Eritmalar va ularning ahamiyati. Ikki yoki bir necha komponentdan iborat suyuq yoki qattiq gomogen sistema eritma deyiladi. Odatda, eng ko’p tarqalgan suyuq eritmalar haqida so’z yuritiladi.
Eritmalarning tabiatdagi ahamiyati juda katta. Odam va hayvonlar organizmida ovqat eritma holida hazm bo’ladi yoki o’simliklar oziqlik moddani tuproqdan eritma holatida qabul qiladi. Shuningdek, kimyoviy ishlab chiqarishda ko’pgina jarayonlar (masalan ishqorlarning olinishi) asosan eritmalarda sodir bo’ladi.
Moddalarning suvda eruvchanligi.
Moddaning biror erituvchining 100 grammida eriy olish xususiyati moddaning eruvchanligi deyiladi. Moddalarning eruvchanligi (ya’ni tuyingan eritmasining konsentrasiyasi) erigan moddaning va erituvchining tabiatiga shuningdek, harorat va bosimga bog’liq.
Ayni moddaning ma’lum haroratda 100 g erituvchida erib, tuyingan eritma hosil qiladigan massasi uning eruvchanlik koeffisiyenti deb ataladi.
Quyida ba’zi moddalarning 20oS dagi suvdagi eruvchanligi keltirilgan.
Modda
|
|
eruvchanlik g.
|
|
|
200
|
NaCl
|
|
35
|
|
|
0,0013
|
AgJ
|
|
0,00000013
|
Nazariy jihatdan olganda mutlaqo erimaydigan modda bo’lmaydi. Hatto, oltin va kumush ham juda oz darajada bo’ls a ham suvda eriydi.
Ko’pincha, qattiq moddalarning suvda eruvchanligi harorat ko’tarilishi bilan ortib boradi. Gazlarda, aksincha, temperatera ortishi bilan eruvchanlik kamayib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |