘liq holda jadvaldan olinadi: I sr. vz. -suv yuzasining kam suvli davrdagi o‘rtacha nishabligi %. Daryo tarmoqlaridagi umumiy suv zahirasi uning yirik, o‘rtacha va kichik irmoqlardagi suv zahirasining yig‘indisiga tengdir. Daryo tarmoqlaridagi suv zahirasining o‘zgarishi qo‘yidagicha baholanadi: SpqSpk-Srn , bunda S rk va S rn vaqt oralig‘ining boshi va oxirida daryo tarmoqlaridagi suv zahiralarining hajmi. Daryo tarmoqlarida, bir vaqtdagi suv zahiralarining hajmi daryoning suv yig‘ish maydoniga bo‘linib, qatlam shaklida ifodalanadi. Download 211.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling