Suvning molekulяr fizikasi mavzuning maqsadi talabalarga Er sharida suvning taqsimlanishi, suvning agregat holatlarining
Download 211.24 Kb.
|
Suvning molekulяr fizikasi mavzuning maqsadi talabalarga Er shar-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyidagi mavzuda daryo oqimining yer usti va yer osti tashkil etuvchilarini genetik fazalari bo‘yicha aniqlash usullari yoritilgan.
Sinov savollari:
1. Bug‘lanuvchanlik nima? 2. Bug‘lanuvchanlik miqdori qanday aniqlanadi? 3. Tyurk ifodasini yozib bering. 2.3.4. Daryo oqimi, uning yer usti va yer osti tashkil etuvchilari Quyidagi mavzuda daryo oqimining yer usti va yer osti tashkil etuvchilarini genetik fazalari bo‘yicha aniqlash usullari yoritilgan. Daryo oqimi ham yog‘in va bug‘lanish kabi daryo havzasi uchun suv muvozanati tenglamasining asosiy elementidir. Daryo oqimi suv muvozanati tenglamasining boshqa elementlariga nisbatan yig‘indi ko‘rinishda oxirgi stvorda aniq o‘lchanadi. Kuzatishlar ma’lumotlari bo‘lmagan havzalar uchun oqimni turli hisoblash usullari yaratilgan bu usullar o‘rganilmagan daryolar uchun qo‘llaniladi. Daryo oqimining hosil bo‘lish jarayonini gidromet boshqarmasining suv muvozanati tajriba stansiyalarida o‘rganiladi. Umuman, oqim qiymati yog‘in miqdoriga, daryo havzasining namligiga, joyning relefi va xarakteriga, tuproq tuzilishiga, o‘simliklar qoplamiga va boshqa tabiiy va antropogen omillarga bog‘liq bo‘ladi. Uzoq vaqt mobaynida daryo oqimi gidrologik izlanishda genetik tashkil etuvchilarga bo‘linmasdan ko‘rib chiqilgan. O‘sha paytda oqimning o‘rtacha yillik qiymati suv muvozanati tenglamasi yordamida aniqlangan edi. Kuzatish punkti tarmoqlarining rivojlanishi va suv muvozanatini aniq o‘rganish natijasida daryo oqimini chuqur o‘rganishga sharoit yaratildi. Daryo oqimini ko‘plab mualliflar tomonidan tavsiya etilgan yer usti va yer ostilariga ajratish sxemalariga alohida to‘xtalib o‘tmasdan, faqat eng murukkab hisoblangan yer osti va yer usti suvlarini to‘linsuv davrida aniqlashga e’tibor berish mumkin. Bu davrda turli mualliflar yer osti suvini har xil baholaydilar. Ba’zi bir olimlar yer osti suvlari to‘linsuv davrida ko‘payyadi deydilar, boshqalari esa, aksincha hisoblaydilar. Voskresenskiy sxemasi bo‘yicha oqim gidrografida uning yer osti tashkil etuvchisi quyidagicha aniqalanadi: ordinata o‘qi bo‘yicha bahorgacha bo‘lgan suv sarfidan nishabi kichik bo‘lgan balandlik bo‘yicha mejen davridagi suv sarfi bilan to‘g‘ri chiziq orqali tutashtiriladi, bu paytda daryo asosan yer osti suvi bilan to‘yinadi. Polyakov va Kudelin sxemasi bo‘yicha daryo havzasida yer usti va yer osti suvlari bir-biri bilan gidravlik bog‘langan bo‘lib, to‘linsuv davrida yer osti suvi kamayadi. Uning eng kichik qiymati to‘linsuvning eng katta qiymatiga teng bo‘ladi, bunga asosiy sabab gidravlik bosimdir. Oqimning boshqa fazalarida yuqorida ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha bo‘linadi va mejen davridagi suv sarflari tutashtiriladi. P.P.Voronkov esa yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni hisobga olib, havzadagi tuproqdan o‘tuvchi suvlarning oqim fazalarini suvning kimyoviy tuzilishiga bog‘liq holda to‘rtta fazaga ajratishni taklif etadi va bu fazalar daryo suvining genetik fazalariga mos keladi: 1. Atmosfera yog‘inlaridan hosil bo‘lgan suvining yer usti va yonbag‘irlar bo‘yicha daryolar va suv havzalariga oqishi. 2. Joyning tuproq qatlami bo‘yicha mavjud ariqchalar bilan pastga qarab oqishi. Bu ko‘rinishdagi suvlar yer yuzasiga sizib chiqib yer usti suvlari bilan qo‘shilib, havza maydonida tuproq va yer usti suvlarini hosil qiladi. 3. Tuproq qatlamining suvi, bu suv asosan chuqur joylashgan bo‘lib, yer yuziga-daryoga sizib chiquvchi suvlardir, ya’ni tuproq- grunt suvlari deyiladi. 4. Suvli qatlamdan (plast) sizib chiquvchi suvlar. O‘zan tarmoqlariga sizib chiquvchi grunt suvlari. Voronkov tomonidan ajratilgan atmosfera suvlarining fazalari daryo oqimning hosil bo‘lish xarakteristikasidir, shuning uchun uning quyidagi ko‘rinishlarini hisobga olish mumkin: yon bag‘irlarning yer usti suvi, tuproq-grunt, grunt suvlarining oqimi, o‘zan tagidagi oqim, chuqur joylashgan yer osti suvli jinslarning yer osti suvi, bularga daryoning ta’siri yo‘q. 1) Yonbag‘irlarning yer usti suvi. Asosan bahorgi to‘linsuv davrida, hamda qishki va yozgi-kuzgi toshqinlar vaqtida kuzatiladi. Bu oqim agar suv yig‘ilish maydonida qor suvlari yoki yomg‘ir suvlarining namlanish jadalligi, shimilish jadalligidan ko‘p bo‘lgandagina paydo bo‘ladi, ya’ni yer ustidagi suv oqishi xususiyatiga ega bo‘ladi. 2) Tuproq-grunt suvlari har xil suvlar, ya’ni qor yoki yomg‘ir suvlarining tuproq qatlamiga shimilishi natijasida hosil bo‘ladi. Ba’zi vaqtlarda bu suvlar yer yuzasiga sizib chiquvchi pastlikka oqadi (chuqurga, jarlikka, maysazorga). Bu ko‘rinishdagi oqim vaqtinchalik kichik jilg‘a yoki soylar uchun xarakterlidir. 3) Grunt suvlarining oqimi, bu ko‘rinishdagi suvlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri daryoga kelib quyiladi. Bir qismi vodiylarga sizib chiqib, buloq shaklida bo‘ladi. Grunt suvlarini boshqa havzadan oqib keluvchi suvlar ham to‘yintirishi mumkin. 4) Allyuvial qatlamidagi suvlar oqimi. Bu tipdagi suvlar daryo o‘zani ostida joylashgan bo‘lib, o‘zan osti oqimi deyiladi. O‘zan osti oqimini ba’zi tog‘li o‘lkalar daryolarida uchratish mumkin. Daryolarda bu ko‘rinishdagi suvlar oqimi mejen davridagi o‘zan oqimiga nisbatan ko‘proq bo‘lishi mumkin. Chuqur joylashgan tog‘ jinslarining suvlari asosan yuqori qatlamlardagi yer osti suvlariga to‘yinib, yer osti suv havzalarini hosil qiladi yoki asta-sekin oqib, dengiz va okeanlarga sizib chiqishi mumkin. Voronkov tavsiya etgan yer usti va yer soti oqimlarini gidrografiyadan ajratish usuli Kudelin usuliga o‘xshashdir. Daryo oqimi yer osti suvlarida to‘yinishga o‘tish vaqti to‘linsuv va toshqinlar davrida suv sathining keskin ko‘tarilib, pasayishi vaqtining tugashi bilan aniqlanadi. Daryo o‘zani va yer osti oqimlari gidravlik bog‘liq bo‘lsa, to‘lin va toshqin suv davrlarida yer osti suvlari o‘zan oqimining bosimi ta’sirida o‘zanga sizib chiqmasdan faqat yer usti suvlariga to‘yinib turadi. To‘lin va toshqin suv tugashi bilan daryoning o‘zan oqimi yer osti oqimiga to‘yina boshlaydi. Bunga qaramasdan uzoq uchastkalarda joylashgani yer osti suvining oxirgi qismi ma’lum vaqt o‘tishi bilan qo‘yilish stvoriga yetib keladi. Yer osti suvlarining yetib kelish vaqti qorning maksimal erish vaqti va to‘linsuv cho‘qqisi kuzatilgan vaqtning farqi bilan aniqalanadi. Yetib kelish vaqtidan foydalanib, gidrografdan yer osti suvlarining o‘zanga chiqish sarfi nolga teng bo‘lgan vaqti aniqlanadi. Daryoda suv sathining keskin ko‘tarilishidan to‘linsuv boshlanishiga qadar daryo o‘zanida faqat yonbag‘irlarning yer usti suvlari va tuproq yer usti suvlari mavjud bo‘ladi. Bu ko‘rinishdagi suvlarning tugashi to‘linsuv yoki toshqinlar davrida, asoan yonbag‘irlardagi qorning butunlay erib turish vaqti bilan, albatta, yetib kelish vaqtini hisobga olgan holda, aniqlanadi. SHunday, qilib, qor qatlamining erib bo‘lish vaqti (yetib kelish vaqtii hisobga olganda) yer usti suvlarining tugashi vaqtiga mos keladi. 34
taxminan 2 barobar ko‘pdir. Yer osti suvlarining daryoga qo‘yilishining aniq vaqti ularning kimyoviy tuzilishi va mineralizatsiyasidan aniqlanadi. Voronkov daryo oqimini tashkil qiluvchi suvlarni genetik kategoriyalarga ajratish uchun bir xil tabiiy geografik sharoitdagi kichik daryolar havzalarini ko‘rib chiqdi. Katta daryo havzalarida bu usuldan foydalanish uchun uni kichik havzalarga bo‘lib, alohida genetik turlari aniqlanadi va so‘ng natijalar butun katta havza uchun umulashtiriladi. Download 211.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling