Suvning molekulяr fizikasi mavzuning maqsadi talabalarga Er sharida suvning taqsimlanishi, suvning agregat holatlarining
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
GIDROFIZIKA VA SUV BALANSI TADQIQOTLARI ozgergen
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sublimatsiya nima 9. Gibbs qoidasi nimani ifodalaydi 1.3. SUV VA MODDALAR MOLEKULYAR KINETIK NAZARIYASI
Sinov savollari:
1. Suv molekulasining tuzilishi qanday? 2. Suv molekulasining to‘liq kinetik energiyasi qanday qismlardan iborat? 3. Tabiatda kislorod izotoplari qancha va uning tuzilishi qanday? 4. Tabiatda vodorod izotoplari qancha va ular qanday ataladi? 5. Sayyoramizda suv zahiralarining taqsimlanishi qanday? 6. Tabiatda suv nechta holatda uchraydi? 7. Dinamik muvozanat nima? 8. Sublimatsiya nima? 9. Gibbs qoidasi nimani ifodalaydi? 1.3. SUV VA MODDALAR MOLEKULYAR KINETIK NAZARIYASI Ushbu mavzuda moddalar molekulyar kinetik nazariyasining rivojlanish tarixi, ahamiyati va bu nazariyaga asoslanib qanday masalalarni echish mumkinligi ko‘rsatilgan. Molekulyar fizika- bu fizikaning molekulyar kinetik nazariya tasavvurlariga asoslanib, moddalarning tuzilishini va xossalarini o‘rganuvchi qismidir. Bu tasavvurlarga binoan, qattiq, suyuq yoki gaz holatidagi har qanday jism juda mayda alohida zarrachalar- molekulalardan iborat. Har qanday moddaning molekulalari aniq bir yo‘nalishga ega bo‘lmagan tartibsiz harakatda bo‘ladi. Bu harakatning intensivligi moddaning temperaturasiga bog‘liq. Molekulalar xaotik harakat qilishining bevosita dalili-broun harakatidir. Bu hodisa shundan iboratki, suyuqlik ichida muallaq holatda yurgan juda mayda (faqat mikroskopda ko‘rinadigan) zarralar to‘xtovsiz, betartib harakat qilib turadi; bu harakat tashqi sabablarga bog‘liq bo‘lmay, modda ichidagi harakatning namoyon bo‘lishidan iborat ekan. Broun zarralari molekulalarning tartibsiz turtkilari ta’siri ostida harakat qiladi. Molekulyar-kinetik nazariyaning maqsadi jismlarning bevosta tajribada kuzatiladigan xossalarini (bosim, temperatura va hokazolarni) molekulalar ta’sirining umumiy natijasi sifatida talqin qilishdan iborat. Bunda bu nazariya ayrim molekulalar 14 O; 1 N. 2 N ning harakati bilan emas, balki zarralarning juda katta to‘plami harakatini xarakterlaydigan o‘rtacha miqdorlar bilangina ish ko‘rib, statistik usuldan foydalanadi. SHuning uchun molekulyar-kinetik nazariya «statistik fizika» deb ham yuritiladi. Jismlarning har xil xossalari va modda holatining o‘zgarishlarini termodiniamika ham o‘rganadi. Lekin molekulyar-kinetik nazariyadan farqli ravishda termodinamika jismlarning va tabiat hodisalarining makroskopik xossalarini ularning mikroskopik manzarasiga e’tibor qilmay o‘rganadi. Termodinamika molekula va atom tushunchalaridan foydalanmay turib va jarayonlarni mikroskopik nuqtai nazardan tekshirmay turib ham bu jarayonlarning borishi to‘g‘risida qator xulosalar chiqarishga imkon beradi. Termodinamikada juda ko‘p sondagi tajribalardan olingan faktlarni umumlashtirish orqali topilgan bir nechta qonunlar termodinamika asoslari deb nom olingan. Shuning uchun ham termodinamika xulosalari juda umumiy xarakterga ega. Modda holatining o‘zgarishlarini tekshirishga turli xil nuqtai nazardan yondashib termodinamika bilan molekulyar-kinetik nazariya bir-birini to‘ldiradi va aslida birlashib ketadi. Molekulyar-kinetik tasavvurlarning taraqqiyoti tarixiga nazar tashlar ekanmiz, avvalo shuni qayd qilish kerakki, moddaning atomlardan tuzilganligi to‘g‘risidagi tasavvurlarni qadimgi greklar aytib o‘tgan. Lekin bu g‘oyalar qadimgi grek larda faqat genial farazgina bo‘lgan. VII asrga kelib atomistika qayta yaratildi, lekin endi u faraz sifatida emas, balki ilmiy gipoteza sifatida qayta yaratildi. Bu gipoteza genial rus olimi va mutaffakkiri M.V.Lomonosov (1711-1765) asarlarida ayniqsa keng rivojlantirildi. M.V.Lomonosov o‘z zamonasida ma’lum bo‘lgan barcha fizikaviy va ximiyaviy hodisalarning yagona manzarasini berishga urindi. Bunda materiya tuzilishining korpuskulyar (hozirgi zamon terminologiyasi bo‘yicha-molekulyar) tasavvuriga asoslandi. Lomonosov o‘zi yashagan davrda xukmron bo‘lgan teplorod (jismning qay darajada isiganligini ko‘rsatadigan faraziy issiqlik suyuqligi) nazariyasiga qarshi chiqib, «issiqlikning sababi» jism zarralarining aylanma harakat qilishidadir, degan xulosaga keldi. SHunday qilib, molekulyar-kinetik tasavvurlarni aslida M.V.Lomonosov ta’riflagan. 3 XIX asrning ikkinchi yarimidagi va XX asr boshlarida qator olimlarning asarlarida atomistika ilmiy nazariyaga aylandi. Suvning tuzilishi haqida esa shu vaqtga qadar bir aniq nazariya yo‘qdir, lekin bug‘, suv va muz xolatlaridagi suv xususiyatlarining anomaliyalarini tushuntiradigan qator gipotezalar tavsiya etilgan. Sistemaning ichki energiyasi. Biror jismning ichki energiyasi deb, shu jismning bir butun deb olingan energiyasidan shu jismning kinetik energiyasi bilan jismning tashqi kuchlar maydonidagi potensial energiyasini ayirib tashlaganda qolgan energiyaga aytiladi. Masalan, biror gaz massasining ichki energiyasini aniqlagan vaqtda gazning idish bilan birgalikda qiladigan harakati energyasi va gazning Er tortish kuchlari maydonida turganligi natijasida ega bo‘ladigan energiyasi hisobga olinmasligi kerak. Binobarin, ichki energiya tushunchasi molekulalar xaotik harakatining kinetik energiyasini, molekulalar orasidagi o‘zaro ta’sir potensial energiyasini va molekulalar ichidagi energiyani o‘z ichiga olar ekan. Jismlar sistemasining ichki energiyasi har bir jismning alohida olingandagi ichki energiyalari yig‘indisi bilan jismlar orasidagi o‘zaro ta’sir energiyasining yig‘indisiga teng. Jismlar orasidagi o‘zaro ta’sir energiyasi jismlar bir-biri ga tegib turadigan chegaraning yupqa qatlamidagi molekulalararo o‘zaro ta’sir energiyasidan iborat. Ichki energiya sistema holatining funksiyasidir. Demak, sistema tayinli bir holatga kelib qolgan har bir holda uning ichki energiyasi, sistemaning oldingi holatlari qanday bo‘lganidan qat’iy nazar mazkur holat uchungina xos bo‘lgan qiymat qabul qilinadi. Binobarin bir holatdan boshqa holatga o‘tishida uning ichki energiyasi o‘zgarishi ichki energiyaning bu holatlardagi qiymatlari ayirmasiga xamisha teng bo‘lib, bir holatdan boshqa holatga o‘tiladigan yo‘lga, ya’ni sistemaning bir holatdan boshqa xolatga o‘tishiga olib kelgan jarayonlarga yoki jarayonlar majmuiga bog‘liq emas. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling