Suvoqchilik va pardozlash ishlari
Download 1.62 Mb.
|
suvoq kitob
yotqizish.
Qamrovlarning yo'nalishini tanlashda rejaip bo‘ylab plit- kalarning choklari ko'ndalang yotqizilgan pi it kalarning choklariga qaraganda to‘g‘riroq chiqishi hisobga olinadi. Plitkalar yotqizishga tayyorlangan qorishma qatlamining qalinligi 10—15 mm, eni qamrov enidan 2—3 sm keng, uzunligi esa kamida 1 m bolishi kerak. Plitkani qorishma ustiga qo1- yishdan oldin orqasi ho‘llanadi. Plitkalar qorishma qota boshlamasdan oldin, ya’ni tayyorlanganidan so‘ng 6—7 soat mobaynida yotqizilishi kerak. Bo‘ylama va ko'ndalang choklar faqat yarim chuqurligigacha qorishma bilan to'ldirilishi kerak. Oradan 24 soat o'tgach, ular 1:1 tarkibli sement qorishmasi bilan to'ldiriladi. Tayyorlangan aralashma yog och qirg'ich bilan qoplama ustiga yoyilib choklar to'ldiriladi. Keyin pol ho'llanagan qipiq bilan artiladi. Pollarni har xil: diagonaliga, olti-sakkiz qirrali plitkalardan to'shash munikin. Plitkalarni naqshindor qilib to'shash koshin- korning mahoratiga bog'liq Bundan tashqari pollarni mozaikali beton plitkalar, shlak-sitall plitkalardan ham to'shash mumkin. Xonalar devorlarining bir qismi yoki hammasi sirlangan keramik plitkalar (koshinlar) bilan koshinlanadi. Devorlarni koshinlashda plitkalar qatorini joylashtirishning quyidagi xillari bor: har bir gorizontal plitkalar qatoridagi vertikal choklarni qochirib joylashtirish (39-rasm.a); plitkalar qatorlarini chokma-chok joylashtirish (39-rasm, b), bunda gorizontal, vertikal choklar to'rtburchak to'rni hosil qiladi; diagonal bo'yicha joylashtirish (39-rasm, d), bunda choklarning o‘zaro perpendikular chiziqlari pol tekisligiga qiya joylashadi. Devorlarni koshinlash ularning yuzasiga qorishma yoki mixlardan vaqtinchalik markalar o'rnatishdan boshlanadi. Har bir markaning balandligi koshinlar ostiga solinadigan qorishma qatlami qalinligiga mos (7—15 mm) qilinadi. Yuzadagi ayrim notekisliklar va vertikaldan 15 mm dan ortiq farq qiladigan joylar sement qorishmasi biian to‘g‘rilanadi, lekin silliqlanmaydi. Koshinlar yaxshi yopishishi uchun beton yuzalarga kemtiklar qilinadi. Koshinlarni yopishtirishdan avval yuza rejalab olinadi. Buning uchun koshinlanadigan yuzaning konturlari belgilab olinadi. Koshinning tagi sof pol sathidan boshlanadi. Buning uchun devorning o'rtasidan boshlab plitkalarni qorishmasiz qo‘yib ko‘rib bir qatorga qancha plitka ketishi aniqlab olinadi. I a b d Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling