Yog‘ingarchilik bu yomg‘ir, yomg‘ir aralash qor, qor yoki do‘l shaklida bulutlardan ajralib chiqgan suv. Bu atmosferada mavjud bo‘lgan suvning Yerga qaytib tushishi mumkin bo‘lgan asosiy yo‘l xisoblanadi. Ko‘pkina yog‘ingarchiliklar yomg‘ir shaklida bo‘ladi.
Qanday qilib yomg‘ir tomchilari shakllanadi?
Boshimiz uzra suzi yurgan bulutlar suv bug‘lari va xali yog‘ingarchilik bo‘lib tushishga juda kichik, lekin ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan bulut zarrachalaridan tashkil topgan. Suv to‘xtovsiz bug‘lanib va kondensatsiyalanib turadi. Bulutlarda kondensatsiyalangan suv xar qachon xam yog‘ingarchilik bo‘lib tushavermaydi, chunki xavo oqimlari bulutlarni ushlab turadi. Yog‘ingarchilik yuzaga kelishi uchun birinchi galda kichkina suv tomchilari kondensatsiyalanib bir biri bilan qo‘shilib bulutdan ajralib chiqib tomchi sifatida yog‘a oladigan og‘irlikka ega bo‘lishi kerak. Bir dona yomg‘ir tomchisi yuzaga kelishi uchun millionlab bulut zarrachalari birlashishi kerak.
Yog‘ingarchilik darajasi geografik xudud va vaqtga bog‘liq
Yog‘ingarchilik dunyo bo‘yicha, davlatlar bo‘yicha yoki shaxarlar bo‘yicha bir xil miqdorda yog‘maydi. Misol uchun, AQShning Jorjiya shtatining Atlanta shaxrida yoz vaqtida jala bir joyda qattiq yog‘ib, bu joydan bir necha kilometr narida umuman yog‘may o‘tib ketishi mumkin. Lekin, Jorjiyada yog‘adigan bir oylik yomg‘ir miqdori Las Vegas, Nevadada butun yil davomida yog‘adigan yomg‘ir miqdoridan ko‘p. Jaxonda eng ko‘p o‘rtacha yomg‘ir yog‘adigan joy Vayalile tog‘i, Gavayya xisoblanadi, u yerda o‘rtacha yiliga yomg‘ir 1.140 santimetr (450 dyuym) yog‘adi. Buning aksini Chili davlatida Arika xududida ko‘rishimiz mumkin, u yerda 14 yildan mobaynida yomg‘ir yog‘maydi.
Quyida keltirilgan xaritada jaxon bo‘yicha o‘rtacha yillik yog‘ingarchilik millimetr va dyuymda ifodalangan. Och ko‘k rangda keltirilgan xududlarni “cho‘l” deb xisoblash mumkin. Afrikadagi Saxara xududini cho‘l ekanligini taxmin qilgan bo‘lishingiz mumkin, lekin Grenlandiya va Antarktikaning katta qismi cho‘l ekanligi xaqida o‘ylab ko‘rganmisiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |