Suvning tabiatda aylanishi bosqichlari Jaxon bo‘ylab suv taqsimlanishi
Suvni topish uchun sathga qara ...yer osti suv sathiga
Download 0.75 Mb.
|
Suvning tabiatda aylanishini xakida xulosa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Grunt suvlari oqimi: suvning gruntdan tashqariga xarakati
- Grunt suvlari yer ostida xarakatlanadi
Suvni topish uchun sathga qara ...yer osti suv sathigaMen umid qilamanki siz mening bir soat mobaynida issiq quyoshli kunda soxil bo‘yida o‘ra qaziganimni qadirlaysiz. Bu ma’lum chuqurlikda, turpoq, agar u yetarli jarajada o‘tkazuvchan va suvni ushlab tura oladigan bo‘lsa, suv bilan to‘yinganligini tushuntirib berish uchun eng yaxshi yo‘l. Shu o‘radagi suvni usti yer osti suvi satxidir. Okean to‘lqinlari shu o‘radan o‘ng tomonda va suv satxi okean suv satxi bilan birxilda. Albatta, suv satxi bu yerda xar daqiqada to‘lqin oqib kelishi va ketishi bilan o‘zgarib turadi, to‘lqin kelganda suv satxi ko‘tariladi, suv okeanga qaytib ketganda suv satxi tushadi. Ma’lum ma’noda bu o‘ra yer osti suvidan foydalanish uchun quduq kabidir. Agar bu suv chuchuk bo‘lganda edi odamlar chelak olib bu suvdan foydalanishlari mumkin bo‘lardi. Agar siz xaqiqatdan xam chelak olib bu o‘rani quritmoqchi bo‘lsangiz u deyarli bir zumda yana to‘lib qolgan bo‘lar edi, chunki soxil qumining suv o‘tkazuvchanligi nixoyatda yuqoridir. Chuchuk suvga yetish uchun odamlar yer osti suv satxiga qadar ancha chuqur bo‘lgan quduq qazishlari lozim. Quduq bir necha o‘n yoki bir necha ming fut chuqur bo‘lishi mumkin. Lekin umumiy g‘oya xuddi bizning soxildagi o‘rada bo‘lganidek suv bilan to‘yingan qatlamgacha yetish. Grunt suvlari oqimi: suvning gruntdan tashqariga xarakatiSiz suvni atrofingizda xar kuni ko‘l, daryo, muz, qor yoki yomg‘ir shaklida ko‘rasiz. Shu bilan bir vaqtda suvning juda katta xajmi borki u ko‘zga ko‘rinmaydi, bu yer ostida mavjud bo‘lgan va u yerda xarakatlanayotgan suv. Odamlar ming yillar mobaynida yer osti suvlaridan asosan ichimlik maqsadida va sug‘orish uchun foydalanib kelganlar va xozir xam foydalanishmoqda. Yerdagi xayot uchun yer usti suvi qanchalik muxim bo‘lsa yer osti suvi xam shunchalik muxim. Grunt suvlari yer ostida xarakatlanadiEr ustiga tushuvchi yog‘inning bir qismi tuproqqa infiltratsiyalanib yer osti suviga aylanadi. Tuproq ichidagi bu suvning bir qismi yer sirtiga yaqinlashib tezda o‘zanlardagi suvga qo‘shilsa, asosiy qismi gravitatsiya xisobiga pastga chuqurroq singib borishda davom etadi. Diagrammaning ko‘rsatishicha, yer osti suvi xarakatining yo‘nalishi va tezligi suvli qatlamniing turli ko‘rsatkichlariga va qatlamlar joylashishiga bog‘liq (qattiq qatlam orqali suvning sizib o‘tishi qiyin kechadi). Suvning yer satxidan pastda xarakatlanishi jinslarnig o‘tkazuvchanligi (suvning xarakatlanishining qanchalik onson yoki qiyinligi) va g‘ovakliligiga (jinsda mavjud bo‘lgan ochiq xajmning kattaligiga) bog‘liq.. Agar jinslar o‘zichidan suvning nisbatan onson oqib o‘tishiga imkon bersalar, u xolda suv bir necha kun mobaynida uzoq masofaglarga yetib borishi mumkin. Shu bilan birga suv shunchalik chuqur qatlamlarga singib ketishi mumkinki uning yana tabiatga qaytib chiqishi uchun ming yillar zarur bo‘ladi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling