Suvning molekulяr fizikasi mavzuning maqsadi talabalarga Er sharida suvning taqsimlanishi, suvning agregat holatlarining
Download 211.24 Kb.
|
Suvning molekulяr fizikasi mavzuning maqsadi talabalarga Er shar-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- V. Yuza tortishishi
IV. Yopishqoqlik suvning asosiy parametrlaridan biridir. Yopishqoqlikning ikki turini ajratishadi, bu hajmiy va tangensial
yopishqoqliklardir. Hajmiy yopishqoqlik deganda suyuqlikning tortishish kuchlarini qabul qilishiga aytiladi. Suvning bunday yopishqoqlik xususiyati suvda tovush va ultratovush to‘lqinlarining tarqalishiga sabab bo‘ladi. Tangetsial yopishqoqlik deganda suyuqlikning siljish kuchlanishlariga qarshilik ko‘rsatishiga aytiladi. Suvning dinamik yopishqoqlik koyeffitsenti yoki ichki ishqalanish koyeffitsenti haroratga bog‘liq bo‘ladi, bosim o‘zgarishiga esa bog‘liq bo‘lmaydi. Dinamik yopishqoqlik koyeffitsentini hisoblashda Puazeyl empirik formulasini qo‘llashadi. 0,000183 G‘ (1 0,0337 t 0,000221 t 2 ), bu erda t-suv temperaturasi. Ko‘pgina hisoblash formulalariga dinamik yopishqoqlik koyeffitsentining suyuqlik zichligi ( )ga bo‘lgan nisbati kiradi va bu miqdor kinematik yopishqoqlik koyeffitsenti deb ataladi va quyidagicha ifodalanadi: G‘ . V. Yuza tortishishi suvning yuzasida uning havo, qattiq jismlar yoki boshqa, suyuqliklar bilan tutashgan muhitda hosil bo‘ladi. Yuza tortilishi molekulalarning o‘zaro tortilish kuchlari ta’sirida paydo bo‘ladi va suyuqlikning ichidagi molekular tortishni kuchlari bilan birini kompensatsiya qilsa, tashqaridagi molekulalarga esa nokompensatsiya kuchlari ta’sir kursatmaydilar va ularning yo‘nalishi suvning ichki qatlamlariga qaratilgan bo‘ladi. Suvning yuza tortilishi 18 0 S da 72 din G‘ sm 2 ga teng bo‘ladi, bu eng yuqori qiymat. Spirtniki-22 ga, atseton-24, benzin-29, faqat simobniki eng yuqori-500 dinG‘sm 2 . Sho‘r suvlarning sirt tarangligi kuchlari chuchuk suvlardan farq qiladi. Suyuqlik molekulalari bir-biriga shunchalik yaqin joylashadiki ular orasidagi tortishish kuchlari ancha miqdorda bo‘ladi. O‘zaro ta’sir kuchlari masofa ortgan sari tez kamaygani uchun biror masofadan boshlab molekulalar orasidagi tortishish kuchlarini e’tiborga olmasa ham bo‘ladi. Molekula suyuqlikning ichkarisidan sirt qatlamiga o‘tganida sirt qatlamida ta’sir qiladigan kuchlarga qarshi ish bajarishi zarur. Bu ishni molekula o‘zining kinetik energiyasi hisobiga bajaradi va bu ish molekulaning potensial enegiyasini oshirishga sarf bo‘ladi. Molekula sirt qatlamidan suyuqlikning ichkarisiga o‘tganda uning sirt qatlamida ega bo‘lgan potensial enegiyasi molekulaning kinetik energiyasiga aylanadi. SHunday qilib, molekulalar suyuqlikning sirt qatlamida qo‘shimcha potensial enegriyaga ega bo‘ladi. Butun sirt qatalami suyuqlikning ichki energiyasiga tarkibiy qism sifatida kiruvchi qo‘shimcha energiyaga ega bo‘ladi. Muvozanat vaziyati potensial energiyaning minimum bo‘lishiga mos kelgani uchun, o‘z holiga qo‘yib berilgan suyuqlik sirti minimal bo‘lgan shaklga, ya’ni tor shakliga keladi. Suyuqlikning mayda tomchilarida sirt energiyasi ustunlik qiladi. Shuning uchun bunday tomchilar shakli sferik shaklga yaqin bo‘ladi. Suyuqliklarning katta tomchilarida bu holda sirt energiyasi ortishiga qaramasdan erning tortish kuchlari ta’siri ostida yalpayadi. Suyuqlikning katta-katta massalari o‘zi qo‘yilgan idish shaklini oladi va erkin sirt gorizontal bo‘lib turadi. Sirt energiyasi borligi tufayli suyuqlik o‘z sirtini qisqartirishga intiladi. Suyuqlik o‘zini qisqarishga intilgan elastik cho‘zilgan narsa ichiga solib qo‘yilgandek tutadi. Haqiqatda suyuqlikni tashqaridan chegaralab turadigan narsa yo‘q. Sirt qatlami ham o‘sha suyuqlikning molekulalalaridan tarkib topgan va sirt qatlamidagi molekularning o‘zaro ta’siri xarakteri suyuqlik ichidagi bilan birday. Gap shundaki, sirt qatlamida molekulalar suyuqlik ichidagi molekulalarga qaraganda qo‘shimcha energiyaga ega. Suyuqlik sirtining yopiq kontur bilan chegaralangan bir qismini fikran ajratib olamiz. Bu qismning qisqarishga intilishi shunga olib keladiki, u o‘ziga qo‘shni bo‘lgan qismlarga butun kontur bo‘yicha yoyilgan kuchlar bilan ta’sir qiladi. Bu kuchlar sirt tarangligi kuchlari deb ataladi. Sirt tarangligi kuchi suyuqlik sirtiga o‘tkazilgan urinma bo‘ylab o‘zi ta’sir ko‘rsatgan kontur qismiga perpendikulyar ravishda yo‘nalgan: F l, bu erda l-suyuqlik konturining uzunligi, -sirt taranglik koyeffitsenti. Download 211.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling