Suvoqchilik va pardozlash ishlari


Download 1.62 Mb.
bet36/52
Sana18.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1595726
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52
Bog'liq
suvoq kitob

Lok va emallar.

  1. nklar sintetik smolalar va tabiiy smolalarning organik uchuvchan erituvchilardagi parda hosil qiladigan emallaridir. Bo'yoqchilikda moy-smolali va moysiz smolali sintetik loklar ishlatiladi. Moy-smolali loklar PF-283 va GF-166 markalarda ishlab chiqariladi. Loklar xonalardagi moyli bo'yoqlar bilan bo'yalgan yuzalarga surtish, yog'och va metall buyumlar sirtini qoplashga mo'ljallangan. GF-166 lokidan tashqi yuzalarni bo'yashda foydalanish mumkin.

Loklar yuzalarga cho'tka bilan beriladi, purkagich yordamida purkaladi, juda yupqa qatlam hosil qilish uchun esa doka tampon bilan surkaladi. Im2 yuzaga o'rtacha 180—200 g lok sarflanadi, lok qatlami 18—20‘C haroratda 24—48 soatda quriydi. Moysiz sintetik loklar sintetik smolalardan tayyorlanadi. Ularga pentaftol, alkid- stirol va perxlorvinil loklar kiradi.

Emallar pigmentning lokdagi suspenziyasidan iborat. Emal qoplama mustahkam, tevarak-atrof muhit ta’siriga chidamli, tashqi ko‘rinishi yaxshi bo‘lib, xona haroratida ko‘pi bilan 1—2 sekundda quriydi. Qurilishda alkid, pentaftol, gliftol, nitrogriftol emallar va nitroemallar ishlatiladi. Emallar, asosan, metall, yog'och va suvoq yuzalarni bo'yashda ishlatiladi. Emal cho'tka yoki valik bilan ikki qatlam qilib surkaladi. Emallarmng PF-115, PF-1105, HS-132 kabi markalari mavjud.
Kislotali qotirgichda qotadigan turli rangdagi NS-258 nitroemali devor ichiga olingan ( oldindan shpaklovkalangan va jilvirlangan) mebellarni, yog'och smolali va yog'och qirindili plitalarni bo'yashga mo'ljallangan.
Yangi lok-bo‘yoq materiallar bilan ishlashda ularni ish - latishga oid instruksialar va xavfsizlik texnikasi bilan tanish boMgan shaxslargina qo'yiladi.

    1. Fasadlarni ho‘yash

Fasadlarni an’anaviy maxsus fasad bo'yoqlari (masalan, ohak, sement, silikat bo'yoqlar) bilan bo'yash eng oson va tejamli hisoblanadi. Bu bo'yoqlar bilan fasadning tekis silliq yuzalari- nigina bo'yash mumkin. Bunday bo'yoqlar bilan bo‘yalgan fasadlarni 5—7 yildan keyin qayta bo'yashga to'g'ri keladi.
Fasadlarni bo'yash uchun sintetik bo‘yoqlardan foydalanil- ganda pardozning chidamliligi oshadi, rang gammasi boshqa bo'yoqlarga nisbatan uzoq (10—12 yil) saqlanadi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling