Suvoqchilik va pardozlash ishlari
-rasm. Devorga oddiy gulqog'oz yopishtirish
Download 1.62 Mb.
|
suvoq kitob
35-rasm. Devorga oddiy gulqog'oz yopishtirish:
a —eni 1.5—2 sm li gulqog'oz tasmasini yelimlab yopishtirish; b — gulqog'ozga qurilnia yordamida klcysier surtish; d — gulqog'ozning birinchi eni tortiladigan joyni vertikal ehiziq tortib belgilash; e — gill- qog'ozni yopishtirish; /— yopishtirilgan gulqog'ozni qilcho'lka bilan silab tekislash va uning polga tcgib turadigan uchini qirqib tekislash. ayniqsa. chetlariga yaxshilab surtiladi. Gulqog'oz yelim ta'sirida namlanib, shishib va yumshoq bo‘iganidan keyingina mahkam va tekis yelimlanadi. Agar gulqog'oz juda nam tortib qolsa, kraxmal yelimi qayta surtiladi. Yelim surtilgan qismni ko’tarib, belgilangan ehiziq bo'yicha devorga aniq yopishtiriladi Bu paytda guiqog‘oz o rtasini toza. quruq latta bilan tepadan pastga silab tekislab turiladi. Keyin o'rtasidan gulqog'oz ostida havo pufakchalari qolmasligi uchun chetlariga tomon silab bosiladi. Burchaklari bujmayib qolmasligi uchun gulqog'oz uchma-uch yelimlanadi. Noqulay joylarga, masalan. isitish radiatorlari orasiga yopishtirmasa ham bo'ladi. Radiator ortidagi devorni gulqog'oz rangiga moslab bo‘yab qo'ygan ma’qul. Deraza oynalari ochiq paytda va yelvizak shamolda gul- qog‘ozlarni yopishtirsh maqsadga muvofiq emas. Gulqog'ozni eshik-derazalar yopiq holatda yopishtiriladi va quriguncha ochilmaydi. Gulqog'oz plintuslar va devordagi boshqa teshik qoplamlariga taqab qirqiladi. Gulqog'ozni yelimlab yopishtirishdan avval plintusiar, teshik qoplamalari va devor orasidagi yoriqlarni yaxshilab tozalab, gips qorishmasi bilan suvaladi. Keyin suvoq qurigandan so'ng qumqog'oz bilan ishqalab tekislab, plintus usti va teshik qoplamlari atrofi 3—5 sm kenglikda moybo‘yoq bilan moylanadi. Moybo'yoq bilan ikki marotaba moylangani ma'qul. Moylangan joylar, alif qoldiqlarini ketkazish uchun, qaynoq suvga ho'ilangan latta bilan artiladi. Umuman eshik va devordagi teshik qoplamalari, plintuslarni gulqog'oz yelim- lashdan avval moylagan ma'qul, shunda gulqog'oz mustahkamroq yelimlanadi. Gulqog'oz yopishtirishda quyidagilarga alohida e’tibor berish zarur: gulqog'oz choklari yorug'lik nuri tushadigan tomonga qaratilgan bo'lishi kerak; yonma-yon yopishtirilgan gulqog'ozlar orasi ochilib qolmasligi lozim; gulqog'ozlar hurishgan, bo rtgan, tagida havo pufakchalari qolgan, ayrim joylari devordan ko'chgan, gul naqshlari buzilgan, kleyster dog'i bo'lishiga yo‘1 qo'yilmaydi; yonma-yon joylashgan gulqog'oz bo'laklaridagi gullar bir- biriga aniq to'g'ri keltirilishi kerak; gulqog'ozlarning rangi bir-biridan farq qilmasligi lozim; gulqog'ozlar ustma-ust yopishtirilmasligi zarur; gulqog'ozlar bir-biriga taqab yopishtirilganda ayrim gulqog'oz bo'laklari ulangan bo'lmasligi kerak va h. k. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling