Suvning tabiatda aylanishi bosqichlari Jaxon bo‘ylab suv taqsimlanishi


Buloq: yer osti suvi yer sirtiga oqib chiqadigan joy


Download 0.75 Mb.
bet13/14
Sana08.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1443209
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Suvning tabiatda aylanishini xakida xulosa

Buloq: yer osti suvi yer sirtiga oqib chiqadigan joy

Buloq nima o‘zi?


Buloq bu yer osti suv qatlamining shunday darajaga ko‘tarilishiki natijada suv yer sirtiga oqib chiqadi. Ular faqatgina ko‘p yomg‘irdan so‘ng paydo bo‘ladigan kichik buloqlardan tortib to kuniga bir necha million gallon suv chiqaruvchi ulkan buloqlargacha bo‘lishi mumkin.
Buloqlar xar qanday jinslar ichida paydo bo‘lishi mumkin, lekin ular eng ko‘p onsonlik bilan yoriladigan va kislotali yomg‘irlardan yemiriladigan oxaktosh va dolomit jinslarda sodir bo‘ladi. Agar yer osti oqimi gorizontal yo‘nalishda sodir bo‘lsa u yer sirtiga yetib borib buloqqa aylaninshi mumkin.

Buloq suvi xar doim xam toza emas.


Odatda buloq suvi toza bo‘ladi. Lekin ba’zi xollarda bu Kolorado, AQSh dagi buloqdagidek choy rangidagi suvli bo‘lishi mumkin. Bunday qizg‘ish rangga sabab yer ostida suvniing temir kabi minerallar bilan kontaktda bo‘lishidir. To‘q rangli buloqlar suv yer osti qatlamlar ichidagi katta kanallar bo‘ylab tez oqib o‘tganini va jinslar ularni filtirlab ulgurmagani bilan izoxlanishi mumkin.

Issiq buloqlar


Issiqlik buloqlari oddiy buloqlar bo‘lib, boshka buloqlardan faqat suvining iliqligi va ba’zan qaynoqliligi bilangina , masalan, Yellov Stoun Milliy Parkida, Vayoming, AQSh da qaynayotgan balchiqli buloqdagidek. Ko‘pgina issiq buloqlar yaqin o‘tmishda faol vulqon faoliyati kuzatilgan xududlarda yer osti suvining chuqurda joylashgan qaynoq jinslar bilan kontakti xisobiga sodir bo‘ladi. Chuqurlashgan sari jinslar issiqligi oshib boradi va jinslar orasida katta yoriq bo‘lib u suvni yer ustiga oqib chiqishiga imkon bersa issiq buloq paydo bo‘lishi mumkin. Issiq buloqlar dunyoning istalgan burchagida mavjud bo‘lishi mumkin va mana bu baxtiyor Grenlandiyaliklar guvoxlik berishlaricha issiq buloqlar muzliklar bilan birga mavjud bo‘lishi xam mumkin.

Umum jaxon suvlarinig taqsimoti


Yer sharidagi ja’mi suvning qaerda mavjudligini izoxlovchi quyidagi grafik va jadvalga e’tibor bering. Shu paytga kelib siz suvning aylanma xarakati yer sharidagi suvning xarakatini tasvirlashini bilasiz, va quyidagi grafik va jadval yerdagi suvning ma’lum bir lahzadagi mavjud miqdorini tasvirlaydi. Agar siz ming yoki million yillar ilgariga qarasangiz bu raqamlar albatta boshqacha bo‘ladi.
E’tibor bering, taxminan 1,386 million kub kilometr million kub mil) dunyo suv zaxirasidan 96 foizdan ortig‘i sho‘rlangandir. Va 68 foizdan ortiq chuchuk suv muzliklarda jamlangan. Yana 30 foiz chuchuk suv yer ostidadir. Daryo va ko‘llar kabi yer usti chuchuk suv manba’lari faqatgina 93,100 kub kilometr (22,300 kub mil) ni tashkil qiladiki bu ja’mi suvning bir foizining 1/700 qismigagina teng xolos. Vaxolanki daryo va ko‘llar odamlar xar kuni foydalanadigan suvning asosiy manba’idir.


Jaxondagi suv taqsimoti


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling