Suvning tabiatda aylanishi bosqichlari Jaxon bo‘ylab suv taqsimlanishi


Bug‘lanish: suvning suyuq xolatdan gaz yoki bug‘ xolatiga o‘tishi


Download 0.75 Mb.
bet3/14
Sana08.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1443209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Suvning tabiatda aylanishini xakida xulosa

Bug‘lanish: suvning suyuq xolatdan gaz yoki bug‘ xolatiga o‘tishi

Bug‘lanish va u nimaga sodir bo‘ladi


Bug‘lanish suvning suyuq xolatidan gaz yoki bug‘ xolatiga o‘tish jarayonidir. Bug‘lanish suvning suyuq xolidan suv aylanish jarayoniga qaytishining birlamchi yo‘lidir. Izlanishlar shuni ko‘rsatdiki okeanlar, ko‘llar, dengizlar, daryolar bug‘lanishi orqali atmosferadagi 90% namlik ta’minlanadi, qolgan 10% o‘simliklardan bug‘lanishi orqali ta’minlanadi.
Issiqlik (energiya) bug‘lanish sodir bo‘lishi uchun juda muxumdir. Energiya suv molekulalarini birga ushlab turuvchi bog‘lamlarini uzish uchun kerak buladi, shuning uchun xam suv onsongina qaynash nuqtasida (100° C, 212° F) bug‘lanadi, lekin muzlash nuqtasida bug‘lanish bir muncha sekin kechadi. O‘rtacha namlik xavoda 100% bo‘lganda, namlik oxirgi nuqtasiga yetganida, bug‘lanish to‘xtaydi. Bug‘lanish jarayoni atrofdagi issiqlikni kamaytiradi, shuning uchun xam teridagi suv bug‘langanda teri soviydi.

Bug‘lanish va tabiatda suv aylanishi


Okeanlardagi suvning bug‘lanishi suvning atmosferaga o‘tishining asosiy yo‘li xisoblanadi. Okeanlarning yuzi (sirti) kengayib borgan sari (Er yuzining 70% okeanlar bilan qoplangan) katta xajmda bug‘lanish sodir bo‘lishiga imkoniyat yaratadi. Umumiy yer yuzi bo‘yicha olganda, o‘rtacha bug‘langan suv xajmi Yerga yog‘ingarchiliklar orqali tushgan suv xajmiga teng. Biroq, bu geografik xududlar bo‘yicha farqlanadi. Bug‘lanish yog‘ingarchilikka nisbatan okeanlarda ko‘proq sodir bo‘ladi, shu bilan birga quruqlikda yog‘ingarchilik bug‘lanishdan ustunlik qiladi. Okeanlardan bug‘langan suv xajmining ko‘pi yana okeanga yog‘ingarchilik orqali tushadi. Faqatgina o‘rtacha 10% okeanlardan bug‘langan suv quruqlikka yog‘inganrchilik bo‘lib tushadi. Bug‘langan suv malekulasi o‘rtacha o‘n kun davomida xavoda bo‘ladi.

Evapotranspiratsiya: Suv bug‘larini atmosferaga turpoq va o‘simliklardan bo‘lgan bug‘lanishi orqali o‘tishi jarayoni


Evapotranspiratsiyaning ba’zi ta’riflari yer yuzidagi suvlarning, misol uchun ko‘llarni va xatto okeanlardagi suvning bug‘lanishini xam qamrab olsada, bu Veb saytda, evapotranspiratsiya quruqlik yuzidan, grunt suvlarining kapilyarlar orqali bug‘lanishi va o‘simliklar orqali transpiratsiyasi deb tariflanadi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling