Ohak sementli tarkiblar bilan fasadlar juda kam bo'yaladi, chunki bunday pardoz rangining tozaligi 3—4 yildan keyin yo'qoladi va eskirib qoladi. Bu tarkiblar — 5°C dan past bo'l- maganda ishlatiladi. Bo'yoq ish o'rnida quyidagi retsept asosida tayyorlanadi (massa bo‘yicha qismlarda): portlandsement — 100
ohak kuli — 66
dolomit uni — 167
kvars qumi — 100
pigment, ko‘pi bilan — 66
suv — tarkibga ko‘ra
Fasad yuzasi bo'yashdan bir kun avval to‘yintirib va bo‘yashga yarim soat qolganda takror namlanadi. Bo'yoq uzun dastali katta cho'tkalar bilan „cho'tka-cho'tkaga“ usulida bo'yaladi.
Sementli tarkiblar bilan bo‘yash. Sementli bo'yoqlar oq sement, pigmentdan va qo'shimcha moddalardan iborat.
Fasad cho'tka bilan ikki marta bo'yaladi. Birinchi qatlami uchun quruq aralashmaga 1:1 nisbatda suv quyib bo'yoq tayyorlanadi. Tarkibining qovushqoqligi 18—20 s bo'lishi kerak.
Valik ishlatilganda yuza batamom berkiladigan qilib bir marta bo'yaladi. Bunda qovushqoqlik 40—50 s bo'ladi.
Gidrofoblangan silikat tarkiblar bo’yoq pardasining suv o'tkazmaslik va agressiv muhitlar ta’siriga chidamliligi yuqori.
Gidrofoblangan silikat bo'yoqlar mayda qilib yanchilgan pigmentlar bilan to'idirgichlarning kaliyli suyuq shisha eritmasida qorilgan GKJ-10 yoki GKJ-11 qo'shimchalari qo'shilgan aralash- masidir.
Gidrofoblangan silikat tarkiblar bilan bo'yashda himoya ko'zoynaklari taqiladi; bo'yoqpurkagich bilan bo'yashda esa respi- ratorlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |