Suvning tabiatda aylanishi bosqichlari Jaxon bo‘ylab suv taqsimlanishi


Chuchuk suv xavzalari: yer yuzidagi mavjud chuchuk suv


Download 0.75 Mb.
bet10/14
Sana08.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1443209
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Suvning tabiatda aylanishini xakida xulosa

Chuchuk suv xavzalari: yer yuzidagi mavjud chuchuk suv.


Suvning tabiatda aylanish bo‘g‘inlaridan biri bu yer satxidagi mavjud bo‘lgan chuchuk suv bo‘lib, u yerdagi barcha xayot turlari uchun o‘ta muxumdir. Yer satxidagi suv o‘z ichiga irmoq, kichik ko‘llar, ko‘llar, suv omborlari (kishilar yaratgan ko‘llar) suvlarini va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Daryolardagi va ko‘llardagi suv miqdori suvni quyilishi va chiqib ketishiga qarab xar doim o‘zgarib turadi. Suv quyilishi yog‘ingarchilik, yer satxidan suv oqimi, yer osti suvlarini kelib qo‘shilishi va boshqalar xisobiga amalga oshadi. Suvni ko‘l va daryolardan chiqib ketishi bug‘lanish va yer osti suvlariga quyilishi xisobiga amalga oshadi. Kishilar xam o‘z maqsadlarida yer satxidagi suvdan foydalanishadi. Yer satxidagi suv miqdori va joylashishi makon va zamonda, tabiiy yoki inson ta’sirida o‘zgaradi.

Yer satxidagi suv xayot davomiyligi manbai


Misrdagi Nil Deltasining rasmidan ko‘rinib turibdiki, xayot cho‘lda xam agar yer satxi (yoki yer osti) suv ta’minoti bo‘lsa mavjud bo‘lishi mumkin. Yer satxidagi suv xaqiqatdan xam xayotni saqlab turadi. Yer osti suvlari xam faqatgina yer usti suvlari oqib tushgani uchun mavjud bo‘ladi. Tasavvur xosil bo‘lishi mumkinki, sho‘r okeandagi baliqqa chuchuk suv xech xam shart emas deb, lekin chuchuk suv okeanlarni to‘ldirib turmaganida okean suvlari bug‘lanib baliq xayot kechira olmaydigan sho‘r suv xosil bo‘lar edi.
Chuchuk suv yer yuzida tanqisdir. Yerdagi barcha suvning faqatgida uch foizi chuchuk suvdir va chuchuk suv ko‘llari va xovuzlari barcha chuchuk suvning 0.29 foizini tashkil qiladi. 20 foiz chuchuk suv birgina ko‘lda, Osiyodagi Baykal ko‘lidadir. Qolgan 20 foiz chuchuk suv AQShdagi Buyuk ko‘llarda (Guron, Michigan va Yuqori ko‘l) jamlangan. Daryolar dunyodagi mavjud bo‘lgan chuchuk suvning 0.006 foiz qismini o‘zida ushlab turadi. Aytish mumkunki yerdagi xayot yer yuzidagi barcha suv miqdorini juda kichik qismi xisobiga mavjud.

Infiltratsiya: Suvni yer satxidan tuproq va tog‘ jinslari osti tomon xarakatlanishi


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling