Yer usti oqimlari: Yog‘ingarchilik natijasida yuzaga kelgan suvning turpoq ustidan daryolarga kelib qo‘shilishi Yer usti oqimlari bu yog‘ingarchilikni yer sirtidan oqishi.
Ko‘p odamlar yerga tushgan yomg‘ir yer yuzi bo‘ylab oqib daryolarga kelib qo‘shiladi, daryolar o‘z o‘rnida okeanlarga kelib quyiladi deb o‘ylashadi. Aslida bu bir muncha murakkabroqdir, chunki daryolardagi suv yerga shimilib, yerdagi suv daryolarga qo‘shilib turadi. Biroq, daryolardgi asosiy suv miqdori yog‘ingarchilik orqali tushgan suvdan tashkil topadi.
Odatda, yomg‘irning bir qismi yerga so‘riladi, lekin yomg‘ir suvga to‘yingan yoki qattiq yerga tushganda, misol uchun asfaltlangan yo‘lga yoki mashina to‘xtash joylariga tushganida, yomg‘ir pastlikka tomon oqim singari oqa boshlaydi. Qattiq yomg‘ir vaqtida pastlikka tomon oqayotgan turli yomg‘ir suvi irmoqlarini ko‘rish mumkin. Suv daryolarga kelib qo‘shilgunga qadar turli kanallar bo‘ylab oqib keladi. Quyidagi rasmda yer yuzasi bo‘ylab oqib (bu yerda yo‘llardan oqib kelgan ) suvning kichik irmoqlarga kelib qo‘shilishi tasvirlangan. Bu yerda suv sof turpoq ustidan oqib kelib daryoga qo‘shilmoqda (suv sifati uchun salbiy xolat). Yog‘ingarchilikning irmoqlarga kelib qo‘shilishi, bu uning okean tomon boshlangan sayoxatining boshlanishidir.
Suvning tabiatda aylanish bosqichlarining barchasida, yog‘ingarchilik va yer yuzi bo‘ylab oqayotgan suvning o‘zaro bog‘liqligi vaqt va geografik xududlarga qarab turlichadir. Amazon o‘rmonidagi va AQShning shimoliy sharq qismidagi cho‘ldagi bir xil yog‘gan jala turli xil miqdordagi yer usti oqimlarining tashkil qiladi. Yer yuzi bo‘ylab suv oqimi xam meteorologik omillar, xam yerning geologik va topografik xolatiga bog‘liq bo‘ladi. Yerga tushgan, so‘ng irmoqlarga va daryolarga qo‘shilgan yog‘ingarchilikning uchdan bir qismi okeanlarga kelib qo‘shiladi. Qolgan uchdan ikki qismi bug‘lanadi yoki yer osti suvlariga so‘rilib ketadi. Yer yuzi bo‘ylab oqayotgan suv insonlar tomonidan o‘z maqsadlari doirasida xam foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |